• Ragbat va Mahbuslarga Munosabat
  • Mantiqiy Iqtisodiyot




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Muallif: Duayt Li


    324
    Odamlarni rag'batlarning zarurligiga ishontirish muvofiq rag'batlarni topishdan
    murakkabroq emas. Albatta, biz insonlarni ma'qul bo'lgan hatti-harakatlarni qilishga
    chorlovchi rag'bat tizimini istaymiz, ammo nimalar ma'qul o'zi? Ba'zi hollarda buning
    javobi aniq. Lekin har doim ham emas.
    Har safar biror saxovatli ish qiliar ekansiz, yana boshqa bir saxovatli ish qilish
    imkoniyatingiz kamayadi. Bu resurslar tanqisligining muqarrar ta'siri bo'lib, u muqobil
    qiymat tushunchasida o'z aksini topgan. Har qanday holatda ham muqobil tanlov
    mavjud bo'lib, biz eng to'g'ri yo'lni tanlashimiz uchun odatda juda ko'p manbalardan
    ma'lumot izlashimiz zarur. Demak, rag'batning ikkita muhim vazifasi bor: (1) eng
    maqbul harakatlar to'g'risida ma'lumot yetkazib berish va (2) ularning ijrosini
    ta'minlash uchun odamlarni undash.
    Rag'bat va Mahbuslarga Munosabat
    Ba'zi hollarda faoliyatning ma'qul yo'nalishi aniq, bu esa odamlarni ushbu
    faoliyatga chorlovchi rag'batning kuchiga diqqatimizni qaratishimizga imkon beradi.
    Britaniya hukumatining 1860-yillarda Avstraliyaga mahbuslarni tashish bo'yicha kema
    kapitanlari bilan shartnoma tuzish amaliyoti bunga yaxshi misol bo'ladi. Avstraliyaga
    jo'natilgan mahbuslarning omon qolish darajasi atigi 40 foizni tashkil etib, bu hammaga
    ma'lum bo'lganidek, juda ham past ko'rsatkich hisoblangan. Insonparvarlik guruhlari,
    cherkov va davlat muassasalari ahloqiy nuqtai nazardan kelib chiqib, kapitanlarni
    mahbuslarning omon qolish darajasini oshirish uchun ular bilan yaxshi munosabatda
    bo'lishga chaqirdi. Ushbu chaqiruvga qaramasdan, yashash ehtimoli 40 foizligicha
    qoldi.
    Nihoyatda, Edvin Chedvik ismli iqtisodchi rag'batlantirish tizimiga o'zgartirish
    kiritish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Chedvik Angliyada kemaga chiqqan har bir mahbus
    uchun kapitanlarga haq to'lash o'rniga, ularga haqni kemadan Avstraliyaga qadam
    qo'ygan har bir mahbus uchun to'lashni taklif qiladi. Bu darrov keskin o'zgarishga olib
    keldi. Mahbuslarning omon qolish darajasi 98 foizgacha oshdi, chunki kapitanlarni
    mahbuslar sog'lig'ini himoya qilishga rag'batlantirish ortidan har bitta kemaga


    325
    joylashtirilgan mahbuslar soni kamaytirildi, ular safar davomida yaxshiroq ovqat bilan
    ta'minlandi va gigienaga e'tibor qaratildi
    (1)
    .

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish