Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Muallif: Duayt R. Li


346
Odamlar har kuni yetarli darajada xavfsiz bo'lmagan mahsulotlardan
foydalanganliklari bilan bog'liq baxtsiz hodisalar tufayli jarohat oladilar yoki halok
bo'ladilar. Amaldagi huquq tizimi baxtsiz hodisa tufayli jarohat olganlarni «xavfli»
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar ustidan sudga da'vo bilan murojaat qilishga bu qadar
undashi hech qachon avval bu darajada kuzatilmagan. Bu kabi da'volarning
ko'payishiga da'vogarlar va ularning advokatlariga to'lov miqdorining kattaligi sabab
bo'lib, gohida bu to'lov miqdori nihoyatda katta bo'lishi ham mumkin. Masalan, 1999-
yilda General Motors korxonasi olti nafar kishiga ularning 1979-yilda ishlab chiqarilgan
Malibu avtomobiliga soatiga tezligi 50-70 mil bo'lgan va mast kishi tomonidan
boshqarilgan mashina kelib to'qnashuvi natijasida yonib ketishi tufayli, ular kuyishdan
olgan jarohatlari uchun ular foydasiga 4,9 milliard dollar to'lashi to'g'risida ajrim
chiqarilgan edi
(1)
.
Korporatsiyalar ko'proq foyda olish uchun inson hayotini xavf ostiga qo'yadi
degan ayblovlarning yangrashi, sud hay'at a'zolari qarorlariga va aholi fikriga ta'sir
ko'rsatib, katta to'lov to'lash to'g'risida hukm chiqarilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Bu ayblov adolatlimi? Shubhasiz. Biroq, bu korporatsiyalarni tanqid qilish degani
emas, balki bu bozor iqtisodiyoti to'g'ri faoliyat yuritayotganini aks ettiradi.
Korporatsiyalar ko'proq foyda olish uchun tez-tez mijozlari hayotidan kechib turishidan
biz hammamiz manfaatdor bo'lamiz. To'g'ri, omadimiz chopgan, chunki
korporatsiyalarni ularning foydasini oshirish uchun xavfliroq mahsulotlarni ishlab
chiqarishga yo'l qo'yadigan iqtisodiyotda yashaymiz. Foyda uchun hayotdan
kechishning ma'qulligi sut, pechenye yoki yotishdan oldin kitob o'qish kabi quvonchli
hodisa bo'lmasada, u hayotimizning achchiq haqiqati.
Haqiqat esa taqchillik bilan bog'liq. Kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish
imkoniyati cheklangan. Agar biz biror narsani ko'proq istasak, boshqa narsalarni
kamroq bo'lishiga kifoyalanishimizga to'g'ri keladi. Foyda uchun xavfsizlik choralariga
e'tiborning susayishidan norozi bo'lganlar, ushbu haqiqatni e'tibordan chetda
qoldiradilar. Masalan, agar mashinalar «Sherman» tanklari kabi ishlab chiqarilganda
edi, yo'l harakati bilan bog'liq halokatlar soni qisqargan bo'lar edi. Lekin bu qo'shimcha
xavfsilik benzin iste'molining oshishiga, qulaysizlikka, tezlikning pasayishiga va


347
to'xtash joyining qulaysizligiga olib kelgan bo'lar edi. Tankomobil uchun haddan
tashqari katta narx to'lab, natijada ko'plab boshqa narsalarni xarid qila olmasligimizni
aytmasa ham bo'ladi. Avtomobil xavfsizligi tankomobil darajasiga yetmasidan ancha
avvalroq, qo'shimcha umr davomiyligining marjinal qiymati voz kechishga to'g'ri
kelgan boshqa narsaning marjinal qiymatidan ancha kichik bo'lgan bo'lar edi. Yo'l
harakati bilan bog'liq o'lim darajasini avtomobillarni imkon qadar xavfsiz qilib ishlab
chiqarish orqali iloji boricha kamaytirish mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Download 9,85 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish