• Fanlararo bog`lanish
  • Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 0.83 Mb.
    bet3/5
    Sana13.03.2024
    Hajmi0.83 Mb.
    #170987
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-sinf dars metodik tavsiya
    Genuine Temporary Entrant Bakhodirov Timurbek, 2-sinf dars metodik tavsiya, diplom, 5-IDUM Ommalashtirish, Салахиддинова Дилдора (2)
    Darsning turi: Yangi bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirishga asoslangan dars.
    Darsning usuli: “Aqliy hujum + Qadam-baqadam”,”Motivatsion quti”, “Raketa”,”Kutuvlar daraxti” va amaliy ish metodlari.
    Dars jihozi: Kompyuter,darsga oid ko`rgazmalar, “Quyosh tizimi”dagi sayyoralar rasmlari va raketa, daraxt maketi.
    Darsda qo`llanilgan texnologiya: kichik guruhlarda ishlash,fanlar aro bog`lanish texnologiyasi.
    Fanlararo bog`lanish: Tabiiy fanlar, Texnologiya, O`qish savodxonligi, Musiqa.
    Dars o`quvchilarning ikki guruhga ajratilgan holda tashkil qilinadi.Yozuv taxtasiga sayyoralar rasmlari yopishtiriladi,eng oxirgi manzil Quyosh va Oy qilib belgilanadi. Yer sayyorasidan ikki guruh raketalarda uchish bilan manzilga yetib boradilar. Bunig uchun guruhlarga o`qituvchi tomonidan yoki o`quvchilarning o`zlari nom tanlaydilar.
    1-guruh: “Merkuriy”
    2-guruh: “Venera”
    Har bir guruh uchun alohida tayyorlangan raketa maketlari yordamida keyingi sayyoralarga uchadilar.Ular o`zlarining dars davomida ishtirok etishlariga qarab “Motivatsion quti”dan geometrik shakllarga yozilgan “Matematika bilimdoni”,”Sinfning a’lochisi”,”Sen,eng ilg`orsan”, “Sen,birinchisan” kabi rag`batlar taqdim qilinadi va o`quvchilar o`zlari shu rag`batlarni o`rtoqlariga o`qib beradilar.
    Darsning borishi:
    1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
    -O`quvchilar bilan salomlashish
    -Navbatchi axborotini tinglash
    -Davomatni aniqlash
    -Koinot haqida suhbat
    2.O`tilgan mavzuni esga olish: 10 daqiqa
    Ikki guruhdan nomzodlar chiqarilib “Aqliy hujum+Qadam-Baqadam” metodi yordamida 5tadan savolga javob toptiriladi.
    1-guruhga:
    -Geometrik figuralarga misol keltiring?
    -Burchak turlarini ayting?
    -Kvadrat haqida ma’lumot bering?
    -Qanday ifoda turlarini bilasiz?
    -Tekislik nima?
    2-guruhga:
    -Uchburchak haqida ma’lumot bering?
    -Kesma nima?
    -Nur nima?
    -Hafta kunlarini sanab bering?
    -Yassi sirt nima?
    O`quvchilar har bir to`g`ri javob uchun rangli shakllar ustidan bir qadamdan surilib boradilar va 5ta savolga javob bergan guruh keying sayyoraga uchadi.Uy vazifalari nazorat qilinadi va daftarlar almashtiriladi.

    Download 0.83 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 0.83 Mb.