Yil
1994
2000
2002
2004
2005
2006
2007
Y
il davomida berilgan jami ipoteka
kreditlaridagi ulushi (foizda)
Manba: 1994–2000-yillar bo'yicha ma'lumotlar «Edward M. Gramlich, Financial Services Roundtable Annual
Housing Policy Meeting, Chicago, Illinois, May 21, 2004» dan olindi. 2002–2007-yillar bo'yicha ma'lumot «Joint
Center for Housing Studies of Harvard University, e State of the Nations Housing 2008», dan olindi,
https://www.jchs.harvard.edu/research-areas/reports/state-nations-housing-2008
. Alt-A kreditlar
(?)
deb
nomlanuvchi to'liq rasmiylashtirilmagan va ma'lumotlari to'liq tasdiqlanmagan kreditlar substandart kreditlar
kategoriyasiga qo'shilgan. Tadqiqotlarga ko'ra, Alt-A kreditlarning aksariyati substandart qarz oluvchilarga
berilgan.
104
Biroq, sun'iy yaratilgan uy-joy qurilishining keskin o'sishi barqaror emas edi.
2004-2005-yillarda ipoteka kreditlarining deyarli yarmi substandart kreditlardan
(jumladan, to'liq rasmiylashtirilmagan kreditlardan) yoki uy-joy mulki garovi evaziga
berilgan kreditlardan tashkil topgan. Narxlar barqarorlashib va undan son'g 2006-
yilning ikkinchi yarmidan boshlab pasayishi bilan kartalar uyi qulab ketdi. Mulkni
musodara qilish va ipoteka krediti bo'yicha muddati o'tgan qarzlar darajasi
(?)
darhol
o'sishni boshladi. Bularning barchasi 2007-yil dekabrda boshlangan iqtisodiy
resessiyadan
(?)
ancha oldin boshlandi. Albatta, uy-joy sanoatining qulashi axir
iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham tarqaldi va muammoli ipoteka kreditlari AQSH va
boshqa mamlakatlarning bank va moliya institutlarida katta moliyaviy muammolarga
sabab bo'ldi. 2008-yilning yoziga kelib Fannie Mae va Freddie Mac bankrotga uchradi.
Ularning faoliyati davlat boshqaruviga o'tkazildi va deyarli 400 milliard dollarlik
ishonchsiz qarzlar Amerikalik soliq to'lovchi zimmasiga yuklandi.
Keyingi elementda tushuntirib berilganidek, Federal rezerv sistemasining foiz
stavkalari bo'yicha siyosati ham 2008-2009-yildagi Buyuk iqtisodiy resessiyaga o'z
hissasini qo'shdi. Biroq, bir narsa ayon: kreditlarni siyosiy maqsadlarda ko'ra taqsimlash
va u bilan birga qarz berish standartlarini susaytirish natijasida katta miqdordagi
moliyaviy kapital maqsadga muvofiq bo'lmagan loyihalarga yo'naltirildi. Ko'p xaridorlar
qurbi yetmagan uylarni sotib olishga rag'batlantirildi, bu esa uy-joylar qurilishining
keskin o'sishiga va keyinroq uning barbod bo'lishiga hamda iqtisodiy resessiyaning
yuzaga kelishiga katta hissa qo'shdi.
Xususiyatlari boshqacha bo'lsada, AQSH noto'g'ri davlat siyosati tufayli 2010-
yildan oldingi yillarda uy-joy bozorida inqiroz kelib chiqqan yagona davlat emas. 2007 va
2010-yillar oralig'ida Irlandiyada uy-joylarning o'rtacha narxi qariyb 35 foizga, Dublinda
esa ikki baravar yoki undan ko'proq pasaydi. «Irlandiya uy-joy pufagi» yorilganidan
keyin tashqi ekspertlar, jumladan Kanada va Finlandiya Moliya vazirliklarining yetakchi
mutaxassislari o'tkazgan taqdqiqotlarga ko'ra, bozorning qizib ketishiga Yevropa
Markaziy Banki (YMB) o'rnatgan foiz stavkalarining juda pastligi, mulk solig'i
tushumining kutilganidan ko'proq tushishi tufayli davlat xarajatlarining o'ta ko'payishi
va, ayniqsa, huddi Qo'shma Shtatlaridagi kabi uy narxining 100 foiz ipoteka krediti bilan
ta'minlash orqali uy-joy mulkdorlari sonini ko'paytirishni rag'batlantirishga qaratilgan
105
davlat siyosati sabab bo'lgan. Bunda korruptsiyaning ham roli bo'lgan
(33)
. Aynan shu vaqt
oralig'ida Ispaniyaning shunga o'xshash qoidalari xuddi shunday natijaga olib keldi.
Agar davlat aralashuvi kuchaysa, investitsiyani taqsimlashda favoritizm,
manfaatlar to'qnashuvi, nomunosib moliyaviy munosabatlar va korruptsiyaning turli
shakllari kuzatiladi. Agar shunga o'xshash faoliyatlar boshqa mamlakatlarda sodir bo'lsa,
buni ko'pincha klanli kapitalizm
(?)
deb atashadi. Tarixdan ma'lumki, investitsiyani
taqsimlashda AQSHga nisbatan boshqa mamlakatlarda davlatning roli kattaroq bo'lgan,
lekin uy-joy uchun investitsiya mablag'larini davlat tomonidan taqsimlash bo'yicha
Amerika tajribasi klanli kapitalizm Qo'shma Shtatlarida ham uchrashini ko'rsatadi.
Qanday nomlanishidan qat'i nazar, kapitalni siyosiy maqsadlarga ko'ra taqsimlash
fuqarolar zimmasiga katta xarajat yuklaydi.
|