337
bo'lganga qadar ishlab chiqarilishi kerak.
Mazkur ma'lumot maksimal foyda olishga harakat qiluvchi korxonalarga eng
yuqori qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar kombinatsiyasini ishlab chiqarishga yordam
beradi. Har bir firma oladigan foydasini ko'paytirish uchun mahsulotning narxi uning
marjinal xarajatidan (ya'ni, boshqa korxonalar mahsulot ishlab chiqarishni
kamaytirishi natijasida boy berilgan moddiy qiymatdan) yuqori bo'lsagina, ishlab
chiqarish hajmini oshiradi
(2)
. Agar barcha firmalar narx marjinal xarajatga teng
bo'lganga qadar hajmda mahsulot ishlab chiqarishsa, unda har bir firma oladigan
foydasi va ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning qiymati maksimal darajaga yetadi.
Bozor narxlari ishlab chiqarish bo'yicha qarorlarni o'zaro muvofiqlashtirishi tufayli
ushbu qarorlar barcha korxonalar bo'yicha marjinal printsipi asosida tenglashadi.
Bunda ba'zi korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va boshqalarida
ishlab chiqarish hajmini kamaytirish orqali jami ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
umumiy qiymatini ko'paytirishning imkoni yo'q.