Erkinlik eng katta afzallikdir
Men yuqorida amalda hech qachon erishib bo'lmaydigan «mukammallik»
darajasi haqida gapirdim. Tegishli marjinal ko'rsatkichlar hech qachon to'liq tenglikka
kelmaydi, chunki xom ashyo va mahsulot qiymatlariga doimo o'zgarib turuvchi son-
sanoqsiz istaklar, shart-sharoitlar va texnologiyalar ta'sir ko'rsatadi. Biroq, bozor
narxlari doimo o'zgarib, yangi shart-sharoitlar to'g'risida ma'lumot berib turadi va
marjinal tenglikka olib keluvchi faoliyatni rag'batlantiradi. Bu xarajatlarni kamaytiradi
va ishlab chiqariladigan mahsulotning qiymatini oshiradi. Bozorning ushbu
moslashtiruvchi kuchlari, har bir qaror qabul qilivchi shaxs tomonidan o'zgalar
qarorlarini nazaridan chetda qoldirmasligini hisobga olgan holda, iqtisodiy qarorlar
qiymatini maksimallashtirishni har qanday davlat rejalashtirish muassasasidan
yaxshiroq uddalaydi.
Lekin bozorning eng katta afzalligi u ta'minlagan erkinlikdadir. Biror davlat
muassasasi odamlarni katta-katta toifalarga ajratib, ularni o'zi ko'zlagan farovonlik
338
tomon qanday harakat qilishga chaqirishidan ko'ra odamlar o'z shaxsiy qadriyatlarini
himoya qilishlari va o'z tashvishlarini o'zlari hal qilishlari mumkin. Masalan, agar
tadbirkor kam ta'minlangan oilalardan yoshlarni ishga yollashni yoki biroz vaqtini
volontyorlik faoliyatiga bag'ishlashni istasa, unda uning biznesi maksimal foyda
olmasligi mumkin. Yoki ishchi xasta ota-onasidan uzoqqa ketib qolmaslik uchun katta
maosh taklif qilgan uzoqdagi ishni tanlamasligi mumkin. Odamlar bunday qarorlarni
kundalik qabul qiladilar va ular bilan bog'liq qadr-qimmatlarni hech qaysi siyosiy
jarayonlar orqali almashib yoki siyosiy tashkilotlar tomonidan hisobga olib ham
bo'lmaydi. Biroq, odamlar o'z qadr-qimmatlari va tashvishlarini qabul qilgan
qarorlarining bozor narxlariga ta'siri orqali almashishlari mumkin. Bunda ular
boshqalar ham ularning ushbu tashvishlarini o'z qarorlarida hisobga olishiga ishonch
bilan qarashlari mumkin. O'zaro moslashishlar va muvofiqlashtirishlar natijasi o'laroq
markaziy boshqaruvchi orqali yetishish mumkin bo'lgan miqdordan ancha mo'l boylik
va imkoniyatlar yaratiladi.
Yakuniy savol: Davlat yoki firmadan qaysi biri ishlab chiqarish hajmini va uning
qiymatini maksimal darajaga oshirishda yaxshiroq natijaga erisha oladi? Tushuntirib
bering.
Element 1.3 ga qaytish
1. Misol uchun, agar 1 dollarlik X ishlab chiqarish resursining marjinal unumdorligi 2 ga teng bo'lsa, 1 dollarlik Y
ishlab chiqarish resursining marjinal unumdorligi esa 1 ga teng bo'lsa, unda korxona X resursdan foydalanish
hajmini 1 dollarga ko'paytirishi (bu esa mahsulotni 2 birlikka oshiradi), Y resursdan foydalanish hajmini esa 2
dollarga kamaytirishi (bu esa mahsulotni 2 birlikka kamaytiradi) orqali 1 dollarga kam xarajat sarf qilib, ayni
miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishi mumkin.
↩
2. Agar firma monopolist bo'lsa, ushbu izohni qo'shimcha sharhlash talab etiladi, chunki bunda narx marjinal
daromaddan farq qilishi bizga mikroiqtisodiyot fanidan ma'lum. Agar davlat tomonidan himoya qilinmasa, ushbu
monopoliyaga bog'liq farqlik uzoq muddatga qiyoslansa ancha bezarardir. Haqiqatan ham, agar korxonalar
339
«monopoliya» hukmronligiga yetishishga harakat qilsa va vaqtinchalik bunga erishsa, unda faol iqtisodiyotning
samaradorligi oshadi.
↩
Duayt Li muallifligi ostidagi «Bozorlar va marjinalizm» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr
qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
340
Element 1.4 ga qaytish
|