343
rag'batlantirishidan vujudga kelgan hamkorliksiz ixtisoslashuvning afzalliklaridan
to'liq foydalanish uchun kifoya emas. Braziliyaliklar jinsi kiyimlarini ko'proq xarid
qilish bo'yicha istaklarini dunyo mamlakatlaridagi barcha kiyim-kechak ishlab
chiqaruvchilarga ketma-ket faks, elektron pochtasi va telefon orqali xabar berishlari
mumkin. Balkim, bularni yer sharining har qanday nuqtasidan bir kechada yetkazib
berish mumkin ham deylik. Biroq, nisbiy bozor narxlarining o'zgarishi to'g'risidagi
ma'lumotlarsiz Braziliyaliklar paxta yetishtiruvchilarning, qishloq xo'jaligi uchun
kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning, bo'yoq ishlab chiqaruvchilarning,
to'qimachilik sohasi ishchilarining, yuk mashinasi haydovchilarining, samolyot
uchuvchilarining, savdogarlarning va son-sanoqsiz boshqa odamlarning jinsi
kiyimlarini talab qilingan miqdorda va fasonda Braziliyaga yetkazib berish bo'yicha
alohida hatti-harakatlarini muvofiqlashtirishga rag'batlantira olmaydi.