30
do'konlarini, ko'chmas mulk bo'yicha agentlarni, birja brokerlarini
(?)
, avtomobil
dilerlarini va turli xil savdogarlarni
(?)
o'z ichiga oladi. Ko'pchilik vositachilarning
vazifasi faqat tovar va xizmatlarning narxini oshirishdan iborat bo'lib, ularning
faoliyati hech qanday foyda olib kelmaydi deb hisoblaydi. Agar bu rost bo'lganda edi,
odamlar ularning xizmatidan foydalanmagan bo'lar edi. Tranzaksion xarajatlar savdoga
to'sqinlik qiladi, vositachilar esa ushbu xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham aholi ularning xizmatidan foydalanadi.
Video:
Blokcheyn va ishonch
Masalan, oziq-ovqat do'koni egasi vositachi hisoblanadi. (Albatta, zamonaviy
ulkan supermarketlar ko'plab ishtirokchilarning faoliyatlari natijasidir, lekin ularning
faoliyati birga olib qaralsa, u ham vositachilik xizmatiga kiradi). Agar xaridor
sabzavotni dehqondan, mevani bog'bondan, sut yoki pishloqni sut mahsulotlari ishlab
chiqaruvchidan, go'sht yoki baliqni chorvador yoki baliqchidan bevosita sotib olishiga
to'g'ri kelsa, unda bitta taomni tayyorlash uchun zarur vaqt va hatti-harakatlar
to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a. Ishlab chiqaruvchilar bilan ushbu aloqalarni
iste'molchilar o'rniga oziq-ovqat do'koni egalari o'rnatib, ular mahsulotlarni
xaridorlarga qulay joylarda sotadilar va zaxiralarning yetarliligini ta'minlaydilar.
Samarali amal qilayotgan bozor sharoitida oziq-ovqat do'konlari va boshqa vositachilar
ko'rsatgan xizmatlar tranzaksion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirib, potensial
xaridorlar va sotuvchilarga savdo manfaatlarini o'zlashtirishlarini yengillashtiradi.
Bunday xizmatlar savdo hajmini oshiradi va iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo'shadi.
Keyinchalik biz davlat yoki texnologiya ma'lum shaxs yoki korxonaga
monopoliya imtiyozini berishi natijasida vujudga keladigan nomukammal bozorlarni
ko'rib chiqamiz. Yagona, yoki monopoliyaga
(?)
ega ta'minotchining xavfliligi bir
mamlakat boshqa mamlakatning tabiiy gaz yoki ne
kabi hayotiy muhim tabiiy
resurslarning yagona manbayi bo'lgan misolda yaqqol namoyon bo'ladi.