|
• toʻqnashuvlarni aniqlash;
•Bog'liq 8-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023 (1)• toʻqnashuvlarni aniqlash;
• taymerdan foydalanish va kutish;
• tasodifiy raqamlardan foydalanish.
angi ko‘nikmalar va ulardan foydalanishni o‘rgangach, ularni o‘yin loyihasini ishlab
chiqish jarayonida oson qo‘llaysiz.
Darsni boshlashdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
• Scratch dasturlash tili yordamida oddiy dasturlarni, jumladan, ketma-ketliklar,
takrorlash va protseduralarni yaratish;
• dasturni tekshirish va kamchiliklarni to‘g‘rilash;
• blok-sxemalardan foydalanish va ularni yaratish.
Kirish
Kompyuter dasturini yaratishning ilk bosqichlari rejalashtirish va loyihalashdan
iborat. Bu bosqichlar odatda
dastur yaratish sikliga muvofiq amalga oshiriladi.
Dastur yaratish sikli kompyuter dasturini rejalashtirish, loyihalash, yaratish,
sinovdan
o‘tkazish va yaxshilashga imkon beruvchi tizimli amallar hisoblanadi.
Dasturni rejalashtirish orqali quyidagilarga erishasiz:
• dastur vazifasini aniqlash;
• dasturchilar (dastur ustida ishlayotgan jamoa)ga dastur talablarini to‘liq tushuntirish;
• buyurtmachi(lar)ning ishlab chiqilgan oʻyin dasturidan mamnunligiga ishonch hosil
qilish.
Reja yordamida dastur qanday ishlashini loyihalaysiz. Rejalashtirish tufayli har qanday
ehtimoliy muammo ishni boshlashdan avval aniqlanadi va bartaraf etiladi. Natijada
dasturni ishlab chiqish jarayoni oson kechadi.
Dastur ishlab chiqilgandan soʻng uning xatolarsiz, mukammal ishlashini tekshirish
kerak. Buyurtma asosida dastur yaratishdan avval mijoz yoki buyurtmachining talablari
batafsil oʻrganib chiqiladi, chunki dastur ularning talabiga mos kelmasa, bajarilgan
ishlar uchun haq toʻlanmaydi.
Dastur yaratish
sikli: rasmiy
jarayonlar
toʻplami boʻlib,
rejalashtirish,
loyihalash,
ishlab chiqish va
tizimni sinovdan
o‘tkazishni oʻz
ichiga oladi.
|
| |