Boshlangʻich taʼlim fanlarini oʻqitishning zamonaviy




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

 
2.2. Boshlangʻich taʼlim fanlarini oʻqitishning zamonaviy 
texnologiyalari 
Maqsad:
Boshlangʻich taʼlim fanlarini oʻqitishda innovatsion va zamonaviy 
texnologiyalarni qoʻllashni oʻrganish. 
Kutilayotgan natija:
Darslarda interfaol metodlar asosida oʻyin 
texnologiyasi, muammoli taʼlim texnologiyasi, hamkorlik texnologiyasi, STEAM 
texnologiyalarini qoʻllay oladi. 
Boshlangʻich taʼlimni oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalarni 
tushuntirish va ularni amalda qoʻllash boʻyicha mashqlar bajarish. Darslarni 
zamonaviy, interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etishning mohiyatini 
oʻrgatish. 
Oʻyin texnologiyasining turlari va ulardan foydalanish yoʻllari. 
“Loyiha” tushunchasi va “Loyiha taʼlimi”ning
 
mazmun mohiyati, maktab 
taʼlimida loyiha texnologiyalaridan foydalanish tarixi va amaliyoti haqida. Maktab 
taʼlim sifatini yaxshilashda fanlar kesimidagi muammolarni, ehtiyojlarni aniqlash 
va maqsadli “taʼlimiy loyiha”larni ishlab chiqish mexanizmi. Taʼlimiy loyihalar – 
oʻquvchi va oʻqituvchilarning hamda taʼlim tizimi xodimlarining mustaqil tadqiqot 
faoliyati va ijodkorligini shakllantirish vositasi sifatida. 



Taʼlimda loyiha turlari va ularning strukturalari. Innovatsion loyihalar va 
ularni jahon taʼlim tajribasidagi koʻrinishlari. 
Loyihaning tarkibiy qismlari: loyiha mavzusi, tavsifi, muammoni aniqlash, 
maqsad va vazifalar, muddati, bosqichlarini belgilash. Loyihani amalga oshirish 
guruhini shakllantirish va vazifalarni taqsimlash, loyiha faoliyatini rejalashtirish va 
tashkil etish boʻyicha amaliy mashq va topshiriqlar. 
Muammoli taʼlimning ilmiy-nazariy asoslari. Muammoli oʻqitish tarixi 
haqida. Evristik usullar va ularni ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi roli. Oʻquv va 
ilmiy muammolarning bir-biridan farqi. Muammoli taʼlim jarayonida oʻqituvchiga 
qoʻyiladigan talablar. 
Muammoli vaziyat yaratish usullari. Muammoli vaziyatni hal etish 
darajalari. Muammoli vaziyatni yechishda qoʻllaniladigan usullar. Muammoli 
taʼlim mashgʻulotlarini tashkil etish va boshqarishga qoʻyilgan talablar. 
“Muammoli vaziyat” metodi haqida. Dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil 
qilish va ularni yechish usullari. 
Muammoli taʼlimning oʻquvchilar ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini 
oʻstirishdagi ahamiyati. Muammoni turli nuqtayi nazardan oʻrganish, tahlil qilish. 
Turli oʻquv fanlari boʻyicha dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va 
ularni yechish usullari haqida. 
Trening mashgʻulotlarini tashkil etishning qoidalari: oʻquv-tarbiya 
jarayonini aniq tasavvur qilish, yaratilgan gʻoyalarni, yangiliklarni amaliyotga 
samarali joriy etish yoʻllari. 

Download 6,06 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Boshlangʻich taʼlim fanlarini oʻqitishning zamonaviy

Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish