8
Dasturlar odatda
interfeys yordamida foydalanuvchi bilan
oʻzaro aloqaga
kirishadi.
Interfeys dasturning bir qismi bo‘lib, u foydalanuvchi va dastur o‘rtasidagi
aloqani
ta’minlaydi. Interfeys foydalanuvchi bosishi, terishi va e’tibor qaratishi mumkin boʻlgan
ekran tugmalari, matn, tasvir va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Interaktiv dasturda foydalanuvchi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
• maʼlumotni kompyuterga
kiritish tugmalarni bosish, matn va sonlarni
kiritish
kabi amallardan iborat. Masalan, kompyuter oʻyinini boshqarish qurilmasidan
foydalanish;
• kompyuterdan maʼlumot olish
chiqarilgan natijalarni,
jumladan, tasvir va
matnni koʻrish, audioni eshitishdan iborat.
Real hayotda koʻpincha
analog maʼlumotlar uchraydi. Muayyan shaklga ega har
qanday qiymat, masalan, tovush yoki tasvir analog ma’lumot hisoblanadi.
Bunday
ma’lumotlarni kompyuter tushunishi uchun ularni ma’lum darajada oʻzgartirish kerak.
Interaktiv:
foydalanuvchiga
ma’lumot kiritish va
chiqarish imkonini
beruvchi dastur.
Interfeys:
dasturning
ma’lumotlarni
kiritish
va natijani
chiqarib berishga
mo‘ljallangan qismi.
Maʼlumot kiritish
kompyuterga
ma’lumot kiritish.
Masalan, matn terish
yoki tugmachalarni
bosish.
Natijani chiqarish:
foydalanuvchiga
kompyuterning
ekrani
yoki ovoz
karnayi yordamida
ma’lumot yetkazish.
Analog: real
hayotdagi
(kompyuter
yordamida taqdim
etilmaydigan)
maʼlumot .
Kalit soʻzlar
Scratch dasturlash
tilining internet
versiyasi bilan
ishlashda onlayn
xavfsizlik
qoidalariga
rioya qilish muhim.
Xususan, oʻquvchi
faqat tavsiya
etilgan veb saytdan
foydalanishi kerak.
Oʻqituvchining
ruxsatisiz boshqa
odamlar bilan
onlayn suhbat
qurish yoki boshqa
veb
saytlarga kirish
mumkin emas.