Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Raqobatdosh bozorlar
Raqobat sanoat samaradorligini uzluksiz oshirish uchun qulayliklar yaratadi.
Mahsulotlarni raqobatchilarga nisbatan arzonroq narxlarda sotishlari uchun,
u ishlab chiqaruvchilarni chiqindilarni bartaraf etishga va xarajatlarni
qisqartitishga undaydi. U xarajatlari yuqori bo'lib qolayotgan korxonalardan
tozalab, ishlab chiqarishni kam chiqimlilar qo'lida jamlaydi
(23)
.
— Kler Uilkoks [Clair Wilcox], Suortmor kollejining [Swarthmore College] sobiq iqtisod fani
professori
Raqobatning borligi bozorning ochiqligiga va unga boshqa sotuvchilarning erkin kira
olishiga bog'liq. Raqobat — bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi. Raqobatchi
ELEMENT 2.2
Raqobat resurslardan oqilona foydalanishni va foydali yangiliklar kiritishni
rag'batlantiradi.


82
korxonalar mahalliy, mintaqa, mamlakat yoki jahon miqyosidagi bozorlarda faoliyat
yuritishi mumkin. Raqobat jarayoni korxonalarni samarali faoliyat ko'rsatishga va
iste'molchilarning afzalliklarini hisobga olishga majburlaydi. Raqobat samarasiz ishlab
chiqaruvchilarni barbod qiladi. Agar korxonalar iste'molchilarga sifatli tovarlarni
manzur narxlarda ta'minlay olmasa, ular zarar ko'radilar va axiri biznesdan
chetlatiladilar. Muvaffaqiyatli korxonalar raqiblariga nisbatan ilg'or bo'lishlari kerak.
Bunga turli uslublar, jumladan mahsulot sifati, bezagi, xizmat ko'rsatish darajasi, qulay
joylashuvi, reklama va narxlar orqali erishish mumkin, lekin iste'molchilar uchun
mahsulot qadrining xarajatlarga nisbati raqobatchilarnikiga nisbatan kam bo'lmasligi
va korxona buni izchil tarzda taklif qilishi shart.
McDonalds, Carrefour, Amazon, General Motors yoki boshqa har qanday
korxonani narxlarni oshirishdan, sifatsiz mahsulot sotishdan va yomon xizmat
ko'rsatishdan nima ushlab turibdi? Javobni raqobatdan topamiz. Agar McDonalds
mazali sendvichni manzur narxda tabassum bilan taklif qilmasa, odamlar Burger King,
Wendy's, Subway, Taco Bell va boshqa raqobatchilarga murojaat qiladi. Hattoki juda
yirik korxonalar ham iste'molchilarga sifatli va arzon mahsulotni ta'minlay olgan yosh
va kichik korxonalarga yutqazishi mumkin. Agar Fiat, Toyota, General Motors va Ford
kabi katta korxonalar odamlar xohlagan avtomobil turini raqobatbardosh narxlarda
taklif qilishdan bir qadam orqada qolishsa, ular iste'molchilarini Honda, Hyundai,
Volkswagen va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilariga yutqazib qo'yishlari mumkin.
Video:
Walmartning raqobat va xarajatlar nazorati
Raqobat korxonalar mahsulot sifatini yaxshilashi va mahsulot ishlab
chiqarishning arzon uslublarini topishi uchun kuchli rag'batlantiruvchi omildir.
Texnologiya va narxlar tez-tez o'zgarib turishi sababli iste'molchilar keyingi safar qaysi
mahsulotlarni xohlashini yoki qaysi ishlab chiqarish texnikasi xarajatlarni
minimallashtirishini hech kim aniq bilmaydi. Raqobat mana shularga javob topishga


83
ko'maklashadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing
(?)
 savdo markazidan keyingi
chakana savdo bo'yicha eng zo'r g'oyami? Yohud bu bir kun bug'lanib ketadigan yana
bitta xayolmi? Bozordan-bozorga farq qiluvchi va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan
raqobat bunga javob beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tadbirkorlarda yangilik kiritishi uchun erkinlik
mavjud. Ular zarur moliyaviy mablag'larni ta'minlashga qodir investorlarning
(ko'pincha, o'zlarining ham) ko'magiga muhtoj, xolos. Markaziy rejalashtirish
organlari, ko'pchilik ovozi yoki raqobatchi tadbirkorlarning tasdig'i shart emas. Shunga
qaramay, raqobat tadbirkorlarga va ularni qo'llab-quvvatlovchi investorlaga
javobgarlikni yuklaydi, chunki ularning g'oyalari iste'molchilarning «real nazorat»idan
o'tishi kerak. Agar iste'molchilar kiritilgan yangilikni uning xarajatidan balandroq
qardlasalar, yangi korxona foyda oladi va muvaffaqiyatga erishadi. Biroq yangi
mahsulotning iste'molchilar uchun bo'lgan qadri narxidan past bo'lsa, korxona zarar
ko'radi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Iste'molchilar korxona kiritgan yangilikning
va uning faoliyatining so'nggi hakamlaridir.
Yangi mahsulot ishlab chiqarilganda uning narx-sifat nisbati ma'lum bog'liqlikda
ko'zatiladi. Dastlab, yangi mahsulotlar odatda juda qimmat turadi va ular asosan yuqori
daromadli kam sonli iste'molchilar tomonidan sotib olinadi. Ushbu iste'molchilarga
birinchilardan bo'lganligi qimmatga tushadi, chunki odatda dastlabki bosqichdagi
mahsulot sifati keyingi, ya'ni ishlab chiqaruvchilar tajriba orttirgan boshqichiga
nisbatan pastroq bo'lib, lekin ishlab chiqarish hajmining kamligi tufayli narx baland
bo'ladi. Bu dastlabki xaridorlar juda muhim rol o'ynaydi: ulardan keladigan daromad
mahsulotning dastlabki xarajatini qoplaydi va tadbirkorlarning tajriba orttirishiga
imkon yaratadi. Orttirilgan tajriba kelajakda mahsulot sifatini oshirishga va mahsulot
birligiga to'g'ri keladigan xarajatni kamaytirishga yordam beradi. Bunning ustiga, bozor
rag'batlari shunday harakatlarni ko'maklaydi. Vaqt o'tishi bilan esa, tadbirkorlar
mahsulotni arzonlashtirish va uni keng iste'molchilarga yetkazib berish yo'llarini
topadilar.
Uyali telefonlar narx-sifat o'rtasidagi nisbatni tasvirlab beradi. Uyali telefonlar
1980-yillarning oxirlarida kirib kelganda ularning narxi deyarli 4 000 dollarni tashqil


84
qilgan, kattaligi g'ishtcha bo'lgan va telefon qo'ng'iroqlaridan boshqa funksiyasi
bo'lmagan. Vaqt o'tishi bilan, ularning hajmi kichraydi, ma'lumotlarga ishlov berish
qobiliyati va funksiyalari kengaydi hamda narxi pasaydi. Bugungi kunda ularning narxi
dastlabki narxning bir qismiga teng bo'lib, ular daromad qatlamlarining ko'plab
iste'molchilari uchun zaruriyat hisoblanadi.
UYALI TELEFON EVOLYUTSIYASI, 1973–2015-YILLAR
Ko'plab tovarlar, jumladan avtomobillar, televizorlar, konditsionerlar, idish
yuvish mashinalari, mikroto'lqinli pechlar va shaxsiy kompyuterlar ham xuddi
shunday jarayondan o'tgan. Bularning hammasi dastlab juda qimmat bo'lgan, ammo
tadbirkorlar ishlab chiqarishni tejamli qilish va sifatni oshirish yo'llarini topganda, ular
ommabop buymga aylandi. Tadbirkorlar hamda raqobat jarayonining rolini tahlil
qilganimizda, narx-sifat o'rtasidagi nisbatni hisobga olish muhim.
Raqobat muhitida omon qolishni istagan tadbirkorlar xotirjam bo'lmasliklari
kerak. Bugun muvaffaqiyatli bo'lgan mahsulot ertangi raqobat sinoviga bardosh
bermasligi mumkin. Raqobatdosh bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun tadbirkorlar
ilg'or g'oyalarni oldindan ko'ra bilishi, aniqlay olishi va tezda amalga kirita olishi lozim.


85
Video:
Siz Internetdan voz kechardingizmi?
Raqobat jarayoni mahsulot yoki xizmatlar xarajatini past darajada ushlab
turishga eng muvofiq korxona tuzilmasi va o'lchamini ham belgilaydi. Boshqa iqtisodiy
tizimlardan farqli o'laroq, bozor isqtisodiyoti raqobat qiluvchi korxona turlarini
majburan belgilamaydi. Barcha ko'rinishdagi tashkilot tuzilmalari faoliyatiga ijozat
beriladi. Xususiy tadbirkor, sheriklikka asoslangan tadbirkorlik, korporatsiya
(?)
,
ishchilar jamoasi tashkiloti, iste'molchilar kooperativi, jamoa yoki boshqa shakldagi
korxonalar bozorda erkin faoliyat yuritishlari mumkin. Muvaffaqiyat qozonishi uchun
u faqat yagona sinovdan, ya'ni xarajat samaradorligi sinovidan o'tishi kerak bo'ladi.
Tijorat korxonasi, u korporatsiya yoki ishchilar jamoa korxonasi bo'ladimi, agar sifatli
mahsulotlarni manzur narxlarda ishlab chiqarsa, u foyda ko'radi va muvaffaqiyatga
erishadi. Agar uning korxona shakli o'xshash sifatdagi mahsulotni boshqa shakldagi
tijorat korxonalariga qaraganda qimmatroq ishlab chiqarsa, raqobat uni bozordan siqib
chiqaradi. Madomiki, ba'zi iste'molchilar har xil sifat-narx nisbatlarini tanlasa, raqobat
bir vaqtning o'zida turli sifatdagi mahsulotlarni ham ta'minlaydi. Arzon Volkswagen
bilan bir qatorda Mercedes (yuqori narxda) ham sotilishi mumkin. Boshqa tomondan
esa, bozor qonunlariga davlatning ta'sirisiz (bozor iqtisodiyoti mamlakatlari importini
taqiqlash yoki ularga yuqori tarif o'rnatish kommunistik mamlakatlarida oddiy holat
bo'lgan) Sharqiy Germaniyning «Wartburg» va Rossiyaning «Jiguli» markali
avtomashinalari raqobatga bardosh bera olmadi.
Raqobat muhiti iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxonalar hajmini ham
aniqlaydi. Ayrim sohalarda — masalan, samolyot va avtomobil ishlab chiqarishda —
korxonalar miqyos samarasidan to'liq foydalanishi uchun juda yirik bo'lishi talab
etiladi. Bitta avtomobilni ishlab chiqarish nihoyatda qimmat, lekin barqaror xarajatlar
minglab birliklarga taqsimlanganda, har bir mashinaning ishlab chiqarish xarajati jadal
kamayishi mumkin. Iste'molchilarning odatda tovarlarni tejamkorlik bilan ishlab
chiqara oladigan va arzonroq sotadigan korxonalardan sotib olishlari tabiiy. Bunday


86
sanotalrda kichik korxonalar samarali raqobat qila olmaydi va unda faqat yirik
korxonalargina omon qoladi.
Boshqa sohalarda esa, odatda xususiy tadbirkorlar yoki sheriklikka asoslangan
kichik korxonalar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Agar iste'molchilar shaxsiy
xizmat va shaxsiylashtirilgan mahsulotlarni qadrlasa, unda odatda kichik korxonalar
ustuvor kelib, katta korxonalar esa raqobatda qiyinchiliklarga duch keladi. Buni asosan
yuridik va tibbiy xizmatlar, gurman restoranlar, go'zallik saloni va maxsus boshmaxona
xizmatlari bozorlarida uchratish mumkin. Demak, ushbu bozorlarda asosan kichik
tadbirkorlar hukmronlik qiladi.
Bu mantiqqa zid bo'lib ko'rinsada, raqobat ostidagi o'z manfaatlarini ko'zlash
iqtisodiy taraqqiyot uchun qudratli kuchdir. Mahsulotlar, texnologiyalar, tashkiliy
metodlar hamda tijorat korxonalari o'rtasidagi faol raqobat samarasiz bo'lganlarini
bozordan siqib chiqarib, a'lo mahsulotlar va ilg'or texnologiyalarning doimiy ravishda
yaratilishiga va joriy qilinishiga olib keladi. Yangi metodlar sifatni yaxshilab,
xarajatlarni kamaytirsa, ularning ommabopligi tezda oshadi va ular ko'pincha eski
metodlarining o'rnini bosadi.
Bunga tarixdan misollar ko'p. Avtomobil ot-aravaning o'rnini bosgan.
Supermarket oilaviy yuritilgan kichik mahsulot do'koni o'rnini bosgan. McDonalds kabi
tez ovqatlanish shahobchalari mahalliy oshxona o'rnini bosgan. Boshqa chakana savdo
do'konlari yopilayotgan bir paytda, «Carrefour» va «Metro Cash & Carry» tez o'sdi.
MP3 va iPodlar CD-pleerlar o'rnini bosgan, CD-pleerlar esa qachondir kassetali
magnitofonlarni siqib chiqargan. Shaxsiy kompyuterlar yozuv mashinalari,
smartfonlar esa uncha ixcham bo'lmagan kompyuter qurilmalari o'rnini bosadi. Bunga
o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Buyuk iqtisodchi Yozef Shumpeter bu
faol raqobatni «ijodkor vayronalik»
(?)
deb atab, u iqtisodiy taraqqiyotning asosini
tashkil qiladi deb ta'kildaydi.
Raqobat shaxsiy manfaatni foydali ishga yo'naltiradi va jamiyatimizning
turmush darajasini oshiradi. Adam Smit «Xalqlar boyligi» kitobida qayd qilganidek:
«Dasturxonimizning to'kin-sochin bo'lishi qassob, pivo pishiruvchi yoki


87
novvoyning xayrixohligiga bog'liq emas, balki ularning o'z manfaatlari
yo'lidagi harakatlari tufaylidir. Biz ularning insoniyligiga emas, balki
xudbinligiga murojaat qilamiz va ularga o'z zaruriyatlarimiz to'grisida emas,
balki ularning afzalliklari to'g'risida gapiramiz»
(24)
.
Xususiy mulkchilik va raqobatdosh bozorlar birgalikda hamkorlikka asoslangan
faoliyatning va resurslardan samarali foydalanishning poydevorini tashkil etadi.
Xususiy mulk huquqi aniq-ravshan belgilanganda va hayotga tatbiq etilganda, ishlab
chiqaruvchilar resurslardan foydalnishning muqobil qiymatiga duch keladilar.
Shuningdek, ochiq va raqobatdosh bozorlardagi narxlar ishlab chiqaruvchilarga
xarajatlarni kamaytirishga, iste'molchilar istagini bajo keltirishga va sifatli mahsulotlar
yaratishga va ishlab chiqarishning ilg'or metodlarini joriy qilishga qattiq
rag'batlantiradi.
Raqobat tadbirkor manfaati uchun xizmat qilmasligini ta'kidlab o'tish muhimdir.
Aslida, korxonalar raqobat qilishni sevmaydilar va odatda undan o'zlarini himoya
qilishga qaratilgan siyosat uchun lobbizm bilan shug'ullanadilar. Raqobatchilarning
bozorga chiqishini cheklash uchun ular tez-tez to'siqlar qo'yishga urinadilar. Tartibga
solish va siyosiy jarayonlar tahlilini davom ettirganimizda, korxonalarning bozor
raqobatdoshligini kamaytirishga qaratilgan hatti-harakatlar bo'yicha misollarga qayta
va qayta duch kelamiz. Haqiqatdan ham, oligarxlarning ma'lum mahsulot va xizmatlar
bozorlarida hukmronlik muammosi post-kommunist mamlakatlarida ayniqsa keng
tarqalgan.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Qishloq xo'jaligi uchun yerlarning yetishmovchiligi»


88

Download 9,85 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish