Farovonlikka ko'maklashuvchi konstitutsiyaviy
me'yorlar to'g'risida
Xususiy va, ayniqsa, davlat korxonalarida ulkan inertsiya, ya'ni status-kvoning
hukmronligi mavjud. Faqat haqiqiy yoki xayoliy inqirozgina haqiqiy
o'zgarishlarga olib keladi. Inqiroz yuz berganda esa amalga oshiriladigan
harakatlar mavjud g'oyalarga bog'liq. Fikrimcha, bizning asosiy vazifamiz
quyidagilarda: mavjud siyosatga muqobillarni ishlab chiqish, ularni to siyosiy
jihatdan imkonsiz holatdan siyosiy jihatdan muqarrarga aylanmaguncha
qo'llab-quvvatlab, tayyor holda ushlab turish
(83)
.
— Milton Fridman, 1976-yil Nobel mukofoti laureati
215
3-bobning asosiy g'oyalari nimalardan iborat? Birinchidan, iqtisodiy tahlillar
shuni ko'rsatadiki, monopoliya, jamoat mollari va tashqi ta'sirlar bozor muammolari
bo'lib, ular o'z manfaatini ko'zlovchi shaxslarni samarasiz hatti-harakatga undaydi. Bu
bozor muvaffaqiyatsizliklari samaradorlikni oshirish uchun davlat aralashuviga
imkoniyat yaratadi. Biroq, natija shunday bo'lishiga kafolat yo'q.
Resurslarni siyosiy taqsimlash, demokratik yo'l bilan amalga oshirilgan taqdirda
ham, iqtisodiy tashkil qilishning bir shaklidir va u bozorlar kabi afzallik va
kamchiliklarga ega. Bozor muvaffaqiyatsizligi kabi davlat muvaffaqiyatsizligi ham sodir
bo'lishi mumkin. Yuqorida ta'kidlanganidek, davlat muvaffaqiyatsizligiga quyidagilar
kiradi:
Aql-idrokli ovoz berish uchun saylovchilarda yetarlicha rag'bat bo'lmasligi.
Davlat shaxsiy huquqlarni himoyalash doirasidan chiqib, taqchil resurslarni
taqsimlashda faol ishtirok etishni boshlaganda, siyosatchilarda yaxshi tashkil
etilgan maxsus guruhlar manfaatini qo'llab-quvvatlashga kuchli rag'batning
paydo bo'lishi.
Siyosiy favoritizm resurslarni isrof qiluvchi renta ketidan quvishni
ko'maklashishi.
Siosiy jarayonlar ko'pincha uzoqni ko'zlamaydi (odatda keyingi saylovdan
o'tmaydi). Bu esa davlat qarzining haddan tashqari oshib ketishiga va bajarilishi
qiyin moliyalashtirilmagan va'dalarning ko'payishiga sabab bo'ladi.
Agar davlat iqtisodiy farovonlikni ko'maklaydigan bo'lsa, siyosiy o'yin qoidalari
iqtisodiy taraqqiyot sari saylovchilar, siyosatchilar va amaldorlar shaxsiy manfaatlarini
uyg'unlashtirishi kerak. Buning ko'rinishi qanaqa va bunga qanday erishish mumkin?
Shunisi ravshanki, qonun oldida tenglik va davlat vakolatlarining cheklovi
iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashuvchi siyosiy tuzilmani shakllantirish uchun
muhimdir. Garchi mamlakatlarning institutsional tuzilmalari bir-biridan farq qilsada,
turli mamlakatlarning muvaffaqiyatli (va muvaffaqiyatsiz) tajribalari yaxshi saboq
bo'ladi. Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasining asoschilari, umuman qaraganda,
216
umumiy tuzilmani to'g'ri tanlaganlar. Ular nazoratlar va muvozanatlar printsipini
tizimga kiritganlar. Siyosiy hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud tizimi o'rtasida
taqsimlandi. Qonunlar ko'pincha bir-biriga zid manfaatlarni ko'zlagan ikki qonun
chiqaruvchi organi tomonidan ko'rib chiqilishi lozim bo'lib, ularning qabul qilinishi
uchun prezidentning roziligi talab qilingan.
Markaziy hukumat vakolatlarning cheklovi federal tizim nomarkazlashuviga va
davlat vakolatlarining yanada bo'linishiga olib keldi. Markaziy hukumatning ruxsat
etilgan fiskal vakolatlari sanab o'tilgan bo'lib (8-bo'lim, 1-modda), qolgan barcha
vakolatlar shtatlar va xalqqa briktirilgan (konstitutsiyaga 10-tuzatish) edi. Kongress
«milliy mudofaa va umumiy farovonlikni ta'minlash uchun» yagona soliqlar o'rnatishi
kerak edi. Maqsad alohida guruh va hududlarni boshqalarga nisbatan qo'llab-
quvvatlash vositasi sifatida federal g'aznadan foydalanishga yo'l qo'ymaslik edi.
Shuningdek, Amerika konstitutsiyasi aholi mulk huquqini va ularning ixtiyoriy
ayirboshlashda qatnashish erkinligini ham himoya qilib kelgan. Konstitutsiyaga
kiritilgan beshinchi o'zgartirishga ko'ra, xususiy mulkni «odilona kompensatsiyasiz
jamoat maqsadlarida foydalanish uchun olib qo'yish»ga yo'l qo'yilmaydi. Shtatlar
«shartnoma majburiyatlarini buzadigan» qonunlarni qabul qilishi taqiqlangan (10-
qism, I modda). Balkim, eng muhimi, bu shtatlarning savdo cheklovlarini joriy qilishi
taqiqlanganligidir. Natijada AQSH dunyodagi eng katta erkin savdo hududiga aylandi.
Qo'shma Shtatlari konstitutsiyasi davlatning, xususan federal hukumatning
iqtisodiyotni siyosatlashtirish va fuqarolar huqularini poymol qilish imkoniyatini
cheklab qo'ydi. Boshqacha aytganda, konstitutsiyada davlat faoliyatini majburlash
orqali emas, balki kelishuv asosida yuritish nazarda tutilgan. Bu nega muhim? Odamlar
faqat o'zaro manfaatli faoliyatda qatnashishni lozim ko'radilar. Demak, kelishuvga
asoslangan faoliyat, bozor yoki davlat orqali amalga oshirilishidan qat'i nazar, o'zaro
manfaatli bo'lib, u bir guruh manfaatini boshqasinikidan ustuvor qo'ymaydi, balki
umumiy farovonlikka ko'maklashadi.
Vaqt o'tishi bilan fuqarolarning iqtisodiy va shaxsiy hayotida davlatning roli
odatda ortib boradi. Shuning uchun ham, bugungi kunga kelib, ko'p mamlakatlarda
davlat deyarli barcha jarayonlarga aralashishga harakat qiladi. Buning natijasi esa bizga
217
ayon: siyosiy favoritizm, maxsus manfaatdor guruh loyihalarini byudjetdan
moliyalashtirish, yirik byudjet defitsiti, ortiqcha davlat boshqaruvi, siyosiy korruptsiya
va hayotimizning ko'plab jabhalaridagi davlatning ta'siri.
Davlat tuzilmasi qachon tashkil etilganligidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar
oldida keng konsensusga asoslangan davlat faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi
konstitutsiyaviy qoidalarni yaratish hamda siyosiy jarayonni iqtisodiy rivojlansihga
yo'naltirish muammosi turibdi.
Bunga qanday erishish mumkin? Konstitutsiya iqtisodiy farovonlik va
barqarorlikka ko'maklashishi uchun qaysi qoidalarni o'z ichiga olishi kerak? Yuqoridagi
tahlillardan bir necha xulosalar kelib chiqadi. Bu to'g'risida boshqa firklar mavjud
bo'lsada, ishonamizki, quyidagi umumiy printsiplar samarali davlat faoliyatiga va
iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashishini ham iqtisodiy mantiq, ham empirik tadqiqotlar
qo'llab-quvvatlaydi.
|