Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

ELEMENT 2.5
Barqaror monetar siyosati inflyatsiyani nazorat qilish, investitsiyani samarali
taqsimlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun juda muhim.


107
so'z'larsiz muloqot qilish juda qiyin bo'lar edi. Pul bilan ham vaziyat shunday. Agar
pulning barqaror va bashorat qilsa bo'ladigan qadri bo'lmasa, unda qarz oluvchi va qarz
beruvchilar uchun qarz shartlarini o'zaro kelishish qiyin bo'ladi, jamg'arish va
investitsiya qilishda qo'shimcha risk paydo bo'ladi va biror muddat davomida bo'lib
keladigan tranzaksiyalarda (masalan, uy yoki mashina uchun to'lovlarni amalga
oshirishda) qo'shimcha noaniqliklar yuzaga keladi. Agar pulning qiymati barqaror
bo'lmasa, ko'plab o'zaro manfaatli potensial ayirboshlashlar amalga oshmay qoladi
hamda ixtisoslashuv, katta miqyosda ishlab chiqarish va ijtimoiy hamkorlikdan
keladigan foyda kamayadi.
Pul beqarorligining sabablari sir emas. Boshqa mahsulotlar kabi, pulning
qiymati ham talab va taklif orqali belgilanadi. Agar pul massasi o'zgarmas darajada
bo'lsa yoki sekin va barqaror darajada o'ssa, pulning xarid qobiliyati nisbatan barqaror
bo'ladi. Aksincha, agar pul massasi tovar va xizmatlar taklifiga nisbatan tezroq o'ssa,
pulning qadri pasayib, narxlar ko'tariladi. Bu inflyatsiya
(?)
deyiladi. U davlat o'z
xarajatlarini to'lash uchun pul bosib chiqarganda yoki markaziy bankdan qarz olganga
vujudga keladi.
Doimiy inflyatsiyaning yagona manbai pul massasining keskin o'sishidan iborat.
Aylanmadagi pul massasi
(?)
 mamlakat valyutasi, joriy depozit hisob raqamlaridagi
(?)
omonatlar hamda shaxslar va korxonalarning shunga o'xshash to'lov manbalarining
(34)
jami miqdoriga teng. Agar pul massasi iqtisodiyotning o'sish sur'atlaridan tezroq o'ssa,
tovar va xizmatlarning narxi ko'tariladi.


108
7-chizma: Pul massasining o'sishi va inflyatsiya, 1990-2014-
yillar
Pul massasining o'rtacha yillik
o'sish surati (%)
Inflyatsiyaning o'rtacha yillik
darajasi (%)

Download 9,85 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish