II. bob. BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI




Download 102,1 Kb.
bet8/13
Sana20.05.2024
Hajmi102,1 Kb.
#245913
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4 kurs 403 s5 guruh talabasi shernazarova feruzaning maktabda

II. bob. BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

2.1. Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliv pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Maktabni rivojlantirish dasturi
Maktabni boshqarish faoliyati yo‘nalishida belgilanayotgan zamonaviy talablar rahbarlik lavozimlariga emas, balki rahbar shaxsiga qaratilayotganligi mazkur yo‘nalishda izlanishlar olib borish hamda rahbar shaxsini va uning bilimi, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda o‘ziga xos muhim vazifalarni belgilaydi. Direktorning kasbiy, ma’naviy va shaxsiy sifatlari ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va uning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan ilg‘or g‘oyalarni amalga oshirish hamda jamoa a’zolarining hamkorlikdagi innovatsion faoliyatini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jamoa rahbarining kasbiy tajribalari, ko‘nikma va malakalarining shakllanib borishi bir tomondan ularning funksional vazifalarini bajarishi jarayonida vujudga kelayotgan vaziyatlarga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning shaxsiy xususiyatlari va sifatlariga ham bevosita aloqadordir. Ta’lim muassasasi rahbarlarining shaxsiy xususiyatlarini boshqa soha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqaruvchilar bilan solishtirganda, ularning xususiyatlari psixologik jihatdan maktab rahbarlaridan juda katta farq qilishini kuzatish mumkin. Bu ta’lim muassasasini boshqarishda e’tiborga molik masala hisoblanadi. Pedagogik jamoa rahbari shaxsiy xususiyatlarining psixologik tasviri pedagog shaxsining empirik tasviriga, ya’ni amaliy faoliyatiga yaqin ekanligini, o‘xshashligini ko‘rsatadi. Uning shaxsiy xususiyatlarini o‘ziga xosligi quyidagi jihatlari bilan belgilanadi: muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, aloqalar o‘rnatishda faolligi, intellektual rivojlanganligi, hissiyotga beriluvchanligi, hissiy kechinmalarga moyilligi, qo‘pollikni yoqtirmasligi, ishonchsizlikka, tez qizishib ketishga, omadsizlikka to‘la e’tibor qaratishi, raqobatga moyilligi, ko‘ngilchanligi va sezgirligi, tanbeh va tanqidga nisbatan ta’sirchanlik, shu bilan bir qatorda, sustkashlik va ehtiyotkorlik, mas’uliyatlilik va intizomlilik, javobgarlik va talabchanlik kabi shaxsning ichki ixtiloflarini namoyon etadigan psixologik asosni tashkil etuvchi jihatlar ham mavjud. Zamonaviy maktab direktori uchun kasbiy bilim, ya’ni boshqaruvning asosiy funksiyalari (axborot-tahlil, maqsadli￾motivlashtirish, oldindan ko‘rish, rejalashtirish, tashkiliy-ijrochilik, nazorat￾tashxis va tartibga solish muvofiqlashtirish)ni innovatsion boshqaru texnologiyalari va metodlaridan foydalanish, ularni amaliyotga tatbiq etish orqali ta’lim-tarbiya jarayonini boshqara oladigan mahoratli direktorga xos bo‘lgan kasbiy pedagogik tushunchalar zarur. Ularni o‘zlashtirmasdan boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq emas. Shunday ekan direktor shaxsi strukturasini uch asosiy: innovatsion faoliyat, boshqaruvda kompetentlilik va kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarkabi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv komponentlariningasosiy ko‘rsatkichlari sifatida boshqaruv funksiyalarini bajarishda:



  • tashqi muhitning o‘zgarishlarini inobatga olish;




  • maktab va sotsium munosabatlarida uzluksiz aloqani




  • ta’minlash;




  • jamoaning hayotiy faoliyatini mavjud vaziyatlarga




  • moslashtirish;




  • boshqaruvda zamonaviy axborot texnologiyalari va




  • kommunikatsiya vositalaridan foydalanish;




  • pedagogik jamoani boshqarishda ta’lim menejmenti




  • asoslarini amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.




  • Pedagogik komponentlarning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida esa:




  • ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va zamonaviy ilmiy￾metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash;




  • davlat ta’lim standartlarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini




  • olib borish, pedagogik xodimlar va o‘quvchilar o‘rtasida anketa so‘rovlari va




  • test sinovlari o‘tkazish;




  • lavozimlar bo‘yicha davlat talablari asosida kadrlar tanlash va joy-joyiga




  • qo‘yish, ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining malakasini oshirish va




  • qayta tayyorlash ishlarini tashkil etishni keltirish mumkin. Ta’lim-tarbiya





jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish orqali boshqaruv faoliyatini, muntazam rivojlantirib borish zamonaviy maktab uchun muhim hisoblanadi. Maktab direktori maktabning rahbari. Shuning uchun maktab direktorining innovatsion faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlarga ta’lim muassasas ifaoliyatini tashqi muhitning o‘zgarishiga mos ravishda tashkil etish, muvofiqlashtirish asosida ta’lim muassasasining muntazam rivojlanib borishini oldindan aniqlash, rejalashtirish va shakllantirishdan iborat bo‘lib, uch asosiy komponentlar: ijodiy,tahliliy va tadqiqotchilikni o‘z ichiga oladi. Ta’lim muassasasi rahbarining innovatsion boshqaruv faoliyati o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ijodiy hisoblanadi. Chunki mazkur faoliyat refleksiya va empatiya bilan bog‘liq holda mavjud jarayonlarni muntazam tadqiq etishni, pedagogik tizimini muvofiqlashtirishda innovatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlashni taqazo etadi. Zamonaviy maktab direktorining innovatsion rahbarlik uslubida ijodiy faoliyat motivatsion tuzilishini ifodalaydi va tizimda amaliy￾anglash jarayonining dinamikasini belgilaydi. Innovatsion faoliyat ilmiy￾ijodiy fikrlashga oid bo‘lib, rahbar tomonidan inobatga olinishi va shakllantirilishi zarur bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga ega: hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish va unga asosan xulosa chiqarish (sintez)ga moyillik, asosiylikni ikkinchi darajalilikdan ajrata olish, hodisalar va ularni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro bog‘liqligini, shuningdek, tizimni tashkil etuvchi elementlar va integrativ omillarni anglay olish. Maktab direktori innovatsion faoliyatining asosiy komponentlariga ijodiy guruh tuzish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun dastur va qo‘llanmalar yaratish, faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlarini tashkil etish kabilar kiradi. Adabiyotlar tahlili va amaliy tajribalarning ko‘rsatishicha, ta’lim muassasasi direktorining tadqiqotchilik faoliyati refleksiv jarayonlarga asoslanadi, ya’ni ta’lim-tarbiya ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish va zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek, natijalarni baholash va qarorlar qabul qilish, boshqaruvda qo‘llanilayotgan texnologiyalar mazmuni va o‘qitish metodlarini muntazam ravishda tahlil qilish va baholab borishni o‘z ichiga oladi. Tahliliy faoliyat innovatsion boshqaruvni tashkil etuvchi navbatdagi komponent bo‘lib, unda zamonaviy maktab direktori bajarilishi zarur bo‘lgan nostandart masalalarni tahlil qila olishi, jamoa faoliyatidagi ijodiy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirishi va rivojlantirish, vaziyatli yondashuv hamda amalga oshirilgan tahlillar asosida boshqaruv texnologiyalarini yangilab borishi muhim hisoblanadi. Maktabda innovatsion faoliyatni tashkil etish ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, munosabatlarni o‘zgartirish, rahbarlar va pedagogik xodimlarning xatti-harakatlari, faoliyat uslublarin yangilash bo‘lib, bunda nimanidir qo‘shish, o‘zgartirish, qayta tashkil etish, yangilash, yaratish jarayoni vujudga keladi. Mazkur faoliyat zamonaviy maktabning texnik, texnologik va metodik ta’minotini qayta tashkil etish,shuningdek, jamoada psixologik muhitni o‘zgartirish bilan bog‘liq. Zamonaviy maktabning rivojlanish jarayonini o‘rganishda direktorning shaxs sifatidagi o‘rnini ham hisobga olish zarur. Boshqaruv ko‘nikmalari rahbarning psixologik xususiyatlari, hissiy-irodaviy sifatlari, ijodiy fikrlashi, intellektual qobiliyati bilan uzviy bog‘liq. Bular shaxsning integrativexususiyatlari bo‘lib, murakkab tizim hisoblangan psixologik va amaliy harakatlarning o‘zlashtirish tezligi, sifati va samaradorligini belgilaydi. Qoidaga ko‘ra, bular ta’lim olish hamda tushunchalar asosida shaxsiy tajriba orttirish jarayonlarida shakllanadi.Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda zamonaviy maktab direktori shaxsining kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlarini quyidagi ko‘rsatkichlarga ajratish mumkin:
  • insonning noyob va takrorlanmas ekanligi hamda ijodkorligining tan




  • olinishi;




  • tizimli fikrlashi;




  • rahbarlikdagi prinsipiallik;




  • tadqiqotchilik va tahliliy faoliyatni motivlashtirish, yangiliklarga




  • moyillik;




  • oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda




  • bo‘lish;






  • barqarorligi;




  • zamonaviy maktabda innovatsion jarayonlariga o‘qituvchilarning




  • psixologik moslashuvini tezlashtirish uchun zaruriy shart-sharoitlarning




  • yaratilishi;




  • jamoada ilg‘or tajribalarni o‘rganish, pedagogik mahoratni oshirish,




  • mustaqil ta’lim olish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga nisbatan ehtiyojlarni


  • shakllanganligi;




  • jamoa a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda adolatlilik.



Maktabni boshqarishda rahbarlik mas’uliyati Boshqaruvning har qanday nazariy xulosalari ko‘p yillik tajribalar natijasida shakllanadi, undan so‘ng hayotga tatbiq etiladi. Bu, ayniqsa, pedagogikada muhimdir. Ta’lim muassasasi rahbari tomonidan chiqarilgan noto‘g‘ri qaror nafaqat jamoa o‘rtasidagi muhitni buzadi, balki eng asosiy maqsad, biz uchun hayot-mamot masalasi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada davlat hamda jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Shu bois ta’lim muassasasi rahbarining o‘rni, uning asosiy vazifalari, mas’uliyati haqida doimo qayg‘urib mehnat qilgan, ilmiy izlanishlar olib borgan, hayotiy xulosalarga kelgan fidoiypedagoglar tajribalarini o‘rganish ham bugungi maktab direktorlari uchun foydadan xoli emas. «Maktabni boshqarish shartmi?» degan savol ko‘pdan buyon mavjud va u doimo bahsga sabab bo‘lib kelgan. Zamonamizning ilg‘orpedagogi ta’lim fidoiysi J.G‘.Yo‘ldashevning fikri bilan aytganda, boshqaruv maktab uchun kerak va zarur! Faqat bizga bugun ma’muriy buyruqbozlik, «yuqoridan turib boshqarish» emas, maktab ichki boshqaruvini — uning butun tashkiliy pedagogik faoliyatini meyoriy boshqarish bilan mutlaqo yangi, ko‘p qirrali, xilma-xil faoliyatli, quvonch va shodlik keltiruvchi, yangi yutuqlarga ilhomlantiruvchi, ijodiy jamoa mehnatiga asoslangan, sog‘lom maktab o‘rtasida kechayotgan murosasiz kurashni tez ilg‘aydigan, taraqqiyotni tan oladigan, ijodiylik va tashabbuskorlikka qanot baxsh etuvchi, adolat va haqiqatni ro‘yobga chiqaradigan boshqaruv kerak», deb yozadi u o‘zining «Ta’lim menejmenti» asarida. Albatta, bunday fikrga kelish uchun J.Yo‘ldashevning turli rahbarliklavozimlarda ishlab, muammo hamda uning yechimlarini, yutuqlarni amalda ko‘rgan va bugun ham o‘z tadqiqotlari aprobatsiyasini o‘tkazish chog‘ida to‘plagan tajriba va undan olgan xulosalari sabab bo‘lgan.


Download 102,1 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 102,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. bob. BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Download 102,1 Kb.