• Loy tayyorlashni bir necha usullari mavjud
  • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi




    Download 119.04 Kb.
    bet8/11
    Sana06.11.2022
    Hajmi119.04 Kb.
    #29208
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 mavzu ma\'ruza
    Loyihalash kerakli ma\'ruza, Rezyume, Законы психического развития, ТЕСТЛАР Назорат, тадқиқот ва ўлчашларни автоматлаштириш фанидан (1), SMT, QIZIQARLI.MASALALAR, TENGLAMA TURLARI, Наивный баейсовский классификатор, КАТТА ГУРУҲГА ТЕМАТИК РЕЖАЛАШТИРИШ, Artificial Art, dasturlash tillari, Омири хам доретиушилик жолы, 5-sinf matematika, Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish

    Loy

    • Loy narsalar yasashda asosiy material hisoblanadi. Chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Loyning tarkibida boshqa narsalar (tosh, qum va shu kabilar) bо‘lmasligi kerak. Chunki ish qо‘lda bajariladi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin loyni tayyorlash kerak. Loy shirali va shirasiz bо‘ladi. Shirasiz loy tarkibida qum kо‘p bо‘lib, unda yopishqoqlik xususiyati yomon bо‘ladi. Loy о‘zining xossasiga kо‘ra yumshoq, yopishqoq, ilashuvchan, yaxshi tekislanish va istalgan shaklga kirish xususiyatiga ega bо‘lishi kerak. Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar: oddiy konstruksiyadagi yog‘och va steklardan foydalaniladi. Bunday loyni tayyorlash uchun tuproq tanlanadi. Tuproq jigarrang, qо‘ng‘ir bо‘lib, ular ikki xil xususiyatda, quruq va yog‘li bо‘ladi. Yog‘li tuproq quruq tuproqqa nisbatan namligi yaxshi, yopishqoq, yumshoq, tekislanish va pardozlanish xususiyati yaxshi bо‘ladi. Tuproqni tekshirish odatda bir siqim tuproqni olib, suvga solinadi, yopishqoqligi, ilashimligi tekshiriladi.
    •  

    Loy tayyorlashni bir necha usullari mavjud

    • 1-usul: loy tayyorlash mumkin bо‘lgan tuproqni tanlab, uni yaxshilab eziladi va elakdan о‘tkaziladi. Sо‘ngra uni yog‘och yoki plastmassa idishga solib, suv quyiladi, suv tо‘la shimdirilgandan sо‘ng 1-2 kun saqlanadi, sо‘ngra yana suv quyib, qoriy boshlanadi. Loy yopishqoq, yagona massali, qо‘lga yopishmaydigan, yaxshi silliqlanish va elastiklik holatiga yetguncha ishlanadi. Sо‘ngra, loyni polietilen xaltaga solib, havo о‘tkazmaydigan holda о‘raladi. Undan bir necha darsda foydalanish mumkin. Chunki, bu holda loyni bir oy, yoki ikki-uch oy yoki yillab saqlash mumkin. Loy qancha kо‘p saqlansa, u shunchalik yopishqoq, elastiklik va silliqlanish xususiyati ortib boradi.

    2-usul: Chamasi 1 kg tuproq elanadi. Duxovkada 20 daqiqada qizitib, sovugandan sо‘ng, 25 gramm paxtani maydalab solinadi. 200 gramm yog‘ quyilib, kerakligicha suv solinadi. Loyga ishlov berilib, qoriladi. Loyni hо‘l matoga о‘rab, polietilen xaltada 2 sutka tindiriladi. Bunday loyni kо‘p marta ishlatsa bо‘ladi. Darslarda tayyorlab qо‘yilgan loydan ma’lum qismi olinib, unga yana ishlov beriladi. Qо‘lga yopishmaydigan holga kelgunga qadar ishlanadi. Loy qо‘lga yopishmaydigan, lekin о‘z massasiga yaxshi yopishadigan va plastiklik holati yaxshi bо‘lsa, bunday loydan har qanday shakl yasash mumkin bо‘ladi.


    Download 119.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 119.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

    Download 119.04 Kb.