Amaliy shaxsiy moliyaning o'n ikki
muhim elementlari
Elementlar:
1. O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang.
2. Unumdorlikni va siz ko'rsatadigan xizmatlar qadrini oshiruvchi ko'nikmalarni,
munosabatlarni va tadbirkorlikni rivojlantiring.
3. Mablag'ingizni oqilona sarflash va muntazam ravishda jamg'arish uchun
byudjetingizni rejalashtiring.
4. Hech narsani uning foydali faoliyat muddatidan uzoqroq muddatga
4-BOB
234
moliyalshtirmang.
5. Puldan unumliroq foydalanishning ikki yo'li bor: kredit kartalari bo'yicha
qarzdan saqlaning va ishlatilgan narsalarni xarid qiling.
6. Favqulotda vaziyat yoki «qora kun» uchun omonat hisob raqamingizga
(?)
har oy
pul qo'yishni boshlang.
7. Murakkab foiz stavkasi sizning foydangizga ishlashini ta'minlang.
8. Diversifikatsiya qiling — hamma tuxumni bitta savatga qo'ymang.
9. Indeks pay investitsiya fondlari
(?)
yoki indekslangan birja investitsiya fondlari
ortiqcha risksiz ekspertlardan kattaroq foyda olishga yordam beradi.
10. Uzoq muddatli investitsiya uchun aksiyalarga investitsiya qiling, lekin pulga
ehtiyoj paydo bo'lishini sezsangiz, unda obligatsiyalarning yoki naqd pulning
ulushini oshiring.
11. Uy-joy sotib olish, ta'lim olish va boshqa investitsiya bo'yicha qarorlar qabul
qilganda, risk darajasini pasaytirish yo'llarini qidiring.
12. Riskni boshqarish uchun sug'urtadan foydalaning.
Kirish
Post-kommunist davlatlarga qaraganda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aholi
daromadlari ancha yuqori. Shunday bo'lsada, ko'p G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi
(ayniqsa, kambag'alroq malakatlardagi) odamlar moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan
kechirmoqda. Bu qanday yuz berishi mumkin? Gap shundaki, moliyaviy
barqarorsizlikning sababi biz oladigan daromadlarga emas, balki asosan
tanlovlarimizga bog'liqdir.
Agar o'z moliyangizni boshqarmasangiz, moliyangiz sizni boshqaradi. Buyuk
Amerika faylasufi (va beysbol yulduzi) Yogi Berra aytganidek: «Agar qayerga
ketayotganingni oldindan bilmasang, unda ehtiyot bo'l, yo'qsa u yerga yetmasliging
mumkin
(90)
». Boshqacha aytganda, har birimizga reja kerak. Agar reja bo'lmasa, biz
o'zimiz istamagan joyda bo'lib qolishimiz mumkin. 4-bobda keltirilgan 12 element
amaliy reja o'zagini tashkil etadi. Ular amaliy, ya'ni o'zingiz darhol amalga oshirishingiz
235
mumkin bo'lgan maslahatlardan iborat bo'lib, yoshingiz, daromadingiz va shaxsiy
holatingizdan qat'i nazar, sizga oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilishingizda yordam
beradi.
Ko'pincha shaxsiy moliya va investitsiya bo'yicha qarorlar iqtisodiyot
dunyosidan butunlay ayrilgandek tuyuladi. Asilda esa unday emas. 1-elementda
namoyish etilganidek, mamlakatlar o'zlari eng yaxshi bajara oladigan faoliyatlarga
ixtisoslashishidan manfaat ko'rishlarini izohlovchi qiyosiy ustunlik printsipi siz
qo'lingizdan eng yaxshi keladigan va boshqalar qadrlagan narsalarga
ixtisoslashishingizning afzalliklarini ham tushuntirib beradi. Shu singari, vaqt
mobaynida boylik orttirishga kelganda, tadbirkorlik, moliyaviy hisobdorlik, kasb
rejalashtirish va kapital investitsiya (ayniqsa, inson kapitali) mamlakatlar uchun qadrli
bo'lganidek, shaxslar uchun ham xuddi shunday qadrlidir.
Bu yerda keltirilgan printsiplar, ko'rsatmalar va instrumentlarni to'rt toifaga
bo'lish mumkin: 1- va 2-elementlar daromadni oshirish; 3-6 elementlar daromaddan
unumliroq foydalanish; 7-10-elmentlar investitsiya daromadlarini oshirish; 11-12-
elementlar esa riskni boshqarish to'g'risidadir.
Bu yerda keltirilgan maslahatlar oddiy, amaliy va tushunarlidir. Ular sizni moliya
ustasiga yoki bir zumda millionerga aylantirmaydi, lekin ular yirik moliyaviy
xatolarning oldini olishga ko'maklashadi. Bundan ham murakkab rejalar mavjud.
Ammo mukammal faoliyat yaxshi faoliyatga dushman bo'ladi. Oqilona moliyaviy reja
tuzishga o'zida vaqt yoki tajriba yo'q deb hisoblagan shaxslar katta moliyaviy
muammolarning oldini olish uchun hatto oddiy ko'rsatmalarni ham tatbiq eta
olmasliklari mumkin. Bu qismda ana shunday ko'rsatmalar berilgan.
Hayot tanlovlardan iborat. Bizning maqsadimiz muvaffaqiyatli hayotga erishish
uchun zarur tanlovlarni tanlash qobiliyatingizni oshirishdan iborat. Qo'shma
Shtatlarining yetakchi iqtisodiyot fani o'qituvchilaridan biri Jon Morton quyidagini
ta'kidlaydi:
«Men talabalarimga hayot lotereya emas, u nol summali o'yin
(?)
emas, deb
doim aytaman. Sizning muvaffaqiyatingiz boshqalarning muvaffaqiyatini
236
kamaytirmaydi. Sizning muvaffaqiyatingiz tanlovlaringizga bog'liq,
tanlovlarning esa oqibatlari bor.»
Oqilona moliyaviy qarorlar qilish va mavjud resurslardan unumli foydalanishni
tahlil qilishdan oldin, biz siz bilan pul va boylikning ahamiyati to'g'risida fikrlarimizni
bildirmoqchimiz. Yaxshi hayot faqat yaxshi daromad topishdan iborat emas. Baxtli
hayot kechirish uchun muvaffaqiyatli turmush, oila, do'stlar, qoniqarli ish, diniy e'tiqod
va sevimli mashg'ulot kabi moliyaviy aktivlar
(?)
bo'lmagan omillar puldan ham
muhimroq
(91)
. Demak, faqat pul va boylikni ortidan quvishning ma'nosi yo'q.
Shuningdek, boy bo'lishni istash ham uyat emas. Bu istak, tor ma'noda, faqat o'z
farovonligini bilan qiziqqan shaxslarga taaluqli emas. Masalan, Tereza ona
kambag'allarga ko'proq yordam berish uchun boyroq bo'lishni istagan bo'lar edi. Ko'p
odamlar diniy, madaniy va xayriya tashkilotlariga ko'proq ehson berish uchun yoki qari
ota-onalariga ko'proq yordam berish uchun boyroq bo'lishni istaydilar. Hayot
maqsadlarimiz nimaligidan qat'i nazar, agar qarzimiz kamroq va boyligimiz ko'proq
bo'lsa, ularga erishish osonroq kechadi. Demak, biz hammamiz oqilona moliyaviy
qarorlar qabul qilishni istaymiz.
|