6
Dasturlashdan
maqsadli foydalanish
Bu modulda quyidagilarni o‘rganasiz:
1
Abstraksiya yordamida interaktiv dasturni rejalashtirish
2
Belgilash, ma’lumotlarni kiritish va natijani chiqarish
yordamida interaktiv
dasturni yaratish va uni tekshirish
3
Maʼlumotlarni kiritish va tanlash bloklaridan foydalanib
interaktiv dasturning
natijasini taxmin qilish
4
Tanlash, maʼlumotlarni kiritish va natijani chiqarish yordamida interaktiv
dasturni yaratish
va rasman tekshirish
5
Tarkibida bir nechta xato mavjud bo‘lgan qisqa interaktiv dasturni debaglash
Bu modulda yakuniy loyihangizni bajarishda qoʻl keladigan amaliy ko‘nikmalarni
rivojlantirasiz. Yakuniy loyiha
Scratch dasturlash tili yordamida interaktiv o‘yin
yaratishdan iborat. Ushbu o‘yin virtual uy jonivoriga g‘amxo‘rlik qilish haqida bo‘ladi.
Bu jarayonda foydalanuvchidan ushbu uy jonivorini ovqatlantirish
va uni zeriktirmaslik
talab etiladi.
Oʻyin yaratishdan avval uni rejalashtirish,
loyihalash, ishlab chiqish va tekshirishni
o‘rganasiz. Ishni
Scratch dasturlash tiliga oid koʻnikmalarni egallashdan boshlaysiz,
chunki ushbu amaliy koʻnikmalar yakuniy loyihada ishlab chiqiladigan oʻyinning bir
qismi sifatida qoʻllanadi.
1
6
7
1
Dasturlashdan maqsadli foydalanish
Shuningdek, quyidagilarni bilib olasiz:
• oʻzgaruvchilardan
foydalanish;
• translyatsiya;
• Spraytni sozlash;
• oʻyin fonini oʻzgartirish;