• Ish orinlarini yaratish muammo emas Butun iqtisodiy faoliyatning maqsadi cheklangan resurslardan (jumladan, inson Muallif: Duayt Li
  • Ish o'rinlari yoki boylik yaratish




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Ish o'rinlari yoki boylik yaratish
    Mulohaza uchun savol: davlat ish o'rinlari yaratish uchun harbiy bazalar va magistral
    yo'llar qurishi kerakmi?
    Davlat siyosati odatda yaratilgan ish o'rinlari nuqtai nazaridan baholanadi.
    Importni cheklashga mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini himoya qilish va yaratishning
    usuli deb qaraladi. Soliq imtiyozlari va soliq bo'yicha bo'shliqlar davlat qo'llab-
    quvvatlagan faoliyatlarda bandlikni osirish maqsadida tez-tez qo'llanilib turadi.
    Prezidentlar ular lavozimga kirishganidan keyin yaratilgan ish o'rinlarini faxr bilan
    qayd etadilar. Go'yoki, qanchalik yangi ish o'rinlari yaratilsa, prezident ma'muriyati
    ham shunchalik muvaffaqiyatli. Davlat xarajati tarafdorlari davlat dasturlari doirasida
    yaratilajak ish o'rinlarini qayd etishni hech kanda qilmaydilar. Hattoki urush ham ish
    o'rinlari yaratishdagi roli tufayli ijobiy tomondan qaraladi.
    Umuman olganda, ish o'rinlari yaratishning yomon tomoni yo'q. Ish — bu
    odamlar uchun boylik yaratishining muhim vositasi. Shu sababli ish o'rinlari
    yaratilishiga e'tiborni tushunsa bo'ladi. Biroq, aslida biz boylikni ko'paytirishni
    istashimiz, ish o'rinlari esa shunchaki bunga yetishish vositasi ekanligini odamlar
    unutib qo'yadilar. Shu oddiy haqiqat unutilsa, ish o'rinlarini yaratish asosiy maqsad
    degan yanglish fikrga odamlarni osonlik bilan ishontirish mumkin. Garchi bu fikrlar
    xolis tuyulsada, ulardan boylikni yaratish maqsadida emas, balki uni yo'q qilishga
    qaratilgan dasturlarni qo'llab-quvvatlashda foydalaniladi. Afsuski, bunga juda ko'p
    misollarni keltirish mumkin. Quyida ularning ba'zilarini ko'rib chiqamiz.
    Ish o'rinlarini yaratish muammo emas
    Butun iqtisodiy faoliyatning maqsadi cheklangan resurslardan (jumladan, inson
    Muallif: Duayt Li


    358
    mehnatidan) imkoni boricha unumli foydalanib, qiymat yaratishdan iborat. Ammo
    resurslar taqchilligini bartaraf etishga qanchalik harakat qilmaylik, uni yenga
    olmaymiz. Natijada, biz hech qachon barcha istagan narsalarga erisha olmaymiz.
    Mavjud ish hajmi bajarilishi mumkin bo'lgan miqdordan doimo ortiq bo'ladi. Shu sabali
    ish o'rinlari yaratish muammo emas. Muammo maksimal qiymatga ega mahsulotlarni
    ishlab chiqarishga moslashgan ish o'rinlarini yaratishda. Tasdiqlanmagan hikoyaga
    ko'ra, bir muhandis Xitoyga safari davomida bir guruh odamlar to'g'onni kirka va
    belkuraklar bilan barpo etayotganiga duch keladi. Muhandis ishchilarning
    nazoratchisiga agar odamlarga yer qaziydigan motorli texnika berilsa, ular ishni oylab
    emas, balki bir-necha kunda bitirishi mumkinligini aytganda, nazoratchi texnika ko'p
    ish o'rinlarini yo'q qilishini aytadi. Shunda muhandis: «Maqsadingiz to'g'on qurish deb
    o'ylabman-a», deb kinoya bilan javob qaytaradi. «Agar sizga ko'proq ish o'rinlari kerak
    bo'lsa, unda ishchilarga belkurak o'rniga qoshiq berib qo'ya qoling».
    Jorjiya universitetidagi talabalarimga aytib berganimdek, agar ishchilar menga
    arzonga, masalan oyiga besh tsentga, ishlab bersa, unda men Afina talabalar
    shaharchasidagi hamma aholini ishga yollashga tayyorman. Agar oylik ish haqini undan
    ham biroz pasaytirsak, unda men butun Jorjiya shtati aholisini yollashga tayyorman.
    Agar men ishchilarni shu stavkada yollasam, ularga to'g'onni qoshiq bilan barpo qilishni
    aytib, foyda olishim mumkin edi. Albatta, talabalar taklifimning bema'niligini
    tushunadilar, chunki ular boshqa ishda ko'proq ish haqi olishlari mumkin. Bu misol
    diqqatni yaratiladigan yoki yaratilmagan qiymatga emas, balki ish o'rinlariga qaratish
    noto'g'ri ekanligini yaqqol ko'rsatadi. Talabalarim men taklif etgan ishdan ko'ra
    yuqoriroq ish haqi to'laydigan ishlarda ko'proq qiymat yaratadilar. Ochiq mehnat
    bozorlarida shakllanadigan ish haqi katta afzallikka ega, chunki bunda odamlar
    shunchaki ishga emas, balki ular eng ko'p qadrlagan ish joyiga jalb etiladi.
    Bozor sharoitlarida shakllangan ish haqining yana bir afzalligi shundaki, unda
    ish beruvchilar ishchilarni ishga yollashning muqobil qiymatini hisobga olishlariga
    to'g'ri keladi. Shuningdek, ular doimo ayni qiymatni kamroq ishchi yollash orqali
    yaratish yo'llarini qidiradilar. Iqtisodiy farovonlik ayni miqdordagi yoki sifatliroq tovar
    va xizmatlarni kamroq ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish orqali erishiladi. Ayrim ish


    359
    o'rinlarining tugatilishi natijasida bo'shagan ish kuchi yangi va samaraliroq ishlab
    chiqarishga yo'naltiriladi. Farovonlikning manbaini anglamaslik tufayli zararli davlat
    siyosatiga xayrixohlik bilan qarash keng tarqalgan.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish