• O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari
  • O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari




    Download 119.04 Kb.
    bet4/11
    Sana06.11.2022
    Hajmi119.04 Kb.
    #29208
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 mavzu ma\'ruza
    Loyihalash kerakli ma\'ruza, Rezyume, Законы психического развития, ТЕСТЛАР Назорат, тадқиқот ва ўлчашларни автоматлаштириш фанидан (1), SMT, QIZIQARLI.MASALALAR, TENGLAMA TURLARI, Наивный баейсовский классификатор, КАТТА ГУРУҲГА ТЕМАТИК РЕЖАЛАШТИРИШ, Artificial Art, dasturlash tillari, Омири хам доретиушилик жолы, 5-sinf matematika, Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish

    O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari

    • 3. О‘zini о‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    • A1 texnologiya fanini о‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish, “Mohir qо‘llar” tо‘garagida fanlarni о‘qib-о‘rganish, mehnatsevarlik, tо‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bо‘lish; tо‘g‘ri sо‘z bо‘lish, о‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, о‘rtoqlariga yordam berish, о‘qib-о‘rganish orqali bilimini oshirib borish.
    • A1+ texnologiya faniga oid turli yо‘nalishdagi kitoblarni muntazam о‘qish va о‘rganish; о‘zini xato va kamchiligini tо‘g‘ri tushunish, xatolarini tuzatishga harakat qilish, о‘zini nazorat qilish.
    • 4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
    • A1 о‘zining о‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada о‘z о‘rniga ega bо‘lish; о‘zidan kattalarga, о‘rtoqlari va о‘zidan kichiklarga yordam berish, maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish va muomala madaniyatga amal qilish; (kattaga hurmat, kichikka izzatda bо‘lish kabi sifatlarga ega bо‘lish, oiladagi о‘z о‘rnini hamda vazifalarini anglay olish; maktab binosi, sinfdagi jihozlar.
    • A1+ mebellarni asrab-avaylash farzandlik va о‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish; о‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish, sinfdagi jihozlar, о‘quv qurollarini asrab-avaylash; maktabda, oilada, turar joyida bо‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h.k.) ishtirok etish.
    •  

    O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari

    • 5. Milliy va umummadaniy kompetensiya:
    • A1 orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, dо‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bо‘lish, orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan о‘rnak olish, о‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash; ozodalikka rioya qilish, milliy bayramlarini bilish, о‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchaga ega bо‘lish,о‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish.
    • A1+ san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, san’at asarlarini tahlil qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, ziyorat qilish odobiga amal qilish, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayillar) bilish.
    • 6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bо‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
    • A1 oilasida nechta odam borligi, kim katta, kim kichikligini bilish, maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish; kundalik rejalarini tuza olish; kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish, mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish; isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qilish.
    • A1+ dars jarayonida zarur bо‘ladigan о‘quv qurollari, xom ashyolardan tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanish, bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish; texnika turlari va ularni qachon paydo bо‘lganligini bilish.
    •  

    Download 119.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 119.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari

    Download 119.04 Kb.