353
Endi yorlig'iga e'tibor bering. U qorakuya bilan smola aralashmasini qizitishdan
hosil bo'lgan yupqa plyonka. Smola qanday yasalishini va qorakuya nima ekanligini
bilasizmi?
Mening mayda metall halqam mis va ruh qotishmasidan yasalgan. Rux va mis
qazib olishda ishtirok etgan konchilarni va shu tabiiy boyliklardan yaltiroq tunuka
ishlab chiqargan ishchilarni tasavvur qiling. Gardishimdagi qora halqalar — qora nikel.
Qora nikel nima o'zi va u nimalarda ishlatiladi? Gardishimning markazi nima uchun
qora nikel emasligining tarixini tushuntirish uchun ancha varaq kerak bo'ladi.
Va nihoyat mening sharafli tojimga to'xtalsak. Qalam yasovchilar orasida
«po'kak» deb tanilgan bu qismni odamlar men bilan qilgan xatolarini o'chirishda
foydalanadilar. Uning tarkibiy qismlaridan biri «faktis» o'chirish vazifasini bajaradi. U
Gollandiyaning Ost-Indiyasidan keltirilgan kolza o'simlik yog'i bilan oltingugurt xloridi
reaksiyasidan olingan rezinasifat mahsulot. Ommabop fikrdan farqli o'laroq, rezina
faqat biriktirish uchun kerak. Undan tashqari, qotiruvchi va tezlashtiruvchi moddalar
ham ishlatiladi. Pemza toshi Italiyadan keltiriladi, «po'kak»ga rang beruvchi bo'yoq
modda kadmiy sulfiddir.