10
1.1-mashgʻulot
Yangi
Scratch oynasini oching.
Mushuk
Sprayti
ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosing.
Delete buyrugʻini tanlang.
e Sprite
tugmasini bosing.
Yangi
Scratch fayliga avtomobil Spraytini qoʻshing.
Avtomobil ekranning oʻng tomoniga qarab turganini tekshiring.
Quyidagi vazifani bajaruvchi blokni qo‘shing: oʻngga
qaragan strelka tugmasi
bosilsa, avtomobil oʻn qadam oldinga harakatlansin.
Keyin
space soʻzi yonidagi strelka tanlanadi.
Ochiluvchi roʻyxatdan kerakli klaviatura tugmasi
tanlanadi.
Blok pastidan tugma
bosilganda bajariladigan
harakatlarning koʻrsatmasi qoʻshiladi.
11
Dasturlashdan maqsadli foydalanish
-amaliy koʻnikma
Foydalanuvchi bilan o zaro aloqani aniqlash
2. Foydalanuvchi tanlaydigan obyektlar.
Foydalanuvchi interfeysdagi muayyan obyektni tanlashi natijasida o‘yinda
muayyan o‘zgarish roʻy beradi. Masalan, foydalanuvchi
tanlagan avtomobil oldinga
harakatlanadi.
Bu amalni bajarish uchun
Sprayt belgilanadi.
Events
menyusidan
bloki tanlanadi.
Blok pastidan sprayt tanlanganda bajariladigan harakatlarning ko‘rsatmasi qo‘shiladi.
Kod ishlashini tekshiring.
1.2-mashgʻulot
Quyidagi vazifani amalga oshiruvchi blokni qo‘shing:
chapga qaragan strelka
tugmasi bosilsa, avtomobil oʻn qadam orqaga harakatlansin.
Kod ishlashini tekshiring.
1.3-mashgʻulot
Quyidagi vazifani bajaruvchi blokni qo‘shing: yuqoriga qaragan strelka tugmasi
bosilsa, avtomobil chap tomonga 90 daraja burilsin.
Kod ishlashini tekshiring.
1.4-mashgʻulot
Quyidagi vazifani bajaruvchi blokni qo‘shing: pastga qaragan
strelka tugmasi bosilsa,
avtomobil oʻng tomonga 90 daraja burilsin.
Kod ishlashini tekshiring.
Sprayt elementini
orqaga
harakatlantirish
uchun
manfiy
raqam qoʻllanadi.
Masalan, -10.