Taʼlim jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

6. Taʼlim jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari 
Qonunchilik normalari, mamlakatimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan 
islohotlar, taʼlimning normativ-huquqiy hujjatlari bilan ishlash va kasbiy 
faoliyatida samarali foydalanish. Oʻz kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy 
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va amaliyotda qoʻllay olish. Bola 
huquqlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va ularga rioya qilishni tashkil 
etish. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olishda ishtirok etish. 
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va uni bartaraf etishga oid takliflar. 
 
7. Fandagi yangiliklar, fanni oʻqitishning dolzarb masalalari 
Fandagi yangiliklar, kashfiyot va ixtirolar. Fanning ilmiy-nazariy asoslari 
boʻyicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, 
ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni oʻqitishda foydalanish. 
Fanni oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalar va ularni amalda qoʻllash. 
Darslarda interfaol metodlardan foydalanish. Ayrim murakkab mavzularni oʻqitish 
samaradorligini oshirish omillari. Fanni oʻqitishda elektron darsliklardan 
foydalanish. 
Taʼlimdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qoʻllash jarayoni haqidagi 
tushunchalar, modellar va vositalar. Taʼlim mazmunidagi oʻzgarishlar: Milliy 
oʻquv dasturi, Milliy oʻquv dasturi komponentlari, fanlar boʻyicha konsepsiyalar, 
tayanch oʻquv rejasi, oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi, baholash 
metodologiyasi, taʼlimdagi ilgʻor xorijiy yondashuvlar. Janubiy Koreya, Singapur, 
Finlandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya tajribalari, Milliy oʻquv dasturini 
amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish. 
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS, 
STEAM va boshqalar). PIRLS va PISA taʼlim sifatini baholash xalqaro tadqiqoti 
va natijalari. PIRLS xalqaro tadqiqoti topshiriqlarini baholash metodikasi bilan 



tanishish, oʻqish va matnni tushunish savodxonligini rivojlantirish. TIMSS xalqaro 
baholash dasturining maqsadi, qamrov doirasi, asosiy yoʻnalishlari, mazmuni va 
samaradorligi. Ilgʻor oʻquv materiallarini va texnologiyalarni taʼlim jarayoniga 
tatbiq etish. Baholashning yangi usul va vositalari. Bilim va koʻnikmalarni 
baholashning alternativ yondashuvlari. Hayotiy koʻnikmalarning tavsiflari. Bilim 
va koʻnikmalarni baholashdagi farqlar. Koʻnikmalarni baholashning maqsadlari. 
Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarni baholash metodologiyasi. Bilim va 
koʻnikmalarni baholashga tayyorgarlik koʻrish. Formativ va summativ baholash. 
Oʻquvchilarning oʻquv tajribasi va ehtiyojlarini baholash. Oʻquvchilarning oʻz-
oʻzini hamda boshqalarni baholash usul va vositalari. Baholash vositalaridagi 
mezonlarni ishlab chiqish. Baholash mezonlarining DTSlari talablari va fan 
mazmuni bilan mosligini taʼminlash. Baholashni amalga oshirishda oʻquvchilar 
bilim va koʻnikmalarini korrektirovka qilish. Oʻquvchilarning bilim va 
koʻnikmalarini baholash mezonlari, usul va vositalari. Baholash usullari. STesting 
dasturlari, test topshiriqlari va ularni tayyorlash. 
Taʼlimda monitoring va uning taʼlim-tarbiya sifatini boshqarishdagi roli. 
Monitoring yoʻnalishlari. Monitoring maqsadlari. Davlat taʼlim standarti asosida 
oʻquvchilar natijalarini monitoring qilish. Maktabda monitoring turlari. 
Monitoringni rejalashtirish, tayyorgarlik va oʻtkazish bosqichlari. 
Oʻquv-metodik materiallar tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish.
Oʻquv-metodik majmua – darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik 
qoʻllanma, multimedia mahsulotlari, elektron platformalar orqali oʻrganuvchi va 
oʻrgatuvchi kontentlar (videodars, virtual laboratoriyalar, elektron dasturlar va 
boshqalar). 
Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan, mustaqil malaka oshirish va bilim 
olishning tashkiliy, uslubiy asoslari. Fan boʻyicha pedagoglarning ilgʻor 
tajribalarini 
aniqlash, 
tahlil 
qilish, 
oʻrganish, yozish, umumlashtirish, 
ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari, shakl va usullari. STEAM taʼlimi. 

Download 6,06 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Taʼlim jarayonini tashkil etishning huquqiy asoslari

Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish