Iqtisodiy erkinlik (kvartillar bo'yicha)
BMTning xalqaro baxt indeksi
Iqtisodiy erkinlik yuqori mamlakatlarda aholi odatda hayotlaridan mamnunroq.
Izoh: «Reyting hayot tahlili bo'yicha asosiy savolga berilgan javoblarga asoslangan… Bu «Kantril zinapoyasi»
deb ataladi: unga ko'ra, respondentlardan zinani tasavvur qilishi so'ralib, eng yaxshi hayot 10-pog'onaga, eng
yomon hayot esa 0-pog'onaga to'g'ri keladi. Keyin ulardan hozirgi hayotlarini 0 dan 10 gacha bo'lgan ball bilan
baholash so'raladi». Ma'lumotlar 2015-yil uchun.
Manba: O'rtacha iqtisodiy erkinlik darajasi reytingi, 1995-2016-yillar; Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 2016-yil,
Xalqaro baxt indeksi, 2016-yil yangilangan hisoboti.
Yaqinda Freyzer Instituti hamkorlari bilan birgalikda iqtisodiy erkinlik
indeksiga «shaxsiy erkinlik» bo'yicha yangi ko'rsatkichni qo'shdi. Bu ko'rsatkich qonun
ustuvorligini, xavfsizlikni, harakat erkinligini, diniy erkinlikni, yig'ilishlar erkinligini,
so'z erkinligini va shaxsiy erkinlikni aks ettiradi. 18-chizmada ko'rsatilganidek, shaxsiy
erkinlik va iqtisodiy erkinlik o'rtasida yaqin bog'liqlik mavjud. Erkin jamiyatlar nafaqat
boyroq, ularda odatda inson huquqlari ko'proq hurmat qilinadi.
147
18-chizma: Shaxsiy va iqtisodiy erkinlik o'rtasidagi o'zaro
bog'liqlik, 2016-yil
IQ
T
IS
O
D
IY
E
R
K
IN
L
IK
SHAXSIY ERKINLIK
10
10
8
8
6
6
4
4
2
2
Yaman Respublikasi
Liviya
Venesuela
Markaziy Afrika Resp.
Argentina
Xorvatiya
Suriya
Sudan
Rossiya
Gonkong
Yangi Zelandiya
Bruney
BAA
Singapur
Mavrikiy
AQSH
Manba: Ian Vasquez va Tanja Porcnik, e Human Freedom Index 2018: A Global Measurement of Personal, Civil, and
Economic Freedom. Nashr etuvchilar: Kato Instituti, Frayzer Instituti va Freydrix Nauman Erkinlik fondi.
Iqtisodiy nazariya va empirik dalillar ushbu bo'limda keltirilgan siyosatlarni
qabul qilgan va amalga oshirgan mamlakatlar tezroq o'sishini, yuqoriroq daromad
darajasiga erishishini va qashshoqlikni bartaraf etishda ko'proq muvaffaqiyatga
erishishini ko'rsatadi. Iqtisodiy taraqqiyotning kaliti samarali institutlarni yaratishdan
hamda iqtisodiy va shaxsiy erkinliklarga ko'maklashuvchi siyosatlarni yuritishdan
iborat. Bu omillarning ahamiyatini butun dunyodagi fuqarolar va siyosiy rahbarlar
148
qanchalik tez tushunib yetsa va mamlakatlarida iqtisodiy erkinlikni kengaytirishga
harakat qilsa, dunyo yanada farovonroq bo'ladi.
Video:
Slovakiyadagi iqtisodiy erkinlik
|