326
sariq chiroqda tezlikni oshirish yoki to'xtashga tayyorlanish va qizil chiroqda to'xtash;
(3) tezlikni cheklangan tezlik darajasidan soatiga 10 mildan oshirmaslik hamda (4)
masofani saqlash. Ushbu qoidalar manzilimizga xavf-xatarsiz va qulay yetishga bo'lgan
istagimizni barchaning manfaatiga xizmat qiluvchi qulay xulq namunasiga
aylantiradi
(2)
.
Qoidalar to'plami qanday qilib shaxsiy rag'batlantiruvchi omillarni ijtimoiy
hamkorlikka chorlash uchun muhit yaratishiga bozor iqtisodiyoti eng yaxshi misoldir.
Bozor iqtisodiyoti rag'bat omillarini bevosita yaratmaydi. Haqiqatan ham, bozorlar tub
ma'noda umuman rag'bat yaratmaydi. Eng muhim rag'batlar shaxslarning sub'ektiv
istaklaridan kelib chiqadi: sevgi topish rag'bati, hurmat qozonish, dunyoni yaxshiroq
joyga aylantirish, oilasini ta'minlash kabilar. Bozor insonlarga o'z istaklarini
boshqalarga bildirishi uchun imkon beruvchi turli rag'bat omillarini uyg'unlantiruvchi
xulqiy qoidalardan iborat. Bozorning rag'batlantiruvchi omillari sifatida tanilgan narx,
foyda va zararlar insonlarning o'zaro munosabatlari natijasida vujudga kelgan.
Faqatgina bozorlar orqali bildirish mumkin bo'lgan ushbu rag'batlar ijtimoiy
hamkorlikka olib keladigan ma'lumotga ega.
Yakuniy savollar: Nega shaxsiy rag'batlar bozorlar orqali ijtimoiy hamkorlikka
olib kelishini endi tushuntira olasizmi? Shaxsiy rag'batlantiruvchi omillar dunyoni
yaxshilik tomon boshlaydi, deb o'ylasizmi? Nega ha yoki nega yo'q?
Element 1.1 ga qaytish
1. Ushbu misol bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagiga murojaat qiling: Robert B. Ekelund, Jr., and
Richard Ault, Intermediate Microeconomics: eory and Applications (Lexington, Mass.: D.C. Heath and Company, 1995),
pp. 21–22.
↩
2. Transportlar oqimi bo'yicha misol quyidagi manbadan olingan: Paul Heyne,
e Economic Way of inking, 8th ed.
(Upper Saddle River, N.J.: Prentice-Hall, Inc.), chapter 1.
↩