345
Element 1.6 ga qaytish
Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish
Mulohaza uchun savol: Avtomobil ishlab chiqaruvchilar foyda uchun inson hayotidan
kechadilarmi? Nima sababdan inson hayotining qiymati va foyda o'rtasida tafovut
bo'lishi mumkin?
Odamlar hayotning bebaholigi to'g'risida tez-tez gapirsalarda, ular har kuni
hayotlariga o'z faoliyatlari orqali baho beradilar. Odamlar xushchaqchaqlik qilish uchun
yoki qulaylik va mablag' tejash maqsadida doimo ehtiyot choralalariga rioya
qilmasliklari tufayli hayotlarini xavf ostiga qo'yadilar. Odamlar o'zlari qardlagan
narsalarga erishish uchun o'z ixtiyorlari bilan tavakkalchilikka qo'l urib, o'z hayotlariga
baho beradilar. Ular hayotlarining marjinal qiymati hattoki keragidan ortiqcha
ovqatlanish, jismoniy mashq qilmaslik, haydashda tezlikni oshirish kabi harakatlar
natijasida olgan zavq darajasidan ham pastroq ekanligini o'z hatti-harakatlari orqali
namoyish etadilar.
Afsuski, odamlar tavakkal qilganda, gohida achinarli hodisalarga duch keladilar.
O'zlarini xavf ostida q'oyganlari tufayli jiddiy jarohat olganlarga achinish tabiiy holdir.
Ammo hamdardligimiz tufayli voyaga yetgan odamlarning tavakkal ishga qo'l
urishlariga aralashishimiz ularga yaxshilik qilyapmiz degani emas, chunki ular afzal
ko'rgan va o'z vaziyatlaridan kelib chiqib amalga oshirgan faoliyatlari ular uchun
mantiqan to'g'ri bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsada, (1) hayotning marjinal qiymati
bebaho emasligini tan olmaydigan hamda (2) narx va foyda odamlarga o'z xohish va
istaklari to'g'risida korxonalarni xabardor qilishlarining samarali uslublari ekanligini
tushunmaydigan xolis niyatli odamlar bu boradagi siyosatlarga befarqligini yoki
qo'llab-quvvatlashini biz har kuni kuzatishimiz mumkin. Korporatsiyalar foyda uchun
inson hayotiga xavfli mahsulotlar ishlab chiqarishini eshitib, bu toifadagi odamlar
ahloqiy nuqtai nazardan bunga norozi ekanliklarini darrov bildiradilar.