Daromad foydalilikdan yuzaga keladi




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Daromad foydalilikdan yuzaga keladi
Odamlar ishlab chiqarish unumdorligi, didi, mahsus malakasi, dunyoqarashi, tavakkal
qilishga moyilligi va hokazolar bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ushbu farqlar
odamlarning daromadiga ta'sir etadi, chinki ular boshqalar uchun ishlab chiqaradigan
tovar va xizmatlarining qiymati shu farqlanishlarga bog'liq.
Bozor iqtisodiyotida sharoitida odamlar ta'minlaydigan mahsulotlarning
boshqalar uchun qiymati uning tannarxidan baland bo'lsa, ular ko'pincha yuqori
daromadga erishadilar. Agar ushbu shaxslar qardli tovar yoki xizmatlarni yetkazib
bermaganlarida edi, korxonalar (va bilvosita iste'molchilar) ularga bunchalik yaxshi
haq to'lamas edilar. Buning mohiyati quyidagicha: agar yaxshi daromad topishni
istasangiz, boshqalarga katta naf keltiradigan narsani qanday yaratishni aniqlang.
Ikkinchi tomondan, agar boshqalarga qadrli yordam ko'rsata olmasangiz yoki
ko'rsatishni istamasangiz, unda daromadingiz kamroq bo'ladi.
O'zgalarga yordam berish va daromad topish ortasidagi bevosita bog'liqlik har
birimizni boshqalarni qadrli tovar va xizmatlar bilan ta'minlash uchun bilim olishga,
iste'dotni rivojlantirishga va odatlarni shakllantirishga rag'batlantiradi. Universitet
talabalari shifokor, o'qituvchi, buxgalter va muhandis bo'lishlari uchun ko'p oqiydilar,
stressga bardosh beradilar va oq'ish to'lovlarini to'laydilar. Boshqalar esa elektrchi,
texnik xizmat ishchisi yoki veb-sayt dizayneri bo'lish uchun tayyorlov va sertifikatlash
kurslarida o'qiydilar hamda tajriba orttiradilar. Yana kimlardir investitsiya qilib,
tadbirkorlik bilan shug'ullanadilar. Nima sababdan odamlar shunday qiladilar?
Ba'zi hollarda odamlar dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishni nihoyatda
istaydilar. Biroq, eng muhimi shundaki, dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishga
ishtiyoqi yo'q, lekin faqat daromad topishni istaydigan shaxsda ham o'z malakasini
oshirishga va boshqalar uchun qadrli faoliyat bilan shug'ullanishga kuchli rag'bat

Download 9,85 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish