Kutilmagan vaziyatga tayyor bo'ling




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Kutilmagan vaziyatga tayyor bo'ling
Biz jamg'armaning kelajagingiz uchun ahamiyati to'g'risida gaplashib oldik.
Bundan tashqari, sizga favqulodda holatlar uchun ham jamg'arma hisob raqami zarur
bo'ladi. Buning o'zi nima? Hayot kutilmagan hodisalarga to'la: goh mashinangiz buzilib
qoladi, goh tomdan suv oqadi, goh quruqchilik ekinlarni barbod qiladi, goh farzandingiz
qo'lini sindirib qo'yadi va hokazolar
(105)
. Biz qaysi biri va u qachon yuz berishini
oldindan aytib berolmaymiz. Ammo uzoq vaqt davomida har bir xonadon ushbu
kutilmagan xarajatlarga duch kelishini bilamiz. Shuning uchun bularga moliyaviy
tayyor turish kerak. Favqulodda holatlar uchun jamg'arma hisob raqami mana shu
maqsadni nazarda tutadi. U qattiq emotsional stressga va og'ir moliyaviy holatga olib
kelishi mumkin bo'lgan kutilmagan xarajatlarni qoplashingizga ko'maklashadi.
Yoki aksincha, kutilmagan holatlar paydo bo'lishini kutib, keyin ularni qanday
ELEMENT 4.6
Har oy favqulodda holatlar uchun mo'ljallangan jamg'arma hisob raqamiga mablag'
(«qora kun» uchun mablag') ajratishni boshlang.


264
bartaraf etish uchun reja tuzish mumkin. Bu ko'pincha kredit karta qarzining
ko'payishini yoki boshqa noqulay shartlar bilan qarz olishni anglatadi. Shunda siz foiz
xarajatlari va olingan qarzning qaytarish yo'llarini topishingiz lozim bo'ladi. Boshqa
holarlarda bu favqulodda holatlar uchun o'zlari mablag' to'plashga aqli yetgan oila yoki
tanish-bilishlardan yo'rdam so'rashni anglatishi mumkin. Bular bilan bog'liq tashvishlar
noto'g'ri moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin.
Bunday voqealar uchun siz muntazam ravishda qancha mablag' ajratishingiz
kerak? Buning bir yo'li siz, va qarindoshlaringiz, va qo'shnilaringiz bilan o'tgan yil yuz
bergan kutilmagan holatlarning ro'yxatini tuzib, har birining xarajatini hisoblab
chiqishdan iborat. Mashinani ta'mirlash, kutilmagan safar, shifokorga ko'rinish, uy-joy
anjomlarini almashtirish va o'tgan yili bo'lgan boshqa kutilmagan holatlarni eslang.
Xarajatlarni qo'shib chiqib, o'n ikkiga bo'ling va shuncha miqdordagi mablag'ni qora kun
uchun mo'ljallangan hisob raqamingizga ajratib borishni boshlang.
Har ehtimolga qarshi, kelajakdagi kutilmagan omadsizlikka tayyor bo'lish uchun
siz ushbu hisob raqamingizga o'rtacha ehtiyojga nisbatan sal ko'proq miqdorda mablag'
ajaratishingiz ham mumkin. Agar natijada ko'proq mablag' jamg'arsangiz, bu sizga
qo'shimcha moliyaviy xavfsizlikni ta'minlaydi. Agar jamg'arma miqdori o'sishni davom
etsa, siz keyinchalik uning bir qismini boshqa maqsadlarga ishlatishingiz yoki pensiya
jamg'arma dasturiga o'tkazishingiz mumkin. Eng asosiysi, jamg'arma uchun oylik
to'lovlariga ixtiyoriy to'lov emas, balki majburiy to'lov sifatida qarang. Bu jamg'armaga
xuddi ipoteka krediti to'lovi, elektr energiyasi uchun to'lov va shunga o'xshash boshqa
muntazam xarajatlar kabi qarashingiz lozim.
Favqulodda holatlar uchun ajratilgan jamg'arma hisob raqami sizga xotirjamlik
olib kelib, yuz berishi mumkin bo'lgan moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog'liq
tashvishlarning oldini oladi. Ushbu jamg'arma sizga kutilmagan xarajatlarni ishonch
bilan uddalashga imkon beradi. Garchi bu xarajatlar kutilmagan bo'lsada, ularni ma'lum
darajada aniqlik bilan bashorat qilish mumkin. Agar kutilmagan xarajatlar o'rtacha
miqdordan kamroq bo'lsa, unda qora kun uchun jamg'arma qoldig'i o'sadi. Agar
kutilmagan xarajatlar miqdori odatdagidan katta bo'lsa, unda hisob raqamingizdagi
qoldiq kamayadi. Biroq, siz bunday holatlarga tayyor bo'lganingiz uchun ko'nglingizni
to'q tutishingiz mumkin. Bu «pul sizni boshqarmasin», balki «pulni o'zingiz


265
boshqaring» degan naqlning ma'nosidir.


266

Download 9,85 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish