ELEMENT 4.10
Uzoq muddatli investitsiya uchun aksiyalarga investitsiya qiling, lekin pulga ehtiyoj
sezilganda, obligatsiyalarning yoki hatto narq pul ulushini oshiring.
286
kabi inflyatsiyadan himoyalangan obligatsiyalardan foydalanish mumkin. Bu kabi
obligatsiyalar qat'iy foiz stavkasi bilan birga inflyatsiya tufayli yo'qotilgan xarid
qobiliyiatini ham to'laydi. Kutilmagan inflyatsiya obligatsiyalar daromadini
kutilganidan kamroq qiluvchi omillardan biri bo'lganligi sababli, inflyatsiyadan
himoyalangan obligatsiyalar obligatsiya egasini ana shunday riskdan himoya qiladi. Bu
kabi obligatsiyalar, ayniqsa o'z aktivlarining real xarid qobiliyatini oshirishni istagan
pensionerlarga juda ma'qul keladi
(121)
.
Bundan tashqari, obligatsiyalarga foiz stavkalarining o'zgarishi ham qo'shimcha
risk tug'diradi. Faraz qilaylik, siz 1000 yevroga foiz stavkasi 5 ga teng 30 yillik
obligatsiyani xarid qilasiz. Ushbu obligatsiya 30 yil davomida sizga yiliga 50 yevrodan
foiz to'laydi va muddati tugashi bilan sizga 1000 yevroni qaytarib to'laydi. Biroq, agar
siz obligatsiyani xarid qilganizdan so'ng umumiy foiz stavkalar 10 foizga ko'tarilsa,
unda obligatsiyangiz bahosi siz to'lagan bahoga nisbatan ikki baravarga tushib ketadi.
Sababi nima? 10 foiz stavkada investor 500 yevrolik obligatsiya bilan yiliga 50 yevrodan
foiz ko'rinishida daromad olishi mumkin. Demak, boshqalar sizning 1000 yevrolik
obligatsiyangizni 500 yevroga sotib olishi mumkin. Aksincha, agar siz 5 foizli 30 yillik
obligatsiyani sotib olganingizdan so'ng foiz stavkasi 2,5 ga tushib ketsa, unda
obligatsiyaning bahosi deyarli ikki baravarga oshadi. Agar yaqin besh yil ichida biror
narsa xarid qilish uchun mablag' jamg'arayotgan bo'lsangiz, obligatsiya bahosidagi
bunday o'zgaruvchanlik (yoki riski) siz uchun ma'qul emas. Biroq, agar obligatsiyani
butun 35 yil davomida ushlab tursangiz, unda siz butun 1000 dollaringizni qaytarib
olasiz va ushbu muddat davomidagi obligatsiya bahosi tebranishi sizga ta'sir qilmaydi.
Shuning uchun obligatsiyaning muddati sizga mablag' kerak bo'lgan vaqt bilan
mutanosib bo'lgani ma'qul.
Investitsiya portfeli qancha muddat faqat aksiyalardan iborat bo'lishi va qachon
ularni obligatsiyalar bilan almashtirgan ma'qul? Bu investitsiya qilingan mablag'ga
qachon muhtojlik sezishingizga bog'liq. Avval qayd etib o'tganimizdek, qisqa muddatli
investitsiyalar uchun obligatsiyalar yaxshi instrument hisoblanadi. Masalan, ipoteka
kreditining 20 foiz boshlang'ich to'lovi uchun jamg'arayotgan yosh oila fond birjasiga
emas, balki obligatsiyalarga investitsiya qilgani ma'qulroq. Nega deganda, uy sotib olish
287
uchun odatda bor- yo'g'i bir necha yil jamg'arish yetarli bo'ladi. Bundan farqli o'laroq,
yosh oila yangi tug'ilgan chaqalog'ining universitetda ta'lim olishi uchun 18 yil, pensiya
uchun esa 35-45 yil jamg'arishi mumkin. Ikkala holatda ham aksiyalar deyarli butun
jamg'arma davri davomida investitsiya portfelining asosiy, balki butun qismini tashkil
qilishi lozim.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning ota-onasi bolaning universitetdagi ta'limi uchun
jamg'arishni tezroq boshlasa, ularda jamg'arish va aksiyalarning investitsiya riskini
diversifikatsiyalash uchun ko'proq vaqt bo'ladi. Ushbu holatda universitet ta'limi uchun
investitsiya portfelining bir qismi aksiyalardan iborat bo'lishi mantiqan to'g'ri bo'ladi.
2008–2009-yillardagi Buyuk iqtisodiy resessiya vaqtidagi aksiyalar narxlarining tushib
ketishi misolida ko'rganimizdek, hatto 18 yil muddatda ham aksiyalarda risk bor.
Universitet ta'limi uchun jamg'arayotgan investorlar investitsiya portfellarida
aksiyalarni kamaytirib, obligatsiyalar ulushini oshirish orqali risk darajasini
pasaytirihlari mumkin. Bu, ayniqsa, mablag'ga ehtiyoj vaqti yaqinlashganda qo'l keladi.
Har oy ma'lum miqdorda investitsiya qilib borish daromadingizning ko'payishida
muhim rol o'ynaydi. Agar bozor tanazzulga uchrasa, aksiyalarni arzonroq sotib olasiz,
bu esa tanazzulning ta'sirini kamaytiradi.
Aholi daromadlari va umr davomiyligi oshishi bilan pensiya uchun
jamg'arishning ahamiyati ham oshadi. Biz pensiyaga chiqqanda turmush tarzimizni
keskin o'zgartirib yuborishni yoki pasaytirishni va pensiya jamg'armamiz qariligimizda
yetmay qolishini istamaymiz. Pensiyaga chiqishga hali 10 yildan ko'proq vaqti bor shaxs
uchun diversifikatsiyalashgan aksiyalar portfeli eng yaxshi investitsiya portfeli bo'lishi
mumkin. Ehtiyotkor investor uchun investitsiya portfelining 10, 20 yoki hatto 40 foizi
obligatsiyalardan yoki naqd puldan iborat bo'lishi, garchi bu jami daromadning
pasayishiga olib kelsada, uning pensiya aktivlari barqarorroq bo'lishini ta'minlaydi.
Pensiya jamg'armasiga ehtiyoj yaqinlashishi bilan aksiyalardan iborat
investitsiya portfelida obligatsiyalarning ulushini bosqichma-bosqich oshirib borishni
boshlash maqsadga muvoqfiq bo'ladi. Buni qachon boshlash qisman pensiyaga chiqish
vaqtiga va qancha oylik daromad zarurligiga bog'liq. Katta investitsiya portfeliga yoki
pensiya daromadi ehtiyojidan ko'proq bo'lgan shaxslar kutiladigan daromadni
288
ko'paytirish uchun portfelning asosiy qismini uzoqroq muddatda aksiyalarda
saqlashlari mumkin. Obligatsiyalarga o'tishdan asosiy maqsad aksiyalarni vaqtinchalik
past narxda sotilish ehtiyojini oldini olishdan iborat. Oylik yashash xarajatlarini
qoplashga investitsiya portfelingizdan mablag'ga ehtiyoj qanchalik tez sezsangiz,
portfeldagi obligatsiyalar ulushini strategik ravishda bosqichma-bosqich ko'paytirish
orqali riskni pasaytirish muhimdir.
Ko'p mamlakatlarda pensiya jamg'armasi ma'lum darajada daromad solig'idan
ozod qilingan, bu esa jamg'armalarning tezroq o'sishini ta'minlaydi. Masalan,
Ukrainada nodavlat pensiya fondiga ajratmalar soliq to'lovlarini hisoblashda yalpi
daromaddan ish haqining 15 foizigacha bo'lgan miqdori chegirilishi mumkin va
investitsiya damoradi soliqqa tortilmaydi. Natijada jamg'armalar tezroq o'sadi
(122)
. Past
soliq stavkalari orqali davlat aholini pensiya uchun jamg'arishga rag'batlantiradi.
Bolgariya kabi ayrim mamlakatlarda jamg'armalar, investitsiyadan daromadlar va
xususiy pensiya fondlaridan to'lovlar barcha soliqlardan ozod qilingan
(123)
. Garchi ba'zi
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida hali xususiy pensiya fondlari mavjud
bo'lmasada, soliq imtiyozlari orqali pensiya fondlariga ixtiyoriy ajratmalar miqdorini
oshirish tendentsiyasi dunyo bo'ylab kuzatilmoqda. Agar soliq imtiyozlariga ega
xususiy pensiya hisob raqamini ochishning hozircha imkoni bo'lmasa, unda
jamg'arishni davom eting. Shunda bunday imkoniyat paydo bo'lishi bilan unga yiliga
maksimal ruxsat berilgan miqdorgacha ajratishni boshlashingiz mumkin bo'ladi
Shu paytgacha biz moliya bozoridagi risklar to'g'risida gapirdik, lekin pensiya
uchun jamg'arishda yana boshda, balki ancha muhimroq bo'lgan risk mavjud. Qancha
yashashimizni hech kim bilmaydi. Biz faqat o'rtacha umr davomiyligini (balki chekish
va ichish kabi o'tmishdagi xatti-harakatni inobatga olib hisoblanganini) bilamiz. Polsha
yoki Chexiyada 60 yoshli odamlar yana 21 yil yashashini kutish mumkin, lekin ba'zilar
bir yildan so'ng vafot etishlari mumkin, boshqalar 100 yoshga kirishi mumkin. Bunday
noaniqlikni qanday rejalashtirasiz? Buning bir yo'li juda uzoq umr ko'rishni mo'ljallab
jamg'arishdir. Shunda, agar vaqtliroq vafot etsangiz, jamg'armangizni oilangizga yoki
arzigulik xayriyaga (balki iqtosidiy ta'limga ko'maklashadiganiga!) qoldirishni tashkil
qiling. Biroq riskdan qochadigan odamlar boshqa yo'lni tanlaydilar. Biror bir kishining
289
qancha umr ko'rishini bilishning ilojisi bo'lmasa ham, demograflar har bir guruhning
o'rtacha qolgan umrini juda aniqlik bilan aytib berishlari mumkin. 4.12-elementda
muhokama qilingan har qanday sug'urta kabi, siz o'zingizni «juda uzoq yashashdan»
sug'urta qilishingiz mumkin. Hisobchilar har bir guruh a'zosining o'rtacha umrini aytib
bera olarkan, barchaning jamg'armasini to'plab, vaqtli vafot etganlar uzoq umr
ko'rganlarni subsidiya qilishsachi? Bunday shartnomalar «annuitet» deb nomlanadi.
Pensiya uchun jamg'arishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar uchun
maslaxatlarimiz quyidagicha: 1) pensiya uchun jamg'arishni erta boshlang, 2)
diversifikatsiyalshgan aksiyalardan iborat investitsiya portfelini mablag'ga ehtiyoj
yaqinlashganda kam daromadli, riski kam aktivlarga, jumladan, obligatsiyalarga
yo'naltiring, va 3) pensiya dasturi uchun ko'zda tutilgan soliq imtiyozlaridan
foydalaning.
Qanday qilib va nimaga investitsiya qilish uchun ehtiyot bo'lish kerak bo'lgan
narsalar ko'p. Siz ushbu ogohlantirishlarni yodingizda tuting.
Video:
Mavjudlik noxolisligi
Video:
Yo'qotishdan qochish
Video:
Vatan noxolisligi
Video:
Poda instinkti
|