Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

3-Bob. Yakuniy xulosalar
Yuqorida bayon qilingan qoidalar xususiy mulk huquqini himoya qilishni kuchaytiradi,
raqobatni rivojlantiradi, federalizmni mustahkamlaydi hamda davlat xarajatlari va
qarzini nazorat qilishga yordam beradi, shu bilan birga siyosatchilarning maxsus
manfaatdor guruhlar foydasiga xizmat qilish imkoniyatini kamaytiradi. Bu talon-
tarojga emas, balki o'zaro kelishuvga asoslangan davlat hokimiyatini shakllantirish
tomon qadam bo'ladi. Ammo yana bir muhim masalani unutmaslik kerak. Yuqorida
keltirilgan tavsiyalar fuqarolar qonun harfiga emas, balki qonun ruhiga rioya qilinishini
talab qilgan taqdirdagina ishlaydi.
Bunday muvaffaqiyatsiz urinishga misol qilib Gvatemalada sud tizimida
korruptsiyani kamaytirish hamda siyosatchilar va maxsus manfaatdor guruhlarning
sudyalarga ta'sirini susaytirishga qaratilgan Konstitutsiyani keltirish mumkin.
Sudyalarni tanlashda muhim rol huquqshunoslik fakultetlari dekanlariga berildi.
Kutilganidek, ushbu «islohot» dekanlarni tanlashda korruptsiyaga olib keldi. Sud
hokimiyatiga ta'sir o'tkazishni istagan guruhlar dekanlikka nomzod professorlarning
saylov kampaniyalarini ularga ovoz beruvchi talabalarga hashamatli bazmlar tashkil
etish orqali moliyalashtirdilar. Bundan tashqari, huquqshunoslik fakultetlari soni juda
tez o'sib, ularning aksariyati faqat nomigagina mavjud edi
(89)
.
Ushbu bobni ko'plab mualliflarga tegishli ibora bilan yakunlaymiz. Buni 1956-
yilda Oldus Xaksli o'zining «Jasur yangi dunyo» asarining radio versiyasini taqdim
etganda chiroyli ifodalagan:
«Erkinlik va hatto oddiy insonparvarlikning bahosi bu abadiy hushyorlikdir».
2 va 3-boblar mamlakat farovonligiga qaratilgan. Kitobning yakuniy qismi
shaxsiy farovonlikka bag'ishlangan bo'lib, unda yanada farovon hayotga erishishga
yordam beradigan ba'zi amaliy tavsiyalar ko'rib chiqilgan.


233

Download 9,85 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish