323
Element 1.1 ga qaytish
Rag'batning kuchi
Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, rag'batlantirish nima va nima sababdan u
ahamiyatga egaligini o'ylab ko'ring.
Insonlarni muayyan faoliyatga chorlashning eng ishonchli yo'li bu ularni shu
faoliyat uchun taqdirlash, ya'ni rag'batlantirishdan iborat. Bu shunchalik ravshanki,
uni alohida ta'kidlab o'tishga arzimaydi, deb o'ylashingiz mumkin. Lekin uni qayd
etishga arziydi.
Insonlarni foydali ishni qilishi uchun ularni taqdirlash (yoki ularga pora berish)
lozim emas, deb aytishingiz mumkin. Rag'batlantirishning zarurligini tan olsangizda,
foydali faoliyatga boshlovchi rag'batlantiruvchi omillarni qanday aniqlash oldindan
ravshan emas.
Men yaqinda rag'batlantiruvchi omillardan xayrixoh maqsadlarda foydalinishga
ba'zi insonlarda uchraydigan hissiy qarshilikka duch keldim. Zimbabve va Janubiy
Afrikadagi fillarni muhofaza qiluvchi siyosatdan aholi manfaatdorligi tufayli fillar
to'dasi ko'payib borayotganlini ta'kidlab o'tgan edim. Atrof-muhit muammolariga
befarq bo'lmagan talabalardan biri agar fillarni muhofaza qilishning yagona yo'li
odamlarning moddiy manfaatdorligiga bog'liq bo'lsa, unda ularni muhofaza
qilinmagani ma'qul, deb javob qaytardi. Boshqacha qilib aytganda, agar oqibatda faqat
fillarning o'zi jabr ko'radigan bo'lsa, u o'z printsipida qolishga tayor edi. Uning
printsipiga asosan, o'ylaymanki, uning bu nuqtai nazariga xayrixoh bo'lganlar ham
topiladi, yaxshi ishlar o'z manfaatini ko'zlash orqali emas, balki hamdardlik va
g'amxo'rlikka asoslanishi kerak. Men unga agar uni hayotini saqlash uchun nozik
jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda ushbu amaliyotni jarroxning o'rnida onasi
bajarishiga rozi bo'lsa, unda men uning ma'naviy qarashidan ta'sirlangan bo'lar edim,
deb aytishdan o'zimni tiya olmadim.