Aholi soni teng bo'lgan tuman saylovchilarining sof foydasi (+) yoki xarajatlari (-)




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Aholi soni teng bo'lgan tuman saylovchilarining sof foydasi (+) yoki xarajatlari (-)
Tumanlarning ovozi
Sport stadioni
Yopiq tropik o'rmon
loyihasi
Etanol uchun
subsidiya
Jami
A
100 €
-30 €
-30 €
-40 €
B
-30 €
100 €
-30 €
-40 €
C
-30 €
-30 €
100 €
-40 €
D
-30 €
-30 €
-30 €
-90 €
E
-30 €
-30 €
-30 €
-90 €
Jami
-20 €
-20 €
-20 €
-60 €
Bozor ayirboshashuvi o'zaro foydali faoliyatdir: savdo hamkorlarining har
ikkalasi ham manfaatdor bo'ladi, aks holda ayirboshlash amalga oshmaydi. «Siyosiy
ayirboshlash» esa, aksincha, tomonlardan biriga foydali, lekin ikkinchisiga zararli
bo'lishi mumkin. Bunda yutgan loyihaga ovoz bergan ko'pchilik manfaat ko'radi, lekin
yutqazgan loyihaga ovoz bergan kamchilik ko'proq yutqazadi. Bunday hollarda, yutgan
tomonning oladigan foydasi yutqazgan tomonning zarar miqdoridan katta bo'lishiga
hech qanday ishonch yo'q.
Cheklanmagan siyosiy jarayonning yaxshi uyushgan guruhlar foydasiga
ishlashiga moyilligi iqtisodiy pirog hajmining qisqarishiga olib keluvchi ko'p
dasturlarning mavjudligini tushunishga yordam beradi. Misol tariqasida deyarli 20 000
sonli Amerikalik shakar yetishtiruvchilarni ko'rib chiqaylik. Ko'p yillar davomida
Amerikalik iste'molchilar shakar uchun dunyo narxlaridan 50-100% yuqori narx to'lab
kelganlar. Sababi federal hukumatning narxni qo'llab-quvvatlovchi dasturi va shakar


176
importini cheklovchi kuchli kvotaning amal qilishidir. Bu dasturlar natijasida shakar
yetishtiruvchilar jami 1,7 milliard dollar yoki har bir yetishtiruvchi taxminan 85 000
dollardan foyda oladilar. Bu foydaning katta qismi daromadi mamlakat o'rtacha
daromadidan ancha katta bo'lgan yirik yetishtiruvchilar tomonidan o'zlashtiriladi.
Ikkinchi tomondan, shakar iste'molchilari 2,9 milliard dollardan to 3,5 milliard
dollargacha yoki har bir uy xo'jaligi taxminan 25 dollardan yuqori narx to'laydilar
(56)
.
Buning natijasida Amerikaliklar ishlab chiqarishda ustunlikka ega bo'lmagan va savdo
orqali ancha arzon narxlarda olish mumkin bo'lgan tovarni ishlab chiqarish orqali
resurslarning isrof qilinganidan yutqazadi.
Shunday bo'lsada, Kongress shakar dasturini qo'llab-quvvatlshni davom etmoqda
va buning sababini ko'rish qiyin emas. Bu dasturlarning shaxsiy boylikka ta'sirining
kattaligini hisobga olsak, shakar yetishtiruvchilarning, ayniqsa kattalarining, o'z
boyliklari va siyosiy ta'sirini ularning manfaatini ko'zlovchi siyosatchilarni
ko'maklashga ishlatish sababini tushunsa bo'ladi. Ular aynan shunday yo'l tutadilar.
O'tgan to'rt-yillik saylov davrida shakar lobbichilari nomzodlarni va siyosiy harakat
qo'mitalarini qo'llab-quvvatlash uchun 16 million dollar ajratdi. «American Crystal
Sugar» kompaniyasining bir o'zi o'tgan saylov davrida Kongressning 221 ta a'zosiga 1,3
million dollar va Kongressni lobbi qilish faoliyatiga 1,4 million dollar ajratdi. Aksincha,
oddiy saylovchi uchun bu masalani tekshirib chiqish yoki kimga ovoz berishni hal
qilganida bunga katta e'tibor berish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Aslida, saylovchilarning
ko'pi mazkur dastur ularqa qimmatga tushushidan bexabarlar. Demak, bu siyosat
resurslar isrofgarchiligi va xalq farovonligining pasayishiga olib kelsa ham,
siyosatchilar shakar sanoatiga subsidiya berishni davom ettirishdan manfaatdor.
Zamonaviy siyosatning asosiy biznes modeli resurslarni jamiyatdan olib, ularni
yaxshi uyushgan saylovchilar bloklariga ovoz beruvchi ko'pchilikni shakllantirish
maqsadida berishdan iborat deb aytsa bo'ladi. Bunga misollar talaygina. Butun dunyo
bo'ylab soliq to'lovchilar va iste'molchilar iqtisodiyotning ayrim sohalarini, demakki
mamlakatlaridagi ayrim manfaatdor guruhlarni qo'llab-quvvatlash uchun o'z
daromadlarini sarflaydilar. Kulgili tomoni shundaki, tenglik uchun deb targ'ib qilingan
subsidiya dasturi deyarli hech qachon maqsadiga erishmaydi va aksariyat hollarda u


177
ko'pincha teskari natijalarga olib keladi. 2014-yilda Misrning oziq-ovqat
subsidiyalarining 20 foizdan kamroq'i kambag'al aholiga manfaat keltirgan. Ko'plab
mamlakatlardagi benzin subsidiyalari o'rta tabaqali aholiga manfaat keltiradi, chunki
kambag'al aholi asosan piyoda yuradi, yoki jamoat transportidan foydalanadi.
Xindistonda suyultirilgan gaz uchun ajratiladigan qishloq xo'jaligi subsidiyalarining 0,1
foizdan kamroq qismi eng kambag'al 20 foiz aholiga, 52,6 foizi esa badavlat aholi
hissasiga to'g'ri keladi. Dunyo bo'ylab qazib olinadigan yoqilg'iga ajratiladigan
subsidiyalarning 20 foizdan kamroq qismini aholining eng kambag'al 20 foiz qismi
oladi
(57)
. Garchi bu dasturlarning yakka o'zi mamlakatlar uchun kichik yuk bo'lsa ham,
birgalikda ular davlat byudjeti defitsitini oshiradi, resurslarni behuda sarflaydi va
bizning turmush darajamizni sezilarli darajada pasaytiradi. Maxsus manfaatdor
guruhning siyosiy hukmronligi bevosita subsidiyalar, tariflar yoki ba'zi mahsulotlar
kvotalarining joriy etilishini izohlaydi. Bu dasturlarning barchasi butun aholi
manfaatini ko'zlab emas, balki alohida manfaatdor guruhning ta'siri ostida siyosiy tus
olgan.
Shuningdek, alohida manfaatdor guruhning ta'siri yangilik yaratishni va
raqobat jarayonini ham orqaga tortadi. Eski va avvaldan faoliyat yuritib kelayotgan
korxonalar siyosiy in'omlar berish bo'yicha kuchliroq obro'ga ega, ular lobbi faoliyatini
yaxshiroq tushunadi hamda yirik siyosiy arboblar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan.
Kutilganidek, odatda tajribaga ega korxonalarning yangi korxonalarga nisbatan ko'proq
siyosiy ta'siri bor va ular bu ustunlikdan innovatsion raqobatchilarga to'sqinlik qilish
uchun foydalanadilar.
Uber kompaniyasining tajribasini misol tariqasida ko'rib chiqaylik. Uber qiziqish
bildirgan haydovchilarni yer usti transportining potensial yo'lovchilari bilan yuzma-
yuz keltirish uchun texnologiyadan foydalanadi. Yer usti transportiga muhtoj
iste'molchilar smartfon orqali avtomobilga buyurtma jo'natgandan so'ng Uber ilovasi
ularga avtomobilni kutish vaqtini darhol ma'lum qiladi. Shuningdek, Uber potensial
yo'lovchilarga haydovchilar to'g'risida va, aksincha haydovchilarga potensial
yo'lovchilar to'g'risida ma'lumot beradi. Texnologiya tranzaksion xarajatlarni
qisqartiradi va an'anaviy taksi xizmatiga solishtirganda, bu jarayon odatda ham tezroq,


178
ham arzonroqdir. Uber kompaniyasining dunyodagi katta shaharlar bozorlariga
kirishga harakat qilgan vaqtda an'anaviy taksi sanoati bunga qarshi kurashdi va ko'p
hollarda Uber va shunga o'xshash kompaniyalar texnologiyalarini taqiqlovchi
qonunlarning qabul qilinishiga erishdi
(58)
. Natijada innovatsion texnologiyani tatbiq
etishdan keladigan manfaat va ayirboshlash hajmi sekinlashdi.
Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining tajribasi amaldagi ishlab
chiqaruvchilar yangi raqobatchilarning bozorga kirishiga to'sqinlik qilish uchun siyosiy
jarayondan foydalanishning yana bir misolidir. Teslaning biznes modeli avtomobillarni
to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilarga sotishga asoslangan. Biroq mustahkam o'rnashib olgan
avtodilerlardan iborat yaxshi uyushgan manfaatdor guruh ishlab chiqaruvchilar
avtomobillarini iste'molchilarga to'g'ridan-to'g'ri sotishini taqiqlovchi qonun qabul
qilinishini shtatlarning qonunchilik organlaridan so'rab, lobbi faoliyatini olib bordi.
Shtatlarning taxminan yarmida bunday bevosita sotish amaliyoti taqiqlab qo'yildi.
Ushbu qonunlar Tesla kompaniyasini avtomobil ishlab chiqaruvchilar bozoriga
kirishini ancha mushkullashtirdi.
Qizig'i shundaki, Teslaning rivojlanish strategiyasining o'zi ham davlat
favoritizmiga asoslangan edi. Tesla federal hukumatidan o'zining narxi 100 000
dollardan yuqori lyuks elektromobilining S modelini yaratish va ishlab chiqarish uchun
yuzlab million dollar subsidiya (grantlar, davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar va
soliq imtiyozlari) olgan. 2014-yilda Nevada shtati Reno shahri yaqinida akkumulyator
zavodini qurish uchun Tesla kompaniyasiga 1,3 milliard dollardan iborat subsidiyalar
to'plamini bergan. Tesla ish haqi va mulk soliqlaridan 10 yilga, savdo solig'idan esa 20
yilga ozod etilib, unga Nevada shtati soliq majburiyatlarini bajarish uchun boshqa
kompaniyalarga sotish huquqi bilan 195 million dollarga teng «o'tkazish huquqiga ega
soliq imtiyozlari» berildi
(59)
. Ehtimol, buning tagida saboq bor: davlat favoritizmi bilan
yashaydigan klanli kompaniyalar undan ham katta siyosiy kuchga ega boshqa klanli
kompaniyalar tomonidan gohida zarbaga duch kelishi mumkin.
Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasining asoschilari alohida manfaatdor
gurhlarning hukmronligidan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolardan yaxshi
xabardor bo'lgan. Ular manfaatdor guruhlarni «fraksiyalar» deb ataganlar. Fraksiyalar


179
bosimini cheklash maqsadida Konstitutsiyaning 8-bo'limi I moddasida Kongress milliy
mudofaa va umumiy farovonlikni ta'minlaydigan dasturlar uchun faqat yagona
soliqlarni joriy etish kerakligi belgilangan. Bu modda aholining ayrim qatlamlariga
imtiyozlar berish uchun umumiy soliq tushumlaridan foydalanishning oldini olishga
qaratilgan edi. Biroq, yillar o'tishi bilan sud qarorlari va qonun hujjatlari uning asl
ma'nosini o'zgartirib yubordi. Shunday qilib, Konstitutsiya, uning amaldagi talqiniga
ko'ra, yaxshi uyushgan maxsus manfaatdor guruhlarning siyosiy hukmronligini endi
cheklay olmaydi.


180

Download 9,85 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholi soni teng bo'lgan tuman saylovchilarining sof foydasi (+) yoki xarajatlari (-)

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish