Taklif (S)
Muvozanat (E)
Talab (D)
5
7,5 10 12,5 15 17,5 20 22,5 25 27,5
Miqdor (muzqaymoq, ming litrda)
Q*
0
2,5
5
7,5
10
N
a
rx
(
b
ir
li
k
m
iq
d
o
ri
u
c
h
u
n
G
ru
z
iy
a
l
a
ri
s
i)
P*
34
Endi juda muhim bo'lgan quyidagi holatga e'tibor bering: bizning misolimizda
bir litr muzqaymoqning narxi 5 lari (Gruziya milliy valyutasi) tomon harakat qiladi, bu
esa talab miqdorini taklif miqdoriga tenglashtiradi. Muvozanat
(?)
narxi bo'lgan 5 larida
Gruziyalik iste'molchilar kuniga 15 ming litr muzqaymoq xarid qilishni istaydilar, bu
esa muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar yetkazib berishni istagan miqdorga teng. Narx
iste'molchilarning va ishlab chiqaruvchilarning tanlovlarini muvofiqlashtirib, ularni
muvozanatga olib keladi.
Masalan, agar narx 5 laridan 7,5 lariga ko'tarilsa, ishlab chiqaruvchilar
iste'molchilar sotib olishni istagan miqdordan ko'proq muzqaymoq ishlab chiqarishni
istaydilar. Narx 7,5 lari bo'lganda, ishlab chiqaruvchilar yetkazib berishni istagan
miqdorning hammasini sota olmaydilar. Mahsulot zaxiralari oshib, bu ehtiyojdan ortiq
taklif tufayli ba'zi ishlab chiqaruvchilar ortiqcha zaxiralarni kamaytirish maqsadida
narxni pasaytiradilar. Narx muvozanat narxi 5 lariga tenglashguncha pasayishga moyil
bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, agar narx muvozanat narxidan yuqori bo'lsa, bozor kuchlari
uni muvozanat darajasi tomon suradi.
Shunga o'xshash, agar muzqaymoqning narxi, masalan, 5 laridan 2,5 lariga
tushsa, iste'molchilar ishlab chiqaruvchilar yetkazib berishni istagan miqdordan
ko'proq muzqaymoq sotib olishni istaydilar. Bu holat ortiqcha talab paydo bo'lishiga olib
keladi va u narx to muvozanat narxi 5 lariga yetguncha narx o'sishini rag'batlantiradi.
Xaridorlar va sotuvchilarning tanlovlari faqat muvozanat narxi darajasida bir-biri bilan
tenglashadi, bozor narxi esa shu darajaga qarab intiladi.
Video:
Talab va taklifning qisqacha ta'rifi
eBay auktsion tizimi ko'pchilikka tanish muhit sharoitlarida talab va taklif
qanday ishlashini tasvirlaydi. eBayda sotuvchilar o'zlarining rezerv narxlarini, y'ani
ular tovarning sotishga rozi bo'lgan minimal narxini kiritadilar; xaridorlar esa ular
to'lashga rozi maksimal taklif narxini kiritadilar. Auktsion boshqaruv tizimi xaridorlar
35
nomidan taklif miqdorini oldindan belgilangan shkala bo'yicha oshirib boradi. Kim
oshdi savdosi to savdo muddati tugaguncha yoki xaridorlardan biri «Hozir sotib olish
uchun» deb ko'rsatilgan narxni to'lashga rozi bo'lganga qadar davom etadi. Xaridorning
taklif qilgan narxi sotuvchi so'ragan minimal narxdan oshsagina, ayirboshlash amalga
oshadi. Agar ushbu ayirboshlash amalga oshsa, bundan xaridor ham, sotuvchi ham
manfaat ko'radi.
Talab va taklif kuchlari boshqa bozorlarda
(?)
ham, garchi eBay elektron bozori
kabi ochiq-oydin bo'lmasada, unga o'xshash ko'rinishda ishlaydi. Talab egri chizig'ining
balandligi iste'molchi tovarning keyingi birligi uchun to'lashga tayyor maksimal narxni
ko'rsatadi, taklif egri chizig'ining balandligi esa ishlab chiqaruvchi keyingi birlikni
sotish uchun so'ragan minimal narxni ko'rsatadi. Agar narx iste'molchi to'lashga tayyor
maksimal narx bilan sotuvchi taklif qilgan minimal narx oralig'ida bo'lsa, savdodan
ikkalasi ham manfaatdor bo'ladi. Bundan tashqari, agar narx muvozanati vujudga kelsa,
savdoning barcha potensial manfaatlari to'liq oz'lashtiriladi.
Demak, iste'molchilar ular uchun qiymati amaldagi narxdan yuqori bo'lgan
mahsulot birliklarinigina xarid qiladilar. Xuddi shunday, ishlab chiqaruvchilar
mahsulot narxi ishlab chiqarish xarajatidan yuqori bo'lgan mahsulot birliklarinigina
yetkazib beradilar. Muvozanat narx vujudga kelganda tovarning iste'molchilar uchun
qiymati uni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar xarajatidan katta bo'lsa, tovarni
ishlab chiqarish va xarid qilish jarayoni davom etadi. Xulosa: bozor narxlari nafaqat
talab va taklif miqdorlarini muvozanatga olib keladi, balki ishlab chiqaruvchilarni
iste'molchilar uchun qiymati ishlab chiqarish xarajatidan katta bo'lgan tovarlarni
yetkazib berishga yo'llaydi. Bu haqiqat barcha bozorlarga tegishli.
Albatta, biz o'zgaruvchan dunyoda yashaymiz. Vaqt o'tishi bilan tovar va
xizmatlarga bo'lgan talab va taklifga ta'sir etuvchi o'zgarishlar yuz beradi. Iste'molchi
daromadi, aloqador tovarlar narxlari, kelajakda narx o'sishi bo'yicha taxminlar,
bozordagi iste'molchilar soni kabi omillar tovarga bo'lgan bozor talabiga ta'sir
ko'rsatadi. Ushbu omillardan birining o'zgarishi xaridorlar turli narxlarda sotib olishni
istagan tovar miqdorini o'zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu omillardagi
o'zgarishlar talabni o'zgartiradi va talab egri chizig'ini ko'chiradi. Talabning o'zgarishi
36
bilan talab miqdorining o'zgarishi tushunchalari o'rtasidagi farqni ajratib olish
muhimdir. Talabning o'zgarishi butun talab egri chizig'ining (tepaga yoki pastga)
siljishini anglatadi, talab miqdorining o'zgarishi esa narx o'zgarishi bilan talab egri
chizig'i bo'ylab harakatni bildiradi. (Talabalar uchun muhim eslatma: talabning
o'zgarishi va talab miqdorining o'zgarishi o'rtasidagi farqni ajrata olmaslik
iqtisodiyotda eng ko'p kuzatiladigan xatolardan biridir. Bundan tashqari, bu mavzudagi
savollar ko'p iqtisodiyot bo'yicha o'qituvchilarning sevimli mashg'ulotlaridandir. Dono
talabalar buni e'tibordan chetda qoldirmaydilar).
O'qish uchun:
Duayt Li. «Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish»
Video:
Qalam va narx tizimi
3-chizma talab oshishining tovarning bozor narxiga ta'sirini tasvirlaydi.
Iste'molchining daromadi oshdi yoki muzqaymoqqa yaqin o'rinbosar bo'lgan
muzlatilgan yogurtning narxi ko'tarildi deb faraz qiling. Bu o'zgarishlar muzqaymoqqa
bo'lgan talabni barcha narxlarda oshirib, talab egri chizig'ini o'ng tomonga, D1 dan D2
ga siljitadi. O'z navbatida, talabning oshishi muzqaymoqning muvozanat narxini 5
laridan 7 lariga ko'taradi. Yangi va yuqoriroq muvozanat narxida iste'molchilarning
talab miqdori ishlab chiqaruvchilarning taklif miqdori bilan yana bir bor muvozanatga
keladi. Talabning oshishi (butun talab egri chizig'ining siljishi) taklif miqdorini (taklif
egri chizig'i bo'ylab harakatlanishi) 15 mingdan 20 mingga oshirishiga e'tibor bering.
Iste'molchi daromadining pasayishi yoki muzlatilgan yogurtning arzonlashishi
teskari natijaga olib keladi. Bu o'zgarishlar muzqaymoqqa bo'lgan talabni pasaytiradi
(talab egri chizig'ini chapga siljitadi), narxni tushiradi va ayirboshlashning muvozanat
miqdorini kamaytiradi.
37
3-chizma: Talabning o'sishi narxni oshiradi
|