8
hamda toʻlaqonli uygʻunlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy oʻrta taʼlim
berishni taʼminlash.
Inklyuziv taʼlim – inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga olib keladigan taʼlim
jarayonidir, u eksklyuziv, segregatsiya va integratsiyadan oʻtib
keluvchi tarixiy
jarayon.
II. MUTAXASSISLIK FANLARI
2.1. Boshlangʻich taʼlim fanlarining nazariy-amaliy,
metodik asoslari (fanlar kesimida)
Maqsad:
Boshlangʻich
taʼlim
fanlaridagi
yangiliklar,
zamonaviy
metodikalar bilan ishlashga oʻrgatish.
Kutilayotgan natija:
Har bir fan kesimida yangi avlod darsliklari bilan
ishlash metodikasini egallaydi.
Boshlangʻich taʼlim fanlari, taʼlimning asosiy
nazariyalari va ularni
amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari. Boshlangʻich
taʼlimning ilmiy-nazariy asoslari boʻyicha dolzarb muammolar yangiliklar,
ilmiy
izlanishlar.
Ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan yangi avlod oʻquv dasturlari, darslik va
oʻquv qoʻllanmalari va ularning tahlili hamda nazariy asoslari mohiyatini
oʻzlashtirish.