3 Birinchi takrorlash - konspektni ozlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha oquvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, oqituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi bir vaqtning ozida «asta» va magnitafon orqali sorab boradi yozma ishdan so‘ng og‘zaki sorash boshlanadi.
4.Tayanch konspektni ogzaki sozlab olish - ozlashtirishdagi tashqi nutq (ogzaki) faoliyatining yeng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.
5.Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o‘zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari royxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.) ozaro sorash va ozaro yordam; oyinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).Nazorat, baholash. V.F.Shatilov oquvchilarning bilim, malaka va konikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni ozini-ozi nazorat qilish va oz-ozini baholash bilan boglash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yoqligi va past bahodan qorqishning yoqligi. Nazorat shakllari: tayanch konspekt boyicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda sorash, magnitafonda, juftlikda ozaro nazorat, guruhdagi ozaro nazorat va uy nazorati, oz-ozini baholash.O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan kozguga qoyib boriladi. U goyo oquvchiga xizmat qiladigan royxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega boladi. Bunday tavsifnomani yelon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga yega boladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda oquvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga ozgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb takidlaydi V.F. Shatalov, awalambor, oquvchida ijobiy yetiborni qozgatadigan vosita, turtki bolib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab boladi hamda oqituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan oquv faoliyati tizimi maktab oquvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika oqitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni oqitishda ham keng tarqaldi.
G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb tariflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning uch asosiy harakat yonalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch shahobchani belgilaydi:
1.Asosiy shahobcha mazmunning harakati bolib, u axborotning manba (oqituvchi)dan qabul qiluvchi (talaba)ga uzatish (oquvchilar yetiboriga uzatish, oquv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, oquvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, ozlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qoshimcha boshqarish manbalari kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va oquvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (oz-ozini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.
2.Boshqarishga tasir otkazish shahobchasi. U oz ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), talimiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini qamrab oladi.
3.Jarayonlar haqidagi (qayta boglanish, nazorat, baholash, qoshimcha axborotlar shahobchasi) axborotlar oqituvchidan oquvchiga uzatilish shahobchasi.
O‘quv jarayonining samaradorligi:
oquv axborotlari mazmunining yeng maqbul tuzilmasi;
boshqarish samaradorligi va bilish faoliyatini tashkil etish;
axborotlarni ozlashtirishda individual oz-ozini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish;
axborotlarni ozlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bogliq.
Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli oqitishni boshqarish
S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
hamkorlik pedagogikasiga bolgan shaxsiy yondashuv;
ozlashtirish (muvaffaqiyat) - oqitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;
sinfdagi fayz: xayrixohlik, ozaro yordam;
xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
oquv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
vazifaning har bir oquvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bolib berilishi;
asta-sekin toliq mustaqillikka otish;
bilagon oquvchi vositasida bilmaydigan oquvchilarni oqitish.
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin organila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli tayyorgarlik organilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yol-yolakay otishning boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.
S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni ozlashtirish uch bosqichda kechadi:
1. Kelgusida ozlashtirilishi lozim bolgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;
2.Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qollash;
2.Fikrlash usullari va oquv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual oqitish oquv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.
Unda:
pedagog faqat birgina talaba bilan ozaro munosabatda boladi;
bir talaba faqat oqitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan ozaro aloqada bo‘ladi.
Individual oqitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.
|