Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Huquq tizimi
Xususiy mulk tizimi moddiy boyliklar dunyosida odamlarni o'z faoliyatlari
uchun javobgar qiladi. Shu sababli ushbu tizim odamlarning o'z faoliyatlari
oqibatlariga javobgar bo'lishini ta'minlaydi. Mulk to'siqlar bilan himoyalanadi,
biroq u o'z hatti-harakatlarimizning oqibatlarini aks ettirish uchun bizni
oynalar bilan ham qurshab oladi
(20)
.
— Tom Betell, iqtisodchi-jurnalist
ELEMENT 2.1
Huquq tizimi iqtisodiy taraqqiyotning poydevori bo'lib, u xususiy mulkni himoya qiladi
va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlaydi.


72
Huquq tizimi xususiy mulkni himoya qilish va shartnomalarning ijrosini ta'minlash
uchun poydevor yaratadi. 1-bob 4-elementda ko'rib chiqqanimizdek, savdo tovarni uni
ko'proq qadrlagan odamlar tomon yo'naltiradi va ixtisoslashish hamda keng-ko'lamli
ishlab chiqarish usullari natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish
imkoniyatini yaratadi. Savdo bilan bog'liq noaniqliklarni kamaytirish uchun huquq
tizimi bitim va shartnomalarning xolis ijrosini ta'minlashi shart. Bu ayirboshlash
hajmini hamda savdo manfaatlarini oshiradi va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotga
ko'maklashadi.
Savdo manfaatlarini qo'lga kiritish uchun aniq va majburiy xususiy mulk
huquqlari juda muhimdir. Mulk bu keng tushuncha bo'lib, u ish kuchi mehnati hamda
binolar va yer kabi jismoniy aktivlarga egalik qilishni o'z ichiga oladi. Xususiy mulkka
egalik qilish uch qismdan iborat: (1) eksklyuziv foydalanish huquqi; (2) mulk egasi
ruxsatisiz mulkdan foydalanish yoki uni suiste'mol qilishga urinmoqchi bo'lgan mulk
tajovuzkorlariga qarshi huquqiy himoya; (3) boshqalarga o'tkazish (sotish yoki hadya
qilish) huquqi.
Video:
Eusebioning orzu qilgan mulk huquqlari
Xususiy mulk egalari o'z mulklaridan qanday foydalanishni o'zlari hal qiladilar,
lekin ular ham o'z faoliyatlariga mas'uldirlar. Agar odamlar o'z mol-mulkidan
foydalanganda boshqalarning xususiy mulk huquqiga tajovuz qilsa yoki uni buzsa,
ularga nisbatan ham o'z shaxsiy mulklarini himoya qiluvchi ayni huquq normalari amal
qiladi. Masalan, xususiy mulk huquqi
(?)
 avtomobilingizning oldi oynasini bolg'am
bilan sindirishimni taqiqlaydi, chunki bunda men sizning mashinangizga bo'lgan mulk
huquqingizni buzgan bo'lardim. Avtomobilingizga bo'lgan mulk huquqingiz
ruxsatingizsiz undan men va boshqalar foydalanishini (yoki foydalanishni suiste'mol
qilishini) taqiqlaydi. Xuddi shu tarzda bolg'acham va boshqa narsalarga bo'lgan mulk
huquqim siz va boshqalarning ulardan mening ruxsatimzsiz foydalanishini taqiqlaydi.


73
Xususiy mulkning muhim xususiyati undan kelib chiqadigan rag'batlardir. Aniq
va amaliy kuchga ega xususiy mulk huquqi hamroh bo'lgan rag'batlarning iqtisodiy
o'sish va taraqqiyotni ko'maklashishiga to'rtta asosiy sabab bor.
Birinchidan, xususiy mulk odamlarga o'zlari egalik qilgan narsalarni saqlash va
himoya qilishga kuchli rag'bat yaratadi. Agar xususiy mulk egalari o'z mulklarini
asramasalar, yoki ulardan nomutanosib foydalanishga yoki ularga zarar yetishiga yo'l
qo'ysalar, unda ular mulklarining qiymati kamayishi kabi oqibatlarga o'zlari
mas'uldirlar. Masalan, agar shaxsiy avtomobilga egalik qilsangiz, uning moyini
almashtirishga, mashinani muntazam ravishda texnik ko'rikdan o'tkazib turishga va
uning salonini yaxshi saqlashga sizda kuchli rag'bat bo'ladi. Nega shunday? Agar
bularga amal qilmasangiz, mashinaning siz va bo'lajak mijozlar uchun qiymati tushib
ketadi. Agar mashina yaxshi holatda saqlansa, uning siz va sizdan sotib olmoqchi
bo'lgan boshqalar uchun qiymati yuqori bo'ladi. Bozor narxi mulk egasining g'amxo'rlik
darajasini aks ettiradi. Mulkni yaxshi asrash taqdirlanadi, yomon asrash esa mulkning
qiymati pasayishi orqali jazolanadi.
Aksincha, agar mulk boshqalarga tegishli (masalan, davlat yoki bir guruh
odamlarning umumiy mulki - sotsialistik davlatlarda bu «halq mulki» deb nomlangan)
bo'lsa, har bir foydalanuvchining mulkni asrashga bo'lgan rag'bati susayadi. Misol
uchun, agar uy-joy davlat tasarrufida bo'lsa, hech qaysi shaxsiy mulk egasi yoki kichik
guruhdan iborat mulk egalarida mulkni saqlash uchun moliyaviy rag'bat mavjud emas,
chunki mulkning qiymati pasayishi bilan bog'liq xarajatlar ularning zimmasiga
tushmaydi yoki mulkni obodonlashtirishdan ularga naf tegmaydi. Shu sababli xususiy
mulk tasarrufidagi uy-joylarga nisbatan davlatga tegishli uy-joylar tez-tez puturdan
ketadi va qoniqarsiz holda saqlanadi. Bu bozorlari narx signallarini beruvchi
kapitalistik mamlakatlarga va bunday signallar mavjud bo'lmagan sotsialistik
mamlakatlarga ham birdek tegishli. Hatto boshqa xususiy mulk bozorlari ishlab turgan
holda ham, mulklarni asrab-saqlash va ta'mirlash bo'yicha e'tiborning sustligi davlat
tasarrufidagi mulklarga bo'lgan rag'batning zaifligini aks etadi. Ushbu muammo sovet
dagridagi mashur maqolda ifoda etilgan: «Hamma egalik qilgan narsaning egasi yo'q».
Muammolar xususiy mulk egaligi yo'qligidan emas, balki mulkdan


74
foydalanuvchilarning manfaatlari bilan mulkni suiste'mol qilish xarajatlari zimmasiga
tushadigan guruh yoki shaxs manfaati o'rtasidagi ziddiyatlaridan kelib chiqadi.
Mulkdan foydalanuvchi aslida uning egasi bo'lmagan ijara bozorida ham shunga
o'xshash muammolar sodir bo'ladi. Shu sababli ijara shartnomalarida mulkdan
foydalanish bo'yicha ijozat berilgan va cheklangan shartlari ko'pincha batafsil
ko'rsatiladi. O'tish davridan oldin Sharqiy Evropada buzuq li lar, kuygan lampalar va
iflos zinapoyalar ortida hashamatli kvartiralarning joylashgani odatiy holat bo'lgan,
chunki odamlar e'tiborini ommaviy emas, balki xususiy joylarga qaratgan. Otish
davrining boshlarida uylarga egalik huquqini berish katta muammoga aylandi.
Kvartiralar xususiy mulkka aylanishi kerakligi ayon edi, ammo kimning mulkiga?
Yaqinda qurilgan kvartiralar uchun buning yechimi oson edi - istiqomat qiluvchilarga
berish (yoki sotish) kerak. Biroq kommunistlar davlat tepasiga kelganida egalaridan
tortib olingan eski binolarni nima qilish kerak? Egalik huquqini kvartirada istiqomat
qiluvchilargami yoki mulki «o'g'irlangan» odamlarga berish kerakmi? Chexlarning
bunga yechimi quyidagicha edi: mulk sobiq egalariga qaytariladi, lekin istiqomat
qiluvchilar belgilangan ijara to'lovlari orqali joyida qolaveradilar. Bunday yechim
muammolarga olib keldi, chunki egalar mulkini ta'mirlab turish uchun undan
yetarlicha daromad olmas edilar va uylarini bozor narxida sota olmasliklaridan norozi
edilar.
Sug'urta
(?)
 (uning ahamiyati keyinroq ko'rib chiqiladi) ham «suiste'molga»
rag'bat yaratadi. Bu axloqiy xavf
(?)
deb atalib, unda aktivdan qanday foydalanish
bo'yicha qaror qabul qilayotgan shaxs har qanday salbiy oqibat xarajatini boshqalar
to'lashini yaxshi tushunadi. Su'gurta kompaniyasi o'g'irlangan mashinani boshqasi
bilan almashtirib berishini bilgan haydovchilar mashinani qayerda qoldirganiga e'tibor
bermasliklari yoki qulflashni unutishlari mumkin. Tibbiy sug'urtasi bo'lmagan
chang'ichilarning eng xatarli qiyalarda uchish ehtimoli kamroq.
Ikkinchidan, xususiy mulkchilik odamlarni o'z mulklarini boshqalar
qadrlaydigan faoliyatlarda foydalanishni va rivojlantirishni rag'batlantiradi. Agar ular
mulklaridan boshqalarga hush bo'lgan usulda foydalansalar yoki rivojlantirsalar,
mulkning bozor narxi oshadi. Va aksincha, boshqalar, ayniqsa mijozlar va bo'lajak


75
xaridorlar hush ko'rmagan o'zgartirishlar mulkning qiymatini pasaytiradi.
Xususiy mulkchilik shaxsiy o'sishga ham ta'sir ko'rsatadi. Agar odamlar
mehnatlari mevasini o'zlari ko'rsa, unda ularda qobiliyatlarini mukammalshtirish,
ko'proq mehnat qilish va samarali bo'lish uchun rag'bat juda katta bo'ladi. Bunday
faoliyat ularning daromadlarini ko'paytiradi. Nega universitet talabalari soatlab dars
qilishga va oliy ta'lim bilan bog'liq xarajatlarni to'lashga tayyor? Buning javobi
mehnatga bo'lgan xususiy mulkchilikdadir. Ularda mehnatga nisbatan xususiy mulk
huquqi mavjudligi sababli agar boshqalar yuqori baholagan bilimni olsa va
qobiliyatlarini rivojlantirsa, ularning kelajakdagi daromadlari yuqoriroq bo'ladi.
Shu tarzda, xususiy mulkchilik yer, bino va boshqa jismoniy aktivlar egalarini
mulkdan boshqalarga manfaat keltiradigan usulda foydalanish, himoya qilish va
rivojlantirishni rag'batlantiradi. Shuningdek, bularga amal qilmagan mulk egalari
aktivlari qiymatining pasayishiga olib keluvchi xarajatlarga duch keladilar. Ko'p
kvartirali uy-joy kompleksi egasini faraz qiling. U shaxsan mashinalar uchun to'xtash
joyi, qulay kir yuvish xonalari, yaxshi sport zali, yoki kompleks hududida ko'rkam
maysazor va suzish uchun basseyn kabilarni ta'minlashga e'tibor bermaydi. Agar
iste'molchilar uchun ushbu ob'ektlar juda qadrli bo'lsa (ularni ishlab chiqarish
xarajatlariga nisbatan), kvartiralarning egasida ularni ta'minlash rag'bati kuchli bo'ladi.
Nega? Iste'molchilar qulayliklari ko'p kvartiralar uchun kattaroq ijara haqi to'lashga
rozi bo'ladilar. Demak, ushbu qulayliklarni ta'minlay olgan kvartira egalari o'z mijozlari
farovonligini yaxshilab, sof daromadlarini (shuningdek, ko'p kvartiralar kompleksining
bozor bahosini) ham oshiradilar. Aksincha, agar kvartiralar egasi mijozlar istagan
qulayliklar o'rniga faqat o'zlari hush ko'rgan qulayliklarni ta'minlasalar, unda ularning
daromadlari va kapitalining (kvartiralarining) qiymati kamayadi.
Qiziqarlisi shundaki, xususiy mulkchilik sotsialistik mamlakatlarda ham
unumdorlikka ta'sir qiladi. Sobiq Sovet Ittifoqidagi qishloq xo'jaligi bunga yaqqol misol
bo'ladi. Kommunist rejimi ostida oilalar yarim gektardan kam bo'lgan kichik
tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni iste'mol qilishlari yoki sotishlari mumkin
edi. Ushbu shaxsiy tomorqalar jami qishloq xo'jaligi yerlarning atigi 2 foizini tashkil
qilgan edi. Qolgan 98 foizi esa yer va mahsulotlari davlatniki hisoblangan yirik kolxoz


76
xo'jaliklaridan iborat edi. Sovet matbuoti xabar berganidek, Sovet Ittifoqidagi qishloq
xo'jalik mahsulotlari jami qiymatining to'rtdan bir qismi o'sha mayda xususiy yer
uchastkalarida yetishtirilgan. Bu esa shaxsiy tomorqalarning bir gektariga to'g'ri
keladigan hosildorligi davlat kolxozlariga nisbatan deyarli 16 baravar ko'p bo'lganligini
ko'rsatadi.
Davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilik tomon qo'yilgan kichik qadam ham
hayratda qoldiradigan natijalarga olib kelishi mumkin. 1978-yilda Xitoy kommunist
hukumati fermerlarga kollektiv xo'jaliklarida yetishtirilgan guruchning davlat don
rejasidan ortiqcha bajarilgan qismiga to'liq egalik qilish siyosatini amalda joriy qildi.
Natijada unumdorlik
(?)
keskin oshdi, chunki endi fermerlarda samarali ishlab
chiqarishga rag'bat bor edi. Kvotadan ortiqcha mahsulotning jamisini fermerlar
ixtiyorida qoldirishga ruxsat berildi. Bu haqda gapning ovoza bo'lishi va
«xususiylashtirish»ga qarshi rasmiy siyosatning davlat e'tiboridan chetda qolishi
natijasida ushbu amaliyot olovdek tez tarqalib, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish jadal o'sdi va fermerlarda iqtisodiyotning boshqa sohalariga o'tishlariga
imkoni paydo bo'ldi
(21)
.
Uchinchidan, xususiy mulkchilik mulkdorlarning o'z mulklaridan foydalanish
jarayonida boshqalarga yetkazilgan zararga qonuniy javobgar qiladi. Sudlar
mulkchilikdan kelib chiqadigan vakolatlarni tan oladi va ularning rioya qilinishini
ta'minlaydi, shuningdek, ushbu vakolatlar bilan bog'liq mas'uliyatni ham ta'minlaydi.
Xususiy mulkchilik nazoratni mas'uliyat bilan bog'laydi. Mulk egalari nazoratni amalga
oshira olishi sababli ularga mas'uliyat yuklatilgan. O'z navbatida, ushbu javobgarlik
mulkdorlarga o'z mulkidan mas'uliyat bilan foydalanish va boshqalarga zarar yetish
ehtimolini kamaytirish uchun harakat qilishga kuchli rag'bat yaratadi.
Video:
Xususiy mulk huquqi iqtisodiyoti
Quyidagi misollarni ko'rib chiqaylik. Quriyotgan daraxtning egasida uni


77
qo'shnining uyiga yiqilmasidan oldin kesib tashlashga rag'bat bor. Agar itlari
boshqalarni tishlash ehtimoli bo'lsa, bu egalarni itlarini arqon yoki tumshuqbog'da
tutishga rag'batlantiradi. Mashina egasi uni boshqarish huquqiga ega, lekin agar
mashinaning tormozi ishlamay qolib boshqa birovning mulkiga zarar yetkazsa, u bu
uchun javobgarlikka tortiladi. Xuddi shu kabi, kimyo kompaniyasi mahsulotlarini o'zi
nazorat qiladi va aynan shu sababli kimyoviy moddalardan noto'g'ri foydalanganda
qonuniy javobgar bo'ladi.
To'rtinchidan, xususiy mulkchilik resurslarni kelajak avlod uchun saqlab
qolishga hamda oqilona rivojlanishga rag'batlantiradi. Resurslardan foydalanish
daromad keltirishi mumkin va bu bugungi iste'molchilarning resursdan ishlab
chiqarishda foydalanishga bo'lgan istagini aks ettiradi. Biroq, mulkchilik huquqi sababli
kelajakdagi iste'molchilar ham o'z ovozlariga ega. Daraxt xo'jaligi yoki kichik o'rmonzor
kabi resurs egasi oldida daraxtlarini hozir yohud keyinroq kesish muammosi
ko'ndalang turadi. Kelajakda yog'och-taxta materiallarining qiymati oshadimi?
Boshqacha qilib aytganda, daraxtlarning yetilgandagi o'rtacha bahosi bugungi kesilgan
daraxtlarning o'rtacha bahosidan kattaroq bo'ladimi? Undan tashqari, ushbu qiymat
bilan bugun kesilgan daraxt bahosi o'rtasidagi farq daraxtlarni asrash va himoya qilish
bilan bog'liq bo'lgan kelajak xarajatlardan kattaroq bo'ladimi? Shunday holda, mulk
egasida resursni tejash, ya'ni joriy foydalanishni cheklab, resursning qiymati yuqori
bo'lganda uni ta'minlash istagi mavjud bo'ladi.
Agar iste'mol qilinadigan resursning kelajakdagi qiymati bugungi qiymatidan
oshsa, xususiy mulkdorlar uni saqlab qo'yishdan manfaatdor bo'ladilar. Mazkur
mulkdor foyda ko'rish vaqti kelganda mulk egasi bo'lmasa ham bu amal qiladi. Faraz
qiling, 65 yoshli o'rmonchi fermer odatda ellik yilda hosilga kiradigan duglas archa
daraxt ko'chatini ekdi. Keksa o'rmonchi fermerda daraxtni kelajakda foydalanishga
saqlab qolish istagi bormi? Xususiy mulkchilik huquqi sharoitida javob «ha» ekanligi
ravshan. Agar daraxtlarning o'sishi kelajakdagi daromadni muqobil investitsiyadan
keladigan daromaddan kam bo'lmagan miqdorda ko'paytirsa, fermer daraxtlarni
kelajak uchun saqlab qolishidan foyda ko'radi. Xususiy mulkchilik sharoitida
daraxtlarning o'sishi va kutilgan hosil kuni yaqinlashishi bilan fermer yerining bozor


78
bahosi ham oshadi. Daraxtlarni asl kesish vaqti fermerning o'limidan ancha keyinga
to'g'ri kelsada, mulk egasi daraxtlarni (yoki daraxtlari bilan birga yerni) ularning
oshayotgan qiymatini hisobga olib istagan paytida sotishi mumkin.
Asrlar davomida pessimist odamlar bizda yaqinda daraxtlar, o'ta muhim
minerallar yoki turli energiya manbalari tugab qoladi deb bong o'rib keladilar. Xususiy
mulkchilikning rolini anglab yetmaganliklari sababli, ular takror va takror nohaq bo'lib
chiqdi. Ushbu «qiyomat kuni» bashoratlarini sinchikilab o'rganish ibratlidir. XVI asr
Angliyasida o'tin sifatida keng ishlatilgan yog'och tez orada tugab qoladi degan qo'rquv
paydo bo'lgan edi. Yog'och narxlarning oshishi o'rmonlarni himoya qilishga
rag'batlantirdi va ko'mirni ishlab chiqarish va undan yaxshiroq foydalanishga
yo'naltirilgan investitsiyalarga turtki bo'ldi. Yog'och inqirozi tezda bartaraf bo'ldi.
Ma'lum bir resurs xususiy mulkchilik ostida bo'lmasa ham, xususiy mulk bo'lgan
boshqa resurslar bozori muammolarni odatda yechishi mumkin. XIX asrning o'rtalarida
Qo'shma Shtatlarida sun'iy yoritishda keng qo'llanilgan kit yog'i tugab qoladi degan
vahimali bashoratlar paydo bo'lgan edi. Kitlarning egasi yo'qligi sababli, ular ochiq
dengizda ayovsiz ov qilinar edi. Agar kit ovchisi imkoniyat bo'lganda kitni ovlay olmasa,
yaqin kelajakda boshqa birov uni ov qilishi mumkin edi. Kit yog'i narxi oshsa ham
kitlarni kelajak uchun saqlab qolishga rag'bat yoq edi, chunki xususiy mulkchilik
huquqi mavjud bo'lmagan. Kitlar soni kamayishiga qaramasdan kit ovini hech kim
cheklamadi.
Biroq, kit yog'i narxining ko'tarilishi muqobil energiya manbalarini qidirib
yaratishga kuchli turtki bo'ldi. Agar tadbirkorlar arzonroq yangi energiya manbasini
yaratsa, ular juda katta daromad topishi mumkin edi. Vaqt o'tishi bilan bu ne ning
foyda keltiruvchi manbalarining kashf qilinishiga, arzonroq kerosinni ishlab
chiqarishga va natijada kit yog'i narxining tushishiga, kit ovining kamayishiga hamda
shu bilan kit yog'i inqirozining tugashiga olib keldi.
Keyinchalik esa, odamlar ne dan foydalanishga o'tishi bilan ushbu resurs ham
tugaydi degan bashoratlar yuzaga keldi. 1914-yilda Kon sanoati byurosi AQSHning jami
ne zahirasi 6 milliard barreldan kam deb hisobot bergan. Bu esa Qo'shma Shtatlari
ne mahsulotlarining hozirgi kundagi 40 oylik ishlab chiqariladigan miqdoriga teng.


79
1926-yilda Federal ne resurslarini saqlash bo'yicha boshqarma AQSH ne zahiralari
yana yetti yilga yetadi deb hisoblab chiqqan edi. Keyinchalik, ya'ni 1970-yillarda nufuzli
Rim klubi homiyligi ostida o'tkazilgan tadqiqot ham dunyo uchun o'xshash taxminlarni
ilgari surdi.
Xususiy mulkchilikdan kelib chiqadigan rag'batlarni tahlil qilganda, resurslar
kamayib ketishi bilan bog'liq shunday «qiyomat kuni» bashoratlarining amalga
oshmaganlik sababini tushunish oson. Agar xususiy mulkchilik ostida bo'lgan
resursning tanqisligi oshsa, uning narxi ko'tariladi. Narxning oshishi iste'molchilar,
ishlab chiqaruvchilar, novatorlar va injenerlarni (1) resursdan bevosita foydalanishni
kamaytirishga (masalan, xona bo'sh bo'lganda chiroqlarni o'chirish yoki xonani issiqroq
qilgandan ko'ra sviter kiyish hamda iste'molchi va ishlab chiqaruvchilar uchun
avtomashina ba jihozlarni ta'mirlash); (2) o'rinbosarlarni
(?)
 tirishqoqlik bilan
qidirishga (masalan, iste'molchilarga avtomashinalar o'rnida avtobuslar yoki ne
o'rnida shamol, gidro yoki atom quvvati); (3) resurs topish va uning kattaroq qismini
qayta tiklashning yangi uslublarini yaratishga (masalan, gorizontal qazish yoki
parchalash) rag'batlantiradi. Hozirgi vaqtda ushbu harakatlar «qiyomat kuni»ni yana
kelajakka surdi va xususiy mulkchilik ostidagi resurslar uchun bu harakatlar yana
davom etishiga hech shubha yo'q. Ushbu farqni yanada ravshan ko'rish uchun sigir va
Amerika buyvoli o'rtasidagi farqni ko'rib chiqing. Hech qaysi ikki hayvon kattaligi va
go'shtining bahosi bo'yicha bir-biriga bunchalik yaqin emas, lekin umumiy mulk
bo'lgan buyvol deyarli yo'q bo'lib ketguncha ov qilingan bo'lsa, xususiy mulk bo'lmish
sigirlar bo'yicha taqchillik
(?)
 mavjud deb hech kim ayta olmaydi
(22)
.
Xususiy mulkchilk huquqini himoyalashga va shartnomalar ijrosining xolisligini
ta'minlashga yo'naltirilgan huquq tizimi iqtisodiy o'sishning kuchlari hisoblangan
savdo manfaatlari, kapital shakllannishi
(?)
 hamda resurslar yaratilishi uchun zamin
yaratadi. Aksincha, sust mulkchilik huquqi, kelishuvlar ijrosini ta'minlashda
ishonchsizlik, qonunchilikda favoritizm
(?)
 kabi illatlar ham investitsiyaga, ham
resurslardan unumli foydalanishga putur yetkazadi.


80
Video:
Mulk huquqining qudrati
Butun tarix davomida odamlar yirik kooperativlar, sotsializm va kommunizm
kabi mulkchilikning turli shakllarini amalda sinab ko'rdilar. Kuchli madaniy
uyg'unlikka asoslangan kichik qishloqdan kattaroq bo'lgan har qanday miqyosda ushbu
tajribalar muvaffaqiyatsizlik, ayrim hollarda esa musibat bilan yakun topgan. Bugungi
kunga kelib shaxslarga xususiy mulkdorlik tuzumiday qonun ustuvorligi
(?)
 doirasida
resurslardan unumli va samarali foydalanishga bunchalik erkinlik hamda boshqalarga
xizmat qilishga rag'bat beruvchi hech bir institutsional tuzum borligi bizga ma'lum
emas.
Video:
Ommaviy resurslar fojiasi
«Qonun ustuvorligini» qayd etish muhim. Egalik huquqi hech qachon cheksiz
bo'la olmaydi. Jamiyatlar bir kishining mulkka egaligi boshqasiga ziyon yetkazmasligini
ta'minlash uchun qonunlar («yo'lning o'ng tomonida haydash», «uyda yong'in
signalizatsiyasi bo'lish kerak») o'rtnatadi. Nobel mukofoti sovrindori iqtisodchi Ronald
Kous ba'zida bozor sharoitida ham shunday natija kelib chiqishi mumkin, lekin ko'p
kishiga daxl bo'lgan vaziyatlarda esa davlat me'yorlari yagona yechim bo'lishi
mumkinligini ta'kidlagan.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Xususiy mulk va muqobil qiymat»


81

Download 9,85 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish