Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini
ko'paytirish
1840-yillarda Frantsuz siyosatchisi Bordoda yangi ish o'rinlarini yaratish
maqsadida Parij-Ispaniya temir yo'lining Bordodagi qismini portlatishni qo'llab-
quvvatlovchi taklif bilan chiqdi. Yuklar bir poezddan boshqasiga ko'chirilishi,
yo'lovchilarga esa mehmonxonalar kerak bo'lishi yangi ish o'rinlarini yaratishi mumkin
edi. (Bu taklif XIX asr iqtisodchisi va ocherk yozuvchisi Frederik Bastia tomonidan
«Iqtisodiy safsatalar» kitobida [94-95 betlar] muhokama qilinib, rad etilgan. Kitob bilan
Iqtisodiy ta'lim fondining tegishli veb-saytida tanishish mumkin).
Bu taklif mening oyiga besh tsentga odamlarni yollash to'g'risidagi taklifimdan
ham bema'niroq. Men bekordan-bekorga yetkazilgan zararni qisman bartaraf qilishdan
ko'ra hech bo'lmaganda qandaydir qiymatni yaratish uchun ishchi yollagan bo'lar edim.
Afsuski, vayronagarchilikka asoslangan iqtisodiy dasturlarning bema'niligi ularning
taklif qilinishi yoki amalga oshirilishining oldini olmaydi. Ish o'rinlari yaratilishini
ro'kach qilib, siyosatchilar odatda ma'lum qiymatga ega mahsulotni ishlab chiqarish
uchun zarur bo'lgan mehnat miqdorini oshiradigan qarorlarni qabul qiladilar.
Importni cheklashning sabablaridan biri mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini
yaratishdir (yoki himoya qilish). To'g'ri, temir yo'li qismini portlatish mahalliy ish
or'inlarini yaratgani kabi bu ham mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini yaratadi. Biroq,
temir yo'lining buzilgani singari importni cheklash ham qadrli mahsulotlarni ishlab
chiqarish tannarxini oshiradi. Mamlakat mahsulotlarni import qilishining yagona
sababi import ushbu mahsulotlarni olishning eng arzon yo'li. Import qilingan
mahsulotlarni tashqi savdo orqali olish ularni bevosita ishlab chiqarishga nisbatan
kamroq ish kuchi talab qiladi. Shu jihatdan savdo texnologik taraqqiyotga o'xshaydi: u
bo'shagan ish kuchini iste'mol uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini


360
ko'paytirishga yo'naltiradi. Importni cheklash orqali ish o'rinlarini yaratish xuddi temir
yo'llarni va zavodlarni barbod qilish orqali yoki ishchilardan zamonaviy yer
kavlaydigan asbob-uskunalar o'rniga belkuraklardan foydalanishni talab qilish orqali
ish o'rinlarini yaratishga o'xshaydi.
Shuni yoddan chiqarmangki, ish o'rinlarini yaratish iqtisodiy faoliyatning
yakuniy maqsadi bo'lgan boylik yaratish uchun bir vosita xolos.

Download 9,85 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish