Murakkab foiz stavkasining kuchi
Murakkab foiz stavkasi dunyodagi eng qudratli kuchdir.
— Mignon McLaughlin. N.d. BrainyQuote.com. 24 oktyabr, 2015-yil
BrainyQuote.com internet sahifasidan olingan:
http://www.brainyquote.com/quotes/quotes/m/mignonmcla158995.html
. Bu
bayonot Albert Einshteynga tegishli ekanligiga munozara mavjud, lekin u
murakkab foiz stavkasining salohiyati to'g'risida shu kabi bayonotlar qilgani aniq.
4.3-elementda muntazam ravishda byudjetni rejalashtirish, mablag'ni jamg'arish va uni
unumli sarflashning ahamiyatini ta'kidlab o'tgandik. Bularni bajarishga oldinroq
kirishishning ikkita asosiy sabablari mavjud. Birinchidan, avval muhokama
qilingandek, agar hozirdan byudjetni rejalashtirish, mablag'ni jamg'arish va uni oqilona
sarflashni boshlashga bahonalar topsangiz, bularni keyinchalik boshlashingiz ham
qiyin kechadi. Biroq, ushbu elementda biz mablag' jamg'arishni kechiktirmaslikning
ikkinchi sababi to'g'risida suhbatlashmoqchimiz. Jamg'arishni qancha erta
boshlasangiz, uning unumi ham shuncha katta bo'ladi.
Jamg'arishni kichkina omonatdan boshlashning o'ziyoq katta daromad olish
imkonini beradi. 4.3-elementda keltirilgan 22 yoshdan to 33 yoshgacha jamg'arilgan
kichik miqdorning pensiyaga chiqqanda qancha qo'shimcha davlat olib kelishi
to'g'risidagi misolni eslang. To'qqiz yil davomida xaridlarni kamaytirish evaziga 9 000
yevrodan biroz ko'proq bo'lgan miqdor 67 yoshga yetganda pensioner pulini 150 000
yevroga ko'paytirishi mumkin. Bugungi kichik mablag'ni keyinchalik katta miqdorga
aylantirish uchun jamg'arishni erta boshlash lozim, chunki bu «murakkab foiz stavkasi
ELEMENT 4.7
Murakkab foiz stavkasidan (investitsiyaning rentabelligidan) foydalaning.
267
mo'jizasi»dan to'liq foydalanish imkonini beradi.
Aslida murakkab foiz stavkasi
(?)
hech qanday mo'jiza emas, ammo u gohida
shunday tuyuladi. U faqat foiz bo'lishi shart emas. Agar fond birjasigagi investitsiyadan
olingan foyda qayta investitsiya qilinsa, sodda qilib aytish uchun, bu foyda ham gohida
murakkab foiz stavkasi deb ataladi
(106)
. Murakkab foiz stavkasini tushuntirish oson
bo'lishiga qaramasdan, uning natijalari haqiqatan ajoyib. Murakkab foiz stavkasi foiz
ustiga foiz olishni anglatadi. Agar bu yil jamg'armangizdan olingan foizni
sarflamasangiz, shu foiz keyingi yil sizning ham jamg'armangizni, ham foizingizni
ko'paytiradi. Bu kelajakda har yili takrorlansa, siz foiz ustiga foiz ustiga va hokazo yana
foiz olasiz. Bir qarashda bu uncha ko'pdek ko'rinmasligi mumkin va dastlabki yillarda u
davlatingizga uncha ta'sir qilmaydi. Biroq, biroz vaqt o'tib boyligingiz sezilarli darajada
o'sishni boshlaydi va ko'paygani sari u tezroq o'sadi. U xuddi qorli tog'dan pastga
dumalagan kichkina yumaloqlangan qorga o'xshaydi. Avval uning hajmi sekin
kattalashadi. Ammo har bir ozgina qo'shimcha qor uning hajmini oshiradi. Bu esa yana
ko'proq qor to'playdi va tezda u juda katta sharga aylanib, tez o'sishni va to'g'ri siz
tomon kelishni boshlaydi.
Jamg'arma rejasini erta boshlashning ahamiyati murakkab foiz stavkasining
kelajakda tez o'sishga zamin yaratishi bilan bog'liq. Pensiyaga chiqishdan sal oldinroq
jamg'arishni boshlasangiz, mablag'ingiz ko'pga oshirmaydi. Dumalashni tog'ning tagiga
yaqinroq joyda boshlangan yumaloq qor pastga tushgancha uncha ko'p katta bo'lishga
ulgurmaydi. Jamg'arishni qancha erta boshlasangiz, jamg'armangiz o'sishi uchun
shuncha ko'p vaqt bo'lib, o'sish ham shunchalik jadallashadi.
Quyidagi oddiy misolni ko'rib chiqaylik. Faraz qiling, 16 yoshdagi yigit sigaret
chekishni boshlash to'g'risida o'ylayapti. Bir qator sabablarga ko'ra, ayniqsa, sog'liq
nuqtai nazaridan, bu muhim qarordir. Sog'liqqa ta'siridan tashqari, sigaret
chekmaslikning moliyaviy sabalari ham mavjud. 2017-yilda Yevropada bir quti
sigaretning o'rtacha narxi 3 dollardan 13 dollargacha bo'lgan
(107)
. Misolimiz uchun bir
quti sigaretning narxi 8 dollar deb faraz qilaylik. Demak, agar yosh yigit, uni ismi
Honza bo'laqolsin, chekmaslikka qaror qilsa, u yiliga 2 920 dollar tejaydi (agar u kuniga
bir quti sigaret chekadi deb faraz qilsak). Deylik, Honza ushbu mablag'ni sarflamasdan,
268
uni yiliga 7 foiz daromad beradigan va daromad solig'idan ozod etilgan pensiya hisob
raqami yoki fondiga investitsiya qiladi. 24-chizmada ko'rsatilganidek, agar Honza o'n
yil davomida shunday qilsa, 26 yoshga yetganda uning 29 200 dollar jamg'armasi jami
40 344 dollarga yetadi. Kam emas, lekin Honzaning sog'lig'i uchun foydali o'zgarishning
natijasi ham chakki emas.
Bu hali boshlanishi. Murakkab foiz endi-endi natija berishni boshlayapti. Agar
Honza ushbu jamg'arma rejasini 36 yoshigacha davom ettirsa, uning 58 400 dollar
jamg'armasi jami 119 707 dollarga ko'payadi. Buni 46 yoshgacha davom ettirsa, uning
87 600 dollar jamg'armasi jami 275 825 dollarga yetadi. Shundan boshlab jamg'arma
o'sishda tezlashishni boshlaydi. Honza 56 yoshga yetganda u 116 800 dollar
jamg'armadan 582 935 dollar to'plagan bo'ladi. 24-chizmada namoyish etilganidek, u 65
yoshda pensiyaga chiqqanda, uning 143 080 dollarlik bevosita investitsiyasi jami
1 106 677 dollarga yetadi. Demak, sigaret chekmay, undan tejalgan mablag'ni
rejalashtirish natijasida, Honza pensiyaga chiqquncha bugungi narxlardagi xarid
qobiliyatida teng dollarda 1,1 million jamg'aradi
(108)
.
269
24-chizma. Chekmasdan boyib ketish!
1 200 000$
1 000 000$
800 000$
600 000$
400 000$
200 000$
0$
26
36
46
Investorning yoshi
56
65
29 200$
40 344$
58 400$
119 707$
87 600$
275 825$
116 800$
582 935$
143 080$
1 106 677$
Investitsiya miqdori
Investitsiyaning foiz to'lovlari bilan qiymati
Manba: Muallifning hisob-kitoblari. Kuniga 8 dollarlik bir quti sigaret chekmasdan, tejalgan mablag' daromadi
7 foizlik investitsiyaga qo'yilishi nazarda tutilgan.
Endi Honza 16 yoshdan to 26 yoshgacha chekib va keyin chekishni tashlab, har
kuni bir quti sigaret narxiga teng miqdorni jamg'arishi natijasini ko'rib chiqamiz.
Uning chekishni tashlagani tahsinga loyiq. Lekin, Honza tejalgan mablag'dan ham foyda
oladi. Biroq, jamg'arma rejasi 10 yilga kechikganligi bois, 65 yoshga yetganda 1 106 667
dollar o'rniga u endi 542 070 dollar jamg'ara oladi, xolos. 49 yillik jamg'arma rejasini 10
yilga kechiktirishi Honzaga 564 597 dollarga tushadi!
Jamg'armani sezilarli darajada oshirish uchun, siz biror narsadan butunlay voz
kechishingiz shart emas. Iste'molni bir oz cheklash ham katta natijalar berishi mumkin.
Masalan, har kuni ertalab a'lo sifatli kofe sotib olish o'rniga oddiy kofe sotib oling yoki
uni uyda tayyorlang. Har kuni restoranda tushlik qilmasdan, ha asiga 1-2 marta
o'zingiz bilan tushlik olib keling. Restoranda qimmat narxlangan mineral suv, o'rniga
krandagi suvdan iching (harqalay ba'zi mamlakatlardagi suv ishonchli). Ishga
270
tramvayga borgandan ko'ra yurib boring yoki velosipedda boring (bu sizning tibbiy
xizmat xarajatlaringizni ham kamaytiradi). Agar dachangiz bo'lsa, u yerga avtobus yoki
poyezdda bora olasizmi? Honza ha asiga 56 dollar tejash uchun sigaret chekishni
tashladi va uni investitsiya qildi. Siz ham iste'mol odatlaringizni o'zgartirish orqali
mablag'ingizni tejashingiz mumkin.
Video:
Pulni ko'paytirish
Qayta qayd etmoqchimizki, biz pensiya yoshiga badavlat bolishingiz uchun
tejamkorlik qilib nochor hayot kechiring demoqchi emasmiz. Kelajak kelguncha
qashshoqlikda yashash orqali kelajakda badavlat bo'lishdan nima ma'no bor? Aksincha,
biz oddiy aholi yaxshi hayot kechirishi va shu bilan birga katta davlatga erishishi
mumkinligini ta'kidlamoqchimiz, chunki jamg'armadan katta unum olish katta mablag'
talab qilmaydi. Honza chekishni tashlashidan jamg'argan 1 106 677 dollarning faqat
143 080 dollari iste'molni cheklashidan kelgan, xolos. Haqiqatan ham, jamg'arib,
investitsiya qiladigan odamlar bunday qilmaydigan odamlarga nisbatan ko'proq iste'mol
qila oladi. Pensiyaga chiqqanda yoki undan avvalroq Honza boyligini sarf qilishni
boshlashi mumkin va uning boyligi uning jamg'armaganiga qaraganda ancha kattaroq
bo'ladi.
Buning uchun soliq imtiyozi bo'lgan pensiya hisob raqamidan foydalanib, erta
jamg'arma rejasini tuzish, ozgina sabr, jamg'armadan yaxshi daromad olishni o'rganish
(keyingi ikki elementga qarang) va murakkab foiz stavkasidan foydalanish talab etiladi,
xolos.
Izoh: Shariat yoki islomiy bank tizimi
Shariat yoki islom qoidalari qarzga foiz to'lashni taqiqlaydi. Qarz
beruvchilarning mablag'laridan foydalanganlik uchun kompensatsiya qilish maqsadida
bank tizimi shariat qonunlari doirasida turli moliyaviy tartiblarni (masalan, foydani
bo'lish) ishlab chiqqan. Musulmonlarga iste'mol uchun taqiqlangan alkogol va cho'chqa
271
go'shti kabi mahsulotlarga investitsiya qilish ham taqiqlangan. Bundan tashqari, adolat
tushunchasiga asoslanib, biznes tranzaksiyasining barcha qatnashchilari foyda va
zararlarni o'zaro bo'lishishlari lozim. Bu esa investitsiyadan daromad olish uchun siz
biznes riskini ham o'z bo'yningizga olishingizga to'g'ri kelishini anglatadi. Masalan,
agar mashina sotib olishni istasangiz, islom banki mashinani sotib olib, uni sizga
muntazam ravishda o'rnatilgan to'lovlar hisobiga (bu to'lovlarning jami sotib olingan
narxdan bir oz yuqori bo'ladi) qayta sotishga kelishib oladi. Ya'ni siz mashina uchun
to'lovlarni to'laysiz, bank esa kelishuvdan daromad oladi va natijada ushbu kelishuv
islom banki qonunlari talabiga javob beradi. Shariat qonunlari bo'yicha faoliyat
yuritadigan bankka omonat qo'ysangiz, siz omonat muddati davomida foiz o'rniga
bankning foydasiga sheriklik qilasiz.
Islom banki faoliyati bilan shug'ullanuvchi banklar alohida yuridik maqomga
ega bo'lishi kerak bo'ladi. Biroq, ba'zi yirik xalqaro banklarning islom banki filiallari
ham mavjud.
|