• ELEMENT 1.11
  • «Ko'rinmas qo'lning» ahamiyati




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    «Ko'rinmas qo'lning» ahamiyati
    Har bir shaxs o'zi qo'li ostidagi kapitalni qanday qilib eng samarali faoliyatga
    yo'naltirish ustida tinmay izlanadi. Haqiqatan ham, bunda shaxs jamiyatning
    emas, balki o'z manfaatini ko'zlaydi. Lekin o'z manfaatini izlash uni tabiiy yoki
    muqarrar ravishda jamiyat uchun eng foydali faoliyatni tanlashga olib keladi.
    U faqat o'z manfaatini ko'zlaydi va bunda uni ko'plab boshqa holatlardagi kabi
    ko'rinmas qo'l pirovard maqsadga yo'naltiradi, garchi bu uning niyatiga
    kirmagan bo'lsa ham
    (8)
    .
    — Adam Smit (1776)
    Video:
    Ko'rinmas qo'l va steyk
    Shaxsiy manfaat kuchli motivatordir. Adam Smit uzoq o'tmishda aytib o'tganidek, agar
    o'z manfaatini ko'zlovchi shaxslar ko'rinmas qo'l
    (?)
    tomonidan boshqarilsa, ularda
    jamiyat yoki mamlakat umumiy farovonligiga ko'maklashuvchi faoliyatni tanlashlari
    uchun kuchli rag'bat paydo bo'ladi. Adam Smit aytib o'tgan «ko'rinmas qo'l» narx
    tizimidan iboratdir. Inson «faqat o'z foydasini ko'zlaydi», lekin bozor narxlarining
    ko'rinmas qo'li uni boshqalarning maqsadlariga erishish tomon yo'naltirib,
    farovonlikning oshishiga olib keladi.
    Ko'p odamlar uchun «ko'rinmas qo'l» printsipini tushunish qiyin. Tartibli
    ELEMENT 1.11
    Bozor narxlarining «ko'rinmas qo'li» xaridorlar va sotuvchilarni umumiy farovonlikka
    eltuvchi fayloiyatga yo'llaydi.


    58
    natijalarga faqat kimningdir nazorati ostida yoki markazlashgan hokimiyat
    ko'rsatmalari orqali erishish mumkin degan tushuncha keng tarqalgan. Biroq, shaxsiy
    manfaatni ko'zlash tartibli jamiyatga olib kelib, unda talablar markazlashgan
    rejalashtirishsiz ham muntazam ravishda qoniqtirib borilishini Adam Smit ta'kidlab
    o'tgan. Bunday tartibning yuzaga kelishisga sabab, xususiy mulk va erkin ayirboshlash
    sharoitlarida bozor narxlari shaxsiy manfaatlarni ko'zlovchi inson faoliyatini
    muvofiqlashtiradi. Ma'lum tovar yoki xizmatning joriy bozor narxlari xaridorlar va
    sotuvchilarni o'z faoliyatlarini boshqalarning faoliyatlari va istaklari bilan
    muvofiqlashtirishlari uchun eng kerakli joriy ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Bozor
    narxlari millionlab iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar va resurs ta'minotchilarining
    tanlovlarini aks ettiradi. Ular iste'molchilarning istaklari, mahsulot tannarxi hamda
    vaqt, manzil va boshqa vaziyatlar bo'yicha ma'lumotlarni aks ettiradi. Har qanday katta
    bozordagi ma'lumotlar yagona shaxs yoki markazlashgan rejalashtirish tashkiloti
    tushunishi mumkin bo'lgan doiradan tashqariga chiqadi.
    Siz mahallangizdagi supermarketlarda sut, non, sabzavot va boshqa mahsulotlar
    aynan kerakli miqdorda, ya'ni sotib olish uchun deyarli doimo yetarli darajada, lekin
    hech qachon aynib qoladigan yoki isrof bo'ladigan miqdorda bo'lmasligi sabablari
    to'g'risida hech o'ylab ko'rganmisiz? Qanday qilib dunyoning turli chekkalarida ishlab
    chiqarilgan xolodilniklar, avtomobillar va sensorli ekranli planshetlar mahalliy
    do'koningizda iste'molchilar istagan miqdorda mavjud? Bularni amalga oshirish uchun
    korxonalarda biror texnik qo'llanma bormi? Albatta, bunday qo'llanmaning o'zi yo'q.
    Javob bozor narxlarining ko'rinmas qo'lida. U o'z manfaatlari yo'lida harakat qiluvchi
    odamlarni boshqalar bilan hamkorlik qilishga chaqirib, ularning harakatlarini narx
    signallari orqali bir-biri bilan muvofiqlashtiradi. Bu jarayon 1.6-elementda batafsil
    tasvirlangan.
    1974-yilning Nobel mukofoti sovrindori Fredrik Hayek bozor tizimini «mo'jiza»
    deb ta'riflagan, chunki faqat yagona ko'rsatkich, mahsulotning bozor narxi o'zida
    shunchalik ko'p ma'lumotlarni aks ettiradiki, u xaridor va sotuvchilarni o'z talablarini
    qondirishga ko'maklashuvchi qarorlar qabul qilishga yo'naltiradi
    (9)
    . Mahsulotning
    bozor narxi dunyodagi odamlarning, garchi ular bir-birlarining faoliyatidan bexabar


    59
    bo'lsalarda, minglab, hattoki millionlab qarorlarini aks ettiradi. Har bir mahsulot yoki
    xizmat uchun bozor xuddi ulkan kompyuter tarmog'idek faoliyat ko'rsatib, u barcha
    ishtirokchilarni ham kerakli ma'lumotlar bilan, ham shu asosda harakat qilish uchun
    rag'bat bilan ta'minlovchi ko'rsatkichni yaratadi.
    Hech bir shaxs yoki markazlashgan rejalashtirish tashkiloti millionlab
    iste'molchilar hamda minglab turli xil mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning
    faoliyatlarini bozorlar kabi muvofiqlashtirish uchun kerakli ma'lumotlarni ola olmaydi
    yoki uni tahlil qila olmaydi. Undan tashqari, bozor narxlari bu ma'lumotlarni sof
    shaklda o'z ichiga oladi. Ular ishlab chiqaruvchilar va resurs ta'minotchilarini
    iste'molchilar eng qadrlagan mahsulotlarni (mahsulot tannarxiga nisbatan) ishlab
    chiqarishga yo'naltiradi. Hech kim dehqonni olma yetishtirishga majburlashi yoki
    qurilish korxonasiga uy qurishni aytishi yoki mebel ishlab chiqaruvchini stul yasashga
    ko'ndirishi shart bo'lmaydi. Agar mahsulotlarning narxlari iste'molchilar shu
    mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlaridan balandroq baholashini aks ettirsa, unda
    foydani ko'zlovchi ishlab chiqaruvchilar ularni ishlab chiqaradilar.
    Shu bilan bir qatorda, hech kim ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish
    xarajatlarini kamaytirish yo'llarini izlab topishni va undan foydalanishni eslatishi shart
    bo'lmaydi. Bozor narxlarining ko'rinmas qo'li orqali boshqarilgan shaxsiy manfaatlar
    ishlab chiqaruvchilarni resurslarning eng oqilona birikmasini va iqtisodiy samarali
    (?)
    ishlab chiqarish usullarini topishga rag'batlantiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining
    kamayishi ko'proq daromad olinishini ta'minlashi tufayli har bir ishlab chiqaruvchu
    xarajatlarni kamaytirishga va mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladi. Aslini
    olganda, raqobat ularni shunday yo'l tutishga majburlaydi.
    Zamonaviy iqtisodiyotda bozor narxlarining ko'rinmas qo'li orqali shaxsiy
    manfaatlarning boshqarilishi va undan kelib chiqadigan hamkorlik haqiqatan ham
    hayratlanarlidir. Keyingi gal kechki ovqatga o'tirganingizda, uni yaratishda ishtirok
    etgan barcha odamlar to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a. Na dehqon, na yuk mashinasi
    haydovchisi, na do'kon egasi siz mazali taomni eng arzon narxda olib, iste'mol
    qilishingiz to'g'risida g'amxo'rlik qilgani amri mahol. Biroq, bozor narxlari ularning
    maqsadini sizniki bilan uyg'unlashtirdi. Eng yaxshi mol yoki ko'rka go'shtini ishlab


    60
    chiqargan fermerlar yuqoriroq daromad oladilar, yuk mashinasi haydovchilari va
    do'kondorlar mahsulotlarni muddatidan o'tkazmasdan yaxshi holatda iste'molchiga
    yetkazib berganlarida ko'proq daromad oladilar va hokazo. Bu jarayonda ularning
    barchasi xarajatlarni kamaytirish usullaridan foydalanadilar. Mubolag'asiz, biz
    ko'pchiligini hayotda uchratishimiz ehtimoli bo'lmagan o'n minglab odamlar o'zimiz
    mustaqil ishlab chiqarishimiz mumkin bo'lgan miqdorga nisbatan ancha ko'p miqdorda
    mahsulot iste'mol qilishimizga o'z hissalarini qo'shadilar. Bundan tashqari, ko'rinmas
    qo'l shunchalik sezilarsiz va avtomatik ravishda ishlaydiki, biz tartib, hamkorlik hamda
    keng turdagi tovar va xizmatlarning mavjudligini odatdagidek qabul qilamiz. Garchi
    yetarlicha e'tibor berilmasada, shaxsiy manfaat va ko'rinmas qo'l birgalikda iqtisodiy
    taraqqiyotning qudratli kuchi hisoblanadi.
    Video:
    Ko'rinmas qo'l


    61

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish