Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

ELEMENT 1.8
Odamlar boshqalar uchun qadrli mahsulotlarni ta'minlash orqali daromad topadilar.


46
bo'ladi. Yuqori daromad boshqalar uchun qadrli tovar va xizmatlarni yetkazib
berishdan keladi. Badavlat bo'lishni istagan odamlar boshqalar nimani xohlashiga
qattiq e'tibor berishga harakat qiladilar. Hattoki dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishni
istagan odamlarga ham bu maqsadga erishish uchun ta'lim va malakani oshirish
to'g'risida ma'lumot kerak bo'ladi. Bu ma'lumotlar asosan turli kasblarning daromad
topish imkoniyatlarida o'z aksini topadi.
Ba'zilar yuqori daromadli odamlar boshqalarni ekspluatatsiya qiladi deb
o'ylaydilar. Biroq, yaxshi amal qiladigan bozor sharoitida yuqori daromad oluvchi
shaxslar bunga boshqalar uchun qadrli va sotib olishga tayyor bo'lgan narsalarni
yetkazib berish orqali erishadilar. Google xizmatlari «Yahoo!» yoki «Ask Jeeves»
xizmatlariga nisbatan foydalanuvchilar ehtiyojini yaxshiroq qoniqtirganligi sababli,
Larri Peyj va Sergey Brinlar milliarderga aylanganlar. Mashhur ashulachilar bunga
yana bir misol. Beyonse va Teylor Svi juda katta daromad topadilar, chunki millionlab
odamlarga ularning musiqasi yoqadi. Jamiyatning vazifasi yaxshi o'yinchilarning katta
yutuqlarga erishishiga to'sqinlik qilish emas, balki o'yin «qoidalari» odilona ekanligini
ta'minlashdan iborat. Chaqqon tadbirkorlar vaqti kelib eskiradigan, lekin o'rnini
almashtirish qiyin bo'lgan texnologiyalarga investitsiya qilganda muammolar kelib
chiqadi. Bunday holat katta siyosiy munozalarni keltirib chiqarib, ko'pincha oqilona
iqtisodiy tahlilni emas, balki siyosiy qarashlarni aks ettiradi.
Juda muvaffaqiyatli tadbirkorlar bunga millionlab iste'molchilarni jalb qiluvchi
mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali erishganlar. Walmart do'konlari asoschisi
marhum Sem Uolton Qo'shma Shtatlarining eng badavlat odamlaridan biriga aylandi,
chunki u katta zaxiralardan samarali foydalanish va taniqli brend mollarini kichik
Amerika shaharlarida chegirma narxlarda sotish yo'lini izlab topdi. Microso
asoschilari Bil Geyts va Pol Allen shaxsiy kompyuterlar samaradorligini va texnik
uyg'unligini keskin oshiruvchi bir qator mahsulotlarni yaratib, milliarderga aylandilar.
Uolton, Geyts yoki Allenning nomini hech qachon eshitmagan millionlab
iste'molchilarga ularning iste'dodlari va mahsulotlari foyda keltirdi. Ular juda ko'p
odamlarga ko'maklashganliklari tufayli ko'p pul ishlab topdilar.


47
O'qish uchun:
Leonard Rid. «Men — qalam va mening shajaram»
Video:
Ayirboshlash orqali boylik yaratish
Bunday «xayrli kapitalistlar» misolini o'tish davri iqtisodiyotlari bo'ylab ham
topish mumkin. Chexiyalik Pavel Baudish, ehtimol, Bil Geyts kabi mashhur emasdir,
lekin u kiberxavfsizlik sohasida katta ahamiyatga ega bo'lgan «Avast» dasturini yaratdi
va milliardlab dollar boylikka erishdi. Polyak mexanik Zbigniev Sosnovski davlatning
muvaffaqiaytsiz korxonasini yiliga 1 milliondan ortiq velosiped ishlab chiqaruvchi
Evropadagi yirik «Kross» kompaniyasiga aylantirdi. «Gapiradigan mushuk Tom» deb
Googledan qidirib korsangiz, siz bolalar uchun yaratilgan juda mashhur seriallar
to'plamini topasiz. U Sloveniyalik Izo va Samo Loginlar tomonidan yaratilib, Xitoylik
xaridorga bir milliard dollardan ko'proq pulga sotilgan.


48

Download 9,85 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish