Samarali kapital bozorlari




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Samarali kapital bozorlari
Barcha ishlab chiqarishning asosiy maqsadi iste'moldan iborat bo'lsada, odatda
resurslardan avvalo dastgohlar, og'ir uskunalar va binolar qurish uchun foydalanish
zarur. Bular esa, o'z navbatida, kerakli iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishda ishlatilishi
mumkin. Boshqacha aytganda, investitsiya kelajakdagi iste'mol hajmini oshiradi, lekin u
bugungi iste'molning bir qismidan voz kechishni talab qiladi. Kapital investitsiyalar
(?)
kelajakda ko'proq iste'mol tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzoq
muddatli resurslarni qurish va yaratishdan iborat bo'lib, ular iqtisodiy o'sishning muhim
potentsial manbasidir. Masalan, mahalliy pizza do'koni tandir kabi investitsiya tovarini
sotib olishi unga kelajakda ishlab chiqarish hajmini oshirishiga yordam beradi.
Ushbu investitsiya tovarlarini
(?)
 ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan
resurslar (ish kuchi, yer va tadbirkorlik kabi) iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishda
qatnashmaydi. Agar ishlab chiqarganimizning barchasini iste'mol qilsak, investitsiya
uchun resurs qolmaydi. Shuning uchun investitsiya jamg'arishni
(?)
, ya'ni joriy iste'mol
hajmini qisqartirish orqali boshqa maqsadlar uchun mablag'ni tejashni talab qiladi.
Investitsiyani moliyalashtirish uchun yoki investor, yoki unga mablag' ajratishga tayyor
ELEMENT 2.4
O'z salohiyatiga erishish uchun davlat kapitalni farovonlikni oshiruvchi loyihalarga
yo'naltiruvchi mexanizmga ega bo'lishi kerak.


98
shaxs jamg'arishi kerak bo'ladi. Jamg'arma investitsiya jarayonining ajralmas qismidir.
Lekin hamma investitsiya loyihalari har doim samarali bo'lavermaydi. Investitsiya
natijasida qo'shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymati uning tannarxidan
yuqori bo'lsagina investitsiya loyihasi mamlakat farovonligini oshiradi. Aks holda, loyiha
samarasiz hisoblanib, farovonlik darajasini kamaytiradi. Investitsiyalarning
muvaffaqiyatini oldindan aniq aytish qiyin, shuning uchun gohida eng istiqbolli
investitsiya loyihalari ham farovonlik darajasini oshirishda muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi mumkin. Iqtisodiy taraqqiyotning istiqbolliligini ta'minlash uchun mamlakat
jamg'arma mablag'larini jalb qilish va ularni farovonlikni oshirish ehtimoli yuqori
bo'lgan investitsiyalarga yo'naltirish mexanizmiga ega bo'lishi kerak.
Bozor iqtisodiyotida ushbu vazifani kapital bozori
(?)
 bajaradi. Keng ma'noda u
aksiyalar, obligatsiyalar va ko'chmas mulk bozorlarini o'z ichiga oladi. Fond birjasi
(?)
,
banklar, sug'urta kompaniyalari, pay fondlari va investitsiya kompaniyalari kabi
moliyaviy institutlar
(?)
kapital bozori faoliyatida muhim rol o'ynaydi.
Kichik biznes egalari, korporativ aksiyadorlar
(?)
 va venchur kapitalistlar
(?)
kabi
xususiy investorlar kapital bozorida o'z mablag'larini tavakkal qiladilar. Biroq,
investorlar ham gohida xatoga yo'l qo'yadi. Ba'zan ular amalga oshirgan loyihalar
muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topadi. Agar investorlar bunday tavakkal qilmaganda edi,
ko'p g'oyalar sinovdan o'tmay qolgan va ko'plab samarali, lekin qaltis loyihalar amalga
oshmagan bo'lar edi.
Internet xizmatlarining rivojlanishida tadbirkorlik, tavakkal qilish va kapital
bozorining rollarini ko'rib chiqaylik. 1990-yillarning o'rtalarida Kaliforniyadagi Stenford
universiteti aspirantlari Sergey Brin (Rossiyadan kelgan immigrant) va Larri Peyj
Internetdan ma'lumot izlashni yengillashtirish bo'yicha ilmiy loyiha ustida ishlayotgan
edilar. Ularning kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lishiga ishonish qiyin edi. Biroq,
1998-yilda Brin va Peyj Google Inc. ga, ya'ni reklama orqali daromad ko'radigan tekin
Internet xizmatlari bo'yicha biznesga asos soladilar. Ular yaratgan kuchli ma'lumot
izlovchi Internet xizmati kundalik ravishda millionlab shaxslar va korxonalarning
unumdorligini oshiradi. Ular katta boylikka erishdilar va Google yaxshi tanilgan
kompaniyaga aylandi. 2018-yilda uning 85 000 dan ortiq xodimi (uning ota kompaniyasi
Alphabetni hisobga olganda) bo'lgan. Oxirgi o'n yilda eBay va Amazon kabi boshqa


99
Internet-kompaniyalar ham foyda olib, jadal o'sdi.
Biroq, bir qator Internet xizmatlari bo'yicha boshqa yangi korxonalarning taqdiri
o'zgacha yakunlandi. Broadband Sport va eVineyard kabi ko'plab «dot-com» larning
daromadlari xarajatlarini qoplashga yetarli bo'lmaganligi sababli, bankrot bo'ldi. Bu
korxonalarning katta umidlari puchga chiqdi.
Noaniqlik dunyosida muvaffaqiyatsiz investitsiyalar yangi texnologiyalar va
mahsulotlarni yaratish uchun to'lanadigan kerakli haqdir. Biroq, bunday
muvaffaqiyatsiz loyihalar aniqlanib, ular to'xtatilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida ushbu
vazifani kapital bozori amalga oshiradi. Agar korxona zarar ko'rishda davom etsa, oxir-
oqibatda investorlar loyihani to'xtatib, mablag'larining behuda sarflanishiga chek
qo'yadi.
O'zgarishlar sur'atini va tadbirkorlik qobiliyatining xilma-xilligini hisobga olsak,
kapitalni taqsimlashda sog'lom qaror qabul qilish uchun bitta rahbarning, sanoatni
rejalashtirish qo'mitasining yoki davlat muassasasining zehn-qobiliyati yetarli emas.
Investitsiya mablag'larini farovonlikni oshirishga mo'ljallangan loyihalarga uzluksiz
yo'naltiradigan mexanizmni xususiy kapital bozorisiz yaratishning iloji yo'q.
Nega? Agar sarmoya bozor tizimi o'rnida davlat tomonidan taqsimlandanga,
butunlay boshqa omillar harakatga keladi. Loyihalarning qaysi biri tanlanishini bozor
printsipiga asoslangan daromad emas, balki siyosiy ta'sir belgilaydi. Farovonlikni
oshiradigan emas, balki uni pasaytiradigan investitsiya loyihalarining ehtimoli oshadi.
Siyosiy qarorlar ta'mirlash bilan bo'gliq faoliyatdan ko'ra yangi loyihalarni qo'llab-
quvvatlashga ham moyil. Avtomagistralning ochilish marosimi o'nqir-cho'nqir yo'lni
ta'mirlashga nisbatan ko'zga ko'proq ko'rinadi.
Sovet davridagi markazlashgan rejalashtirishga asoslangan sotsialistik
mamlakatlarning tajribasi bu nuqtai nazarni izohlaydi. Qirq yil davomida (1950–1990-
yillar) ushbu mamlakatlardagi investitsiya darajasi dunyodagi eng yuqorilardan biri
hisoblangan. Markaziy rejalashtirish organlari milliy daromadning deyarli uchdan bir
qismini kapital qo'yilmalariga yo'naltirgan. Biroq investitsiyaning bunday yuqori
darajasi ham turmush sharoitini uncha yaxshilamadi, chunki loyihalarni
moliyalashtirish iqtisodiy emas, balki siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqib belgilanar edi.
Resurslar ko'pincha iqtisodiy muvofiq bo'lmagan loyihalarga sarflangan va muhim


100
siyosiy rahbarlar katta siyosiy ahamiyatga («nufuzga ega») ega investitsiyalarni qo'llab-
quvvatlagan. Taqsimot muammosini ikki misolda ko'rsa bo'ladi. Stalin Oq dengiz
kanalini qurishga undagan, lekin uning belgilagan bema'ni vaqt jadvaliga binoan, kanal
juda sayoz va foydasiz bo'lib chiqqan. Xrushchevning Qozog'istonni Amerika va Kanada
dashtlari darajasida bug'doy yetishtirishga yetkazish kampaniyasi natijasida keng
ko'lamli sug'orish loyihalari vujudga keldi. Bu esa, o'z navbatida, Orol dengizining
qurishiga olib keldi
(31)
.
Vaqt o'tishi bilan Orol dengizi holati
Investitsiyaning noto'g'ri taqsimlanishi va faol o'zgarishlardan orqada qolish
ushbu mamlakatlarning ko'pchiligida sotsializmning qulashiga olib keldi.


101
Video:
Global qishloq
Uy-joyni moliyalashtirish uchun davlatning kreditlarni bo'yicha yaqin
o'tmishdagi AQSH tajribasi ham kapitalni siyosiy taqsimlashning amalda ishlashini
ko'rsatadi. Odatda «Fannie Mae» va «Freddie Mac» deb tanilgan Federal milliy ipoteka
krediti uyushmasi va Federal uy-joy ipoteka krediti korporatsiyasi, muvofiq ravishda,
1968 va 1970-yillarda davlat moliyalashtiradigan korporatsiya sifatida Kongress
tomonidan tashkil etilgan. Ulardan kapital bozori faoliyatini takomillashtirish va uy-joy
kreditini arzonlashtirish kutilgan. Fannie Mae va Fannie Mac xususiy kompaniyalar
bo'lishiga qaramasdan, mablag' jalb qilish uchun ular chiqargan obligatsiyalarni
investorlar kam riskli deb hisoblagan, chunki ular davlat tomonidan kafillangan bo'lgan.
Natijada, Fannie Mae va Freddie Mac xususiy korxonalarga nisbatan 0,5 foiz band
arzonroq stavkada qarz olishga muvaffaq bo'lgan. Bu ularga raqobatchilari ustidan katta
ustunlik berdi va ular ko'p yillar davomida yuqori daromadga ega bo'ldilar.
Lekin davlat sponsorligi Fannie Mae va Freddie Mac faoliyatiga jiddiy siyosiy tus
berdi. Prezident ularning boshqaruv kengashiga bir necha a'zolarni tayinladi. Fannie
Mae va Freddie Macning oliy rahbariyati yetakchi kongressmenlarga katta siyosiy
in'omlar berdilar. Bundan tashqari ular Kongress xodimlarini ko'pincha yuqori maoshli
ishlarga yolladilar, xodimlar esa, o'z navbatida, o'zlarining avvalgi davlat rahbarlarini
lobbi qildilar. Ularning lobbi faoliyati afsonaviy edi. Lobbi qilish orqali Kongressdan
maxsus imtiyozlar olish va shu imtiyozli statusini davom ettirish uchun 1998 va 2008-
yillar o'rtasida Fannie Mae 79,5 million dollar, Freddie Mac esa 94,9 million dollar
sarfladilar
(32)
.
Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka krediti
(?)
 berish bilan shug'ullanmagan, ya'ni
uy-joy sotib olishi uchun odamlarga tog'ridan-tog'ri kredit ajratmagan. Buning o'rniga
ular ipoteka kreditlarini ikkilamchi bozordan, ya'ni banklar va boshqa kreditorlar
ajratgan ipoteka kreditlari bozoridan sotib olar edi. Mablag'larni arzonroq jalb qila olishi
sababli, ular juda ko'p ipoteka kreditlarini sotib oladi va 1990-yillarning o'rtasiga kelib
davlat tomonidan moliyalashtirilgan bu ikki kompaniya jami uy-joy ipoteka


102
kreditlarining qariyb 40 foiziga egalik qiladi. Ularning ikkilamchi bozordagi
hukmronligi bundan ham katta bo'lgan. 2008-yilda to'lov qobiliyatsizligiga
(?)
uchrashidan avvalgi o'n yillik davrda Fannie Mae va Freddie Mac banklar va boshqa
ipoteka kreditorlari sotgan jami ipoteka kreditlarining 80 foizidan ko'prog'ini sotib
oladi.
Fannie Mae va Freddie Mac Kongressdan lobbi faoliyati orqali imtiyozlarga egalik
qilgan bir paytda, Kongress a'zolari ulardan siyosiy maqsadlarda ham foydalandilar,
jumladan kam va o'rta daromadli qarz oluvchilarga uy-joy sotib olishlari uchun ipoteka
kreditlari olishni osonlashtirishga erishdilar. Kongress ko'rsatmalariga javoban Uy-joy
va shahar rivojlantirish departamenti 1996-yilgacha Fannie Mae va Freddie Mac
moliyalashtirgan ipoteka kreditlarining 40 foizi kam daromadli uy xo'jaliklariga
ajratilishi to'g'risida qaror qabul qildi. Bu raqam 2000-yilga kelib 50 foizga, 2008-yilga
kelib esa 56 foizgacha oshdi. Bu qaror talablarini bajarish maqsadida Fannie Mae va
Freddie Mac boshlang'ich to'lovi
(?)
kichik bo'lgan yoki umuman to'lovi bo'lmagan
ipoteka kreditlarni ko'proq qabul qila boshladi. Ular substandart qarz oluvchilarga, ya'ni
yomon kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlarining ulushini
ham keskin oshirib yubordilar. Ikkilamchi bozordagi hukmronligi sababli, ularning qarz
berish amaliyoti ipoteka krediti beruvchilarning amaldagi qarz berish standartlariga
jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Yuqori riskli kreditlarni Fannie Mae va Freddie Macga o'tkazish
mumkinligini tushunib yetgan kredit beruvchilar qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini
tekshirishga yoki kredit mablag'larini qaytarish ehtimoliga uncha ahamiyat bermadi.
Fannie Mae va Freddie Macga ipoteka kreditini sotish orqali kredit riskini ham ularga
o'tkazishadi, axir.
6-chizmadan ko'rinib turibdiki, substandart ipoteka kreditlarining (jumladan,
to'liq hujjatlarsiz rasmiylashtirilgan kreditlar ham) jami yangi ajratilgan ipoteka
kreditlaridagi ulushi 1994-yilda 4,5 foizdan 2000-yilda 13,2 foizga, 2006-yilda esa jami
ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 33,6 foizigacha ko'tarildi. Ushbu davr mobaynida
qarz oluvchilardan kamida 20 foiz miqdorda boshlang'ich to'lov talab qilinadigan
an'anaviy kreditlarning ulushi uchdan ikki qismdan to uchdan bir qismgacha kamaydi.
Substandart kreditlar
(?)
 bo'yicha defolt va musodara qilish darajasi
(?)
birinchi tabaqali
qarz oluvchilarga ajratilgan an'anaviy kreditlar bo'yicha ayni ko'rsatkichlardan 7-10


103
marta yuqori. Kutilganidek, zaifroq kredit tarixiga ega bo'lgan qarz oluvchilarga
ajratilgan kreditlar ulushining o'sishi oxir oqibat defolt va mulkni musodara qilish
darajasining oshishiga olib keldi.
Ham Kongress, ham prezidentlar Bill Klinton va Jorj U. Bushning ma'muriyatlari
ushbu qoida-tartiblarni qattiq qo'llab-quvvatlagan hamda uy-joy mulkdorlari sonining
ko'payishini ular olib borgan siyosat natijasi deb qaraganlar. Davlat siyosati ipoteka
krediti berish standartlarini kuchsizlantirgan paytda yuqori riskli qarzlarga kredit
ajratish osonlashdi va dastlabki natijalar ijobiydek tuyuldi. 2001-2005-yillarda uy-joyga
bo'lgan talab va uy-joy narxlari tez ko'tarildi, qurilish sanoatida esa o'sish tezlashdi.
6-chizma: Substandart ipoteka kreditining jami ipoteka
kreditlaridagi ulushi (1994–2007)
40
35
30
25
20
15
10
5
0
13,2
9,2
25
32,2
33,6
18,1
4,5

Download 9,85 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish