|
Mantiqiy IqtisodiyotBog'liq Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalariMonetar barqarorlik
Iqtisodiyot faoliyati uchun pulning ahamiyati juda katta. Eng muhimi, pul ayirboshlash
vositasidir. U barcha tovar va xizmatlar qiymatini aks etuvchi umumiy maxraj bo'lib,
pul tranzaksion xarajatlarni pasaytiradi. Pulning ushbu xususiyatini iqtisodchilar
«ayirboshlash vositasi» deb ataydilar. Biz mehnat taqsimotining
(?)
afzalliklarini
boshqa qismlarda ko'rib chiqdik. Odamlar ishlab chiqargan mahsulotlarini barter
tizimi
(?)
orqali boshqa mahsulotlarga bevosita ayirboshlaydigan dunyoni bir faraz qilib
ko'ring. Bitta sigirga nechta olma to'g'ri keladi? Agar bir odamda sigirning atigi uchdan
bir qilsmiga yarasha olmalar bo'lsa, qaytimni qanday qaytarish mumkin?
Pul odamlarga vaqt o'tishi bilan sodir bo'ladigan murakkab ayirboshlashlarni
amalga oshirishlariga imkoniyat yaratadi. Masalan, uy yoki mashina oldi-sotdisi
daromad olishdan to xarid narxini to'laguncha uzoq muddatni o'z ichiga oladi. Pul
kelajakda foydalanish uchun xarid qobiliyatni saqlash vositasi sifatida ham xizmat
qiladi. Bu iqtisodiy o'sishga va unumdorlikning oshishiga ko'maklashuvchi
investitsiyalar uchun mablag'larni jamg'arish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodchilar
pulning ushbu funksiyasini «qiymatni jamg'arish vositasi» deb ataydilar Bundan
tashqari, pul «o'lchov birligi» bo'lib, u odamlarning davrlar oralig'ida amalga oshirgan
foyda va xarajatlarini nazorat qilishga yordam beradi. Pulsiz davrlar oralig'ida sodir
bo'ladigan foyda va xarajatlarni taqqoslashning iloji deyarli mavjud emas. Aynan ana
shu taqqoslash xususiyati odamlarga qachon pulni sarflash va tejash, nima xarid qilish
va qilmaslik to'g'risida to'g'ri qarorlar qabul qilishlariga imkoniyat yaratadi.
Biroq, pulning eng muhim hissasi uning qadrining barqarorligiga bevosita
bog'liq. Shu jihatdan pulning iqtisodiyot uchun mohiyati tilning muloqot uchun
mohiyatiga o'xshash. Ham so'zlovchi, ham tinglovchi uchun aniq ma'noni anglatadigan
|
| |