• Ahmoqona davolar
  • Manfaatdor guruhlar xarajatlarni hisobga




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/130
    Sana14.05.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #232892
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
    Bog'liq
    Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

    Manfaatdor guruhlar xarajatlarni hisobga
    olishni istamaydilar
    Afsuski, ko'p iqtisodiy qarorlar bozor narxlariga asoslangan bozor
    munosabatlaridan kelib chiqqan holda emas, balki siyosiy sabablarga ko'ra davlat
    tomonidan qabul qilinadi. Bu siyosiy ta'sirga ega guruhlar uchun aholi hisobidan
    to'langan manfaatlarga egalik qilishiga imkoniyat yaratadi. Shubhasiz, siyosiy
    manfaatdor guruhlar doimo katta xarajatlarni oqlash uchun ularni haqiqiy qiymatini
    kamaytirib ko'rsatadilar. Ular ba'zi loyihalar juda ahamiyatli bo'lganligi sababli hattoki


    332
    ularning qiymatini hisobga olish kerak emas, deb ta'kidlaydilar.
    O'qituvchilar ta'lim xarajatlarga nisbatan o'ta muhim masala deb hisoblaydilar;
    atrof-muhit himoyachilari yer sharini asrash shunchalik muhimki, atrof-muhitni
    saqlash bo'yicha loyihalar xarajatlaridan qat'i nazar amalga oshirilishi lozim deb
    hisoblaydilar; tibbiy tadqiqotlar grantlari sohiblari inson salomatligi o'ta muhimligi
    sababli xarajatlarni e'tiborga olish shafqatsizlik deb hisoblaydilar; Milliy san'atni
    qo'llab-quvvatlash jamg'armasi «san'atning qiymati insoniylikning asl mohiyati bilan
    bog'liq» va «uni pul bilan o'lchab bo'lmaydi» deb hisoblaydilar. (Bu men Milliy Xalq
    Radiosida eshitgan san'atni moliyalashtirish boyicha bayonotning asosiy ma'nosi.)
    Bu bayonotlarning barchasini uyushgan guruhlarning davlat mablag'larini
    ko'proq jalb qilishga bo'lgan urinishi deb tushunish mumkin. Qiymatlarni hisobga olish
    pulning ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatish degani emas. Pul – xarajatlarni ifodalashning
    qulay usulidir, lekin pulning o'zi hech narsaning qiymati emas. Agar taom uchun o'n
    dollarlik pul bilan to'lasam, pul xuddi xarajatdek ko'rinadi, lekin haqiqiy xarajat
    muqobil qiymatga, ya'ni taomdan keyingi eng qadrli variantning sub'ektiv qiymatiga
    teng.
    Ahmoqona da'volar
    Biror faoliyatning qiymatini hisobga olish zarur emas deb da'vo qilish bu mazkur
    faoliyatning amalga oshirishda uning muqobil variantlarini hisobga olish kerak emas
    degan fikr bilan teng. Bunday ochiq ahmoqona da'voning manfaatdor guruhlar
    tomonidan hanuzgacha ishlatilishi siyosiy bahslarda mantiqdan ko'ra hiyla-
    nayranglarning ustunligini yaqqol namoyish etadi. Biror faoliyatning boshqa mavjud
    variantlarini hisobga olmaslik shu faoliyat boshqa barcha narsadan qadrliroq bo'lsagina
    ma'noga ega bo'lishi mumkin. Lekin bu barcha resurslarimizni aynan shu faoliyatga
    yo'naltirishimiz darkor degan ma'noni anglatadi. Masalan, agar haqiqatan ham nafis
    orkestr musiqasi juda qadrli bo'lganligi uchun uning xarajatlarni hisobga olish shart
    bo'lmasa, unda hamma boshpanasiz, och va hech vaqosiz bo'lib, butun vaqtini orkestr
    musiqasini tinglashga sarf qilishi kerak edi. Bu shubhasiz ahmoqona, lekin bu juda


    333
    muhim narsa qiymatini hisobga olish kerak emas degan ahmoqona da'vodan bir
    zarracha ham farq qilmaydi.
    Ikki va undan ko'p guruh ular loyihalarining xarajatlarini hisobga olmasdan
    moliyalashtirish kerak deb da'vo qilishi bilanoq, qiymatlarning ahamiyati ravshan
    bo'ladi. Yoshlarga ta'lim berish va bemorlarni davolash kabilarning ahamiyati
    xarajatlarni hisobga olmaslik darajasida muhim bo'la olmaydi, har holda resurslar
    taqchil bo'lgan dunyoda. Yoshlarga ko'proq ta'lim berish bemorlarni davolash
    xarajatlarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi va aksincha. Bir narsaning
    qiymatiga e'tibor bermaslik, yana bir boshqasiga u nisbatan ahamiyatsiz deb qarash
    bilan teng.
    Resurslar tanqisligi bilan bog'liq voqelik va undan kelib chiqadigan muqobil
    qiymat, manfaatdor guruhlarning xarajatlarni mensimasdan so'zamollik qilishidan
    qat'i nazar, siyosiy jaroyonlarga ta'sir ko'rsatadi. Siyosiy jarayonlarda muqobil qiymatni
    inobatga olish uchun bir-biriga raqobatbardosh variantlarni taqqoslash zarur. Afsuski,
    siyosiy jaronlardagi nuqsonlar va bir tomonlama mulohazalar davlat faoliyati bilan
    bog'liq muqobil qiymatni yetarlicha hisobga olishga xalaqit beradi. Kutilganidek,
    natijada muqobil variantlar yetarlicha hisobga olinmaydi. Resurslarni qadrli
    faoliyatdan qadrsizroq va ko'pincha belgilangan maqsadga zid bo'lgan faoliyatga
    yo'naltirish isrofgarchilikka olib keladi.
    Bozor narxlari muqobil qiymatni to'liq aks ettirmaydi, lekin siyosiy qarorlar
    ko'pincha dastur xarajatlarining katta qismini hisobga olmasligini va natijada paydo
    bo'ladigan salbiy oqibatlarni hisobga olsak, bozor narxlari va muqobil qiymat bir-biriga
    qanchalik yaqin kelishini ko'rishimiz mumkin.
    Xulosa uchun savol: yoshlarga ta'lim berish, bemorlarga tibbiy xizmat ko'rsatish
    va keksa aholiga nafaqa tayinlashda davlatning muqobil qiymatni e'tiborga olmasligi
    qanday kamchiliklar bilan bog'liq?
    Element 1.2 ga qaytish


    334
    Duayt Li muallifligi ostidagi «Imkoniyatlar va xarajatlar» sahifasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Qayta nashr
    qilish yoki tarqatish bo'yicha ma'lumot uchun webmaster@fee.org ga murojaat qiling.


    335
    Element 1.3 ga qaytish

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Manfaatdor guruhlar xarajatlarni hisobga

    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish