Men — qalam va mening shajaram Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, bozorlar qanday qilib millionlab odamlarni
bir-birlari bilan hamkorlik qilishga chorlovchi tarmoqni barpo etishini tushuntirib
bering.
Men grafitli qalamman, yozish va o'qishni biladigan barcha bolalar hamda
kattalarga tanish oddiy yog'och qalamman. Yozish — bu mening kasbim va ko'ngilochar
mashg'ulotim. Faqat shu qo'limdan keladi.
Men nima uchun shajaramni yo'zishim lozimligiga qiziqayotgan bo'lsangiz
kerak. Avvalambor, hikoyam qiziqarli. Undan keyin, men daraxt, quyosh botishi yoki
hatto chaqmoq chaqishi kabi mo'jizalardan ham jumboqliroqman. Afsuski, mendan
foydalanuvchilar meni odatdagidek qabul qilib, menga xuddi arzimas, nasl-nasabi yo'q
bir narsadek qaraydilar. Bu takabbur munosabat meni o'rtamiyona darajaga tushuradi.
Bu o'ta chuqur alamli xato bo'lib, uning uzoq davom etishi insoniyat uchun xavflidir.
Nega deganda, donishmand G. K. Chesterton ta'kidlaganidek: «Biz mo'jizalar yo'qligidan
emas, balki mo'jizalarga e'tiborimiz yo'qligidan kasodga uchrayapmiz.»
Men, Qalam, garchi oddiy ko'rinsam ham, sizning hurmat va e'tiboringizga
loyiqman. Men shuni isbotlashga harakat qilmoqchiman. Aslida, agar meni tushuna
olsangiz — uzr, buni birovdan talab qilishning o'zi katta narsa — agar men mo'jizaning
ramzi ekanligimni anglasangiz, insoniyat umidsizlik bilan qo'ldan boy berayotgan
erkinlikni saqlab qolishga o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz. Sizga jiddiy dars berishim
mumkin. Avtomobil, samolyot yoki idish yuvish mashinasiga qaraganda bu ish mening
qo'limdan yaxshiroq keladi, chunki men ko'rinishimdan juda oddiyman.
Oddiymi? Hanuzgacha dunyodagi hech bir inson meni qanday yasashni
bilmaydi. Hayoliy narsadek tuyuladi, to'g'rimi? Ayniqsa, faqat Qo'shma Shtatlarining
o'zida menga o'xshaganlardan har yili bir yarim milliard dona ishlab chiqarilishini
Muallif: Leonard E. Rid
351
hisobga olsak.
Meni qo'lingizga olib, e'tibor bilan qarangchi. Nima ko'ryapsiz? Ko'zga
tashlanadigani ko'p emas: ozroq yog'och, lak, yorliq, grafit, ozroq temir va o'chirg'ich.