3
KIRISH
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining
2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-
quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq taʼlimi
xodimlarini
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida”gi 25-son qarori, Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi
“Davlat taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-son buyrugʻi ijrosini
taʼminlash maqsadida rahbar
va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va
shaffof tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida
kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish boʻyicha
belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib,
zamonaviy talablar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy
markazlarining metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlari uzluksiz kasbiy
rivojlantirish kursining mazmunini takomillashtirish
hamda ularning kasbiy
kompetentligini muntazam oshirishga xizmat qiladi.
Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni
Pedagogik markazlari metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlarini uzluksiz
kasbiy
rivojlantirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan
umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan boʻlib, ularning zamonaviy
boshqaruvga oid yangi bilim va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali
foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng
tatbiq etish, chet tillarini intensiv oʻzlashtirish darajasini oshirish hisobiga ularning
kasb mahoratini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv
dasturi quyidagi
modullardan iborat:
1. Metodistning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish.
2. AKT va mediasavodxonlik.
3. Oʻzini oʻzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish.
4. Metodistning masʼuliyati va moslashuvchanligi.
5. Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari.
6. Taʼlimning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda
foydalanish masalalari.
7. Fandagi yangiliklar va fanni oʻqitishning dolzarb masalalari.
8. Oʻquvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari.