35
Dasturlashdan
maqsadli foydalanish
Sinov tarzida
ishlatish: kodni
kompyuterdan
foydalanmay
mustaqil
ishga
tushirish. Har
bir satr oʻqib
chiqiladi va
yozilgan jarayonlar
bajariladi. Shu
orqali
dasturning
ishlashi yoki
ishlamasligi
tekshiriladi.
Kalit soʻzlar
-amaliy koʻnikma
atijani taxmin qilish
Dastur yoki uning bir qismini tuzayotganda ishlash-ishlamasligini bilish uchun uni
sinov tarzida ishlatib ko‘rish kerak. Sinov tarzida ishlatish — dasturning qanday
ishlashini taxmin qilish jarayonidir. Sinov koʻzlangan
natija bermasa, katta ehtimol
bilan, dastur ishlamasligi ma’lum boʻladi.
Dasturni sinov tarzida ishlatish uchun oʻquvchi oʻzini kompyuter
deb tasavvur qiladi va
jarayonlarni xayolan bajarib ko‘radi.
Quyidagi
Scratch dasturida ikkita Sprayt mavjud: mushuk va pufak.
Koʻrsatilgan bloklar ketma-ketligi mushuk uchun moʻljallangan.
Quyida yangi blok mavjud:
Blok ko‘rinishi
Taʼrifi
Sprayt koʻrsatilgan yo‘nalishga
buriladi.
90 oʻngga qaraydi
–90
chapga qaraydi
0 yuqoriga qaraydi
180
pastga qaraydi
1. Yuqoriga yo nalgan strelka bosilsa, nima boʻladi
Strelka bosilganda ishga
tushuvchi kodni toping.
Oʻzingizni kompyuter sifatida tasavvur qilib, kodning har bir satrini oʻqib chiqing.
Qanday voqealar sodir bo‘ladi
• Mushuk navbatdagi kostyumni kiyadi.
• U yuqoriga qaraydi (0-yoʻnalish) va 10 qadam oldinga harakatlanadi.
https://t.me/edurtm_uz