Maktabda o‘quv jarayoniga innovatsiyalqrni joriy etishning samarali yo‘llari




Download 102,1 Kb.
bet12/13
Sana20.05.2024
Hajmi102,1 Kb.
#245913
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4 kurs 403 s5 guruh talabasi shernazarova feruzaning maktabda

Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu oqitish shakllarimng shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashgulotlar kichik guruhlardagi individual mashgulotlar bilan qoshib olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali oqituvchilar, proffcssorlar leksiya oqiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida otkaziladi. Leksiya mashgulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashgulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yoq, kichik guruhlar ham doimiy emas.
Dasturlashtirilgan oqitish XX asrning 50-yillari boshida paydo boldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bogliq. U materiallarning ozlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.

Xulosa

Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda.Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi.An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni va tashkil etishi jixatidan aniq o‘quv fani bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayon yotadi va bu jarayonda ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar sub’ekt-ob’ekt tarzida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda sub’ekt-o‘qituvchi ma’lum chegaralangan sharoitda bo‘lib, uning faoliyatini o‘quv reja va o‘quv dasturi boshqaradi va hamda munosabatlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ob’ekt-talaba ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan.O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Umuman olganda ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.


Download 102,1 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 102,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabda o‘quv jarayoniga innovatsiyalqrni joriy etishning samarali yo‘llari

Download 102,1 Kb.