Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

D2
S
E1
E2
Miqdor (muzqaymoq, ming litrda)
D1
P1
P2
Q1
Q2
N
a
rx
 (
b
ir
li
k
 m
iq
d
o
ri
 u
c
h
u
n
 G
ru
zi
y
a
 l
a
ri
s
i)
5
7,5 10 12,5 15 17,5 20 22,5 25 27,5 30 32,5
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Video:
Narxni bo'rttirish yomonmi?
Keling, endi bozorning taklif tomonini ko'rib chiqaylik. Tovar birligi tannarxiga
ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishi butun taklif egri chizig'ini siljitadi. Tovar birligi
tannarxining pasayishiga olib keluvchi o'zgarishlar (masalan, texnologiyaning
rivojlanishi yoki tovar ishlab chiqarishda foydalanilgan resurslar narxlarining
pasayishi) taklifni oshirib, butun taklif egri chizig'ini o'ngga siljitadi. Aksincha, tovar


38
ishlab chiqarishning qimmatlashuviga olib keluvchi o'zgarishlar, masalan, tovarning
tarkibiy qismlari narxining oshishi yoki ishlab chiqaruvchilarga soliqni oshirish,
taklifni kamaytiradi va taklif egri chizig'ini chapga siljitadi.
Muzqaymoq ishlab chiqarishda zarur ingredientlar bo'lmish sut va qaymoq
narxlari pasaydi deb faraz qilaylik. Ushbu resurslar naxlarining pasayishi muzqaymoq
taklifiga va uning bozor narxiga qanday ta'sir ko'rsatadi? Agar taklif oshadi va bozor
narxi tushadi deb javob bersangiz, unda javobingiz to'g'ri. 4-chizma ushbu nuqtai
nazarni talab va taklif yordamida tasvirlab beradi. Qaymoq va sut baholarining
pasayishi muzqaymoq birligini ishlab chiqarish tannarxini kamaytiradi va taklif egri
chizig'ini o'ngga (S1 dan S2 ga) siljitadi. Natijada, muzqaymoqning muvozanat narxi 5
laridan 3 larigacha tushadi. Ushbu yangi va pastroq narxda talab miqdori oshib, kuniga
20 ming litrga teng taklif miqdoriga yana bir bor tenglashadi. Eslatma: Taklifning
oshishi (butun taklif egri chizig'ining o'ngga siljishi) muzqaymoq narxini pasaytirdi va
talab egri chizig'i bo'ylab harakatlanib, talab miqdorini oshirdi. Agar muzqaymoq ishlab
chiqarish xarajatlarini oshiradigan o'zgarishlar sodir bo'lsa (masalan, ingredientlar
narxlarining oshishi), bu teskari natijaga olib keladi: taklif kamayadi (egri chiziq
chapga siljiydi), muzqaymoq narxi oshadi va ayirboshlash miqdori kamayadi.


39
4-chizma: Taklifning o'sishi narxni pasaytiradi

Download 9,85 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish