Son-sanoqsiz dalillar
Agar men, Qalam, ozod inson nimalarga qodir ekanligiga yagona guvoh
bo'lganimda edi, unda shubha qiluvchilarda asos bo'lishi mumkin edi. Lekin son-
sanoqsiz boshqa dalillar ham mavjud. Pochta xizmati, masalan, avtomobil, kalkulyator,
don yig'ish kombayni, freza dastgohi yoki o'n minglab boshqa buyumlarni ishlab
chiqarishga qaraganda ancha sodda hisoblanadi. Aloqa va yetkazib berish xizmatichi?
Nega erkinlik berilgan bu sohada odamlar inson ovozini dunyoning narigi chekkasiga
356
bir soniyadan kam vaqtda uzatadilar; voqealarni, ular sodir bo'lishi zahotiyoq,
harakatlanuvchi tasvir ko'rinishida har bir uyga uzatadilar; 150 nafar yo'lovchini
Sietldan Baltimorga to'rt soatdan kamroq vaqtda tashiydilar; Texasdan Nuy-Yorkdagi
plita yoki o'choqqa aql bovar qilmas arzon narxlarda va subsidiyasiz tabiiy gaz yetkazib
beradilar; har to'rt funt ne ni Fors ko'rfazidan dunyoning yarmicha uzoqlikdagi
Amerikaning sharqiy qirg'oqlariga ancha arzonga, bir untsiya og'irlikdagi xatni
ko'chaning narigi qismiga tashish uchun davlat so'raydigan to'lovdan ham arzonroqqa
tashiydilar?!
Sizga bermoqchi bo'lgan darsim quyidagidan iborat: ijodiy mehnatga erkinlik
bering. Jamiyat ushbu darsning xulosasi bilan uyg'un yashashini ta'minlang.
Jamiyatning huquq apparati barcha to'siqlarni olib tashlashiga yo'l bering. Ushbu ijodiy
nou-xaular erkin rivojlanishiga imkon bering. Erkin odam iqtisodiyotning «ko'rinmas
qo'l» chaqiriqlariga javoban harakatlanishiga ishoning. Ishonchingiz albatta o'z
tasdig'ini topadi. Men, Qalam, ko'rinishimdan oddiy bo'lishimga qaramasdan, bu
ishonch xuddi quyosh, yomg'ir, kedr daraxti va ona zamin kabi haqiqiy ekanligiga
yaralishim mo'jizasini dalil sifatida taqdim etaman.
Yakuniy savol: hamkorlik tarmog'i qanday qilib mamlakat ishlab chiqarish
potensialini nihoyatda kengaytirib, zamonaviy hayot standartlariga poydevor bo'ladi?
Element 1.8 ga qaytish
Leonard E. Ridning «Men — qalam» maqolasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr qilish yoki
tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.
357
Element 1.9 ga qaytish
|