ELEMENT 4.4
Hech narsani uning foydali faoliyat muddatidan uzoqroq muddatga moliyalshtirmang.
255
olib kelishda yoki qadrli xizmat ko'rsatishda davom etsa, kredit to'lovlarining bir qismi
aslida jamg'arma yoki investitsiya hisoblanadi. Bu xonadonni badavlatroq qiladi. Xuddi
uy-joy kabi, ta'limga investitsiya ham odatda uzoq muddat davomida sof foyda keltiradi.
Ta'lim investitsiyasini qarz orqali moliyalashtirgan yoshlar uning hosilini yuqori
daromad ko'rinishida olishlari mumkin. Agar keyingi yigirma yoki o'ttiz yil ichida
yuqoriroq daromadlar olingan kreditni to'liq to'lashga yetarli bo'lsa, ta'lim uchun
investitsiya o'zini oqlagan bo'ladi. Biroq, uning bir-necha risklari ham mavjud: agar
qo'shimcha ta'lim kelajakdagi daromadingizni oshirmasa yoki uni yetarli darajada
oshirmasa, unda olingan kreditni qaytarish haddan tashqari qiyin kechishi mumkin.
(Izoh: bu to'g'risida 4-bob 11-elementda batafsilroq to'xtalamiz).
Ko'p xonadonlar uchun ushbu ko'rsatmalardan kelib chiqadigan xulosa oddiy:
uy, avtomobil va ta'limdan boshqa narsalarni moliyalashtirish uchun kredit olmang.
Mamlakatingizdagi tibbiy sug'urta siyosatiga bo'gliq bo'lgan holda, agar favqulodda
holatlar uchun mablag' yig'ishga vaqtingiz bo'lmagan bo'lsa, albatta, muhim tibbiy
xizmat uchun kredit olish yaxshi fikrdir. Appendektomiya uchun qarzdan foydalanish
yaxshi. Yuz terisini torttirish uchun esa, ehtimol, bu yaxshi fikr emas (agar siz mashhur
yuldiz bo'lmasangiz!) Shuningdek, bular uchun olingan kreditni ushbu aktivlarning
yaroqlilik davri tugashidan oldin to'lay olishingizga ishonch hosil qiling. Bu oddiy
ko'rsatma sizni moliyaviy muammolardan uzoq saqlaydi.
Qarz bilan bog'liq yana bitta xavfli holat bu daromadingiz valyutasidan boshqa
valyutada qarz olishdir. Valyutalarning kurslari kutilmaganda o'zgarishi mumkin.
Masalan, 2000-yillarning boshlarida Polsha, Vengriya, Xorvatiya va Ruminiya
kabi mamlakatlarda ipoteka kreditini Shveytsariya frankida juda past foiz stavkalarida
olish imkoni bo'lgan. Biroq, qarz oluvchilarning aksari daromadlari mahalliy valyutada
berilgan.
2008-yildagi moliyaviy inqiroz paytida Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlari valyutalari Shvetsariya frankiga nisbatan qadrsizlandi, frank esa yevro va
boshqa valyutalarga nisbatan qimmatlashdi. Shveytsariya valyuta kursini
barqarorlashtirish uchun 2011-yilda uni yevroga biriktirib qo'yishga harakat qildi.
2015-yilga kelib esa, Shveytsariya valyuta kursini yevroga biriktirish amaliyotini bekor
256
qiladi va frankning boshqa valyutalarga nisbatan kursi yana ko'tarilib ketadi.
Har ikkala holatda ham, qarz oluvchilar o'z valyutalaridagi qarzi kutganlaridan
ancha ko'p ekanligidan hayratga tushganlar. Korxona forvard shartnomasi orqali
valyuta kursini ma'lum belgilangan darajada saqlab qolishi mumkin bo'lsada, yakka
shaxslar bunday shartnomalardan foydalana olmasligi mumkin. Xunuk kutilmagan
hodisalarning oldini olish uchun xarajatlaringiz majburiyati bilan bog'liq valyutani
daromadingiz valyutasi bilan moslash kerak.
|